O'zMU » Ma'lumotlar » Ijtimoiy-gumanitar yo'nalishlar bo'yicha chet tillar

Xorijiy filologiya fakulteti qoshidagi ijtimoiy fanlar, biznes va xuquqshunoslik yo'nalishlari bo'yicha chet tillari kafedrasi 1994 yilda gumanitar fakultetlar uchun ingliz tili va gumanitar fakultetlar uchun nemis va fransuz tillari kafedrasi tarkibidan ajralib chiqib, iqtisodiyot fakulteti uchun chet tillari kafedrasiga aylangan. Kafedraga f.f.n.dots. Ganixodjaeva M.N. boshchilik qildi.

1994-2006 yillar kafedraga dotsent Ganixodjaeva M.N. boshchilik qildi. 2007 yildan 2009 yilgacha yosh mutaxassis f.f.n. Qodirova N.I. ga kafedraga mudirlik qildi.

Ijtimoiy – gumanitar yo'nalishlar bo'yicha chet tillar kafedrasi ijtimoiy fanlar, biznes va huquqshunoslik yo'nalishlari bo'yicha chet tillari kafedrasi va tarix va filologiya yo'nalishlari buyicha chet tillar kafedralarining 2010 yilda birlashishidan tashkil topdi. 

Hozirda kafedraga filologiya fanlari nomzodi dotsent R.X.Shirinova mudirlik qilmoqda.

O'quv jarayoni malakali o'qituvchilar tomonidan olib borilmoqda. O'qitish sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirish maqsadida amaliy mashg’ulotlar yangi pedtexnologiyalarga asoslangan xolda olib borilmoqda.

Kafedra o'qituvchilarining diqqat e'tibori o'zlari faoliyat olib borayotgan fakultetlar mutaxassislik yo'nalishiga asoslangan xolda atamashunoslik muammolarining ham ilmiy, ham amaliy tomonlarini tadqiq etishga qaratilgan. Ular tomonidan o'quv qo'llanmalar  va atamashunoslik lug’atlari yaratilgan. Bir qator uslubiy ishlar talabalar guruhlarida amaliy sinovdan o'tkazilib, yakunlanish arafasida.

Bir qator o'qituvchilar universitet, shahar, respublika hamda xalqaro anjumanlarda o'zlarining ilmiy maqolalari bilan  qatnashib kelmoqdalar, o'quv – uslubiy qo'llanmalar nashr ettirmoqdalar, testlar va talabalarning mustaqil ishlashlari uchun materiallar yig’ib, rejalar ishlab chiqmoqdalar.

Kafedra o'qituvchilari universitetda talabalarning bo'sh vaqtlarinni mazmunli tashkil etish maqsadida ular bilan birgalikda turli tadbirlar o'tkazib kelmoqdalar.

Kafedra a'zolari Universitet hamda fakultet tomonidan o'tkazib kelinayotgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedra yillar davomida «Tempus», «Ta'sis» dasturlarida qatnashdi. Talabalar va kafedra o'qituvchilari ushbu dastur bo'yicha Daniya, Angliya, Fransiyada malaka oshirib keldilar.