O'zMU » Ma'lumotlar » Tabiiy yo'nalishlar bo'yicha chet tillar kafedrasi

Universitet talabalarining  chet tillarida so'zlashish malakasini oshirish maqsadida Tabiiy yo'nalishlar uchun chet tillar kafedrasi faoliyat yuritadi. 1991-yilning oktyabr oyida fakultetlararo barcha kafedralarni birlashtirgan maxsus tillar fakulteti tashkil etildi.

Mazkur fakultet 1999-yilning iyun oyida Tillar markaziga aylantirildi. 2008 yil 1 martdan e'tiboran u Xorijiy filologiya fakulteti tarkibiga kirdi. Kafedraga 2007 yildan filologiya fanlari nomzodi, dotsent Qosimova Mavlyuda Halimovna rahbarlik qilmoqda.

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Abdalina Evgeniya Aleksandrovna “Do'stlik” ordeni soxibi o'ttiz yildan ortiq shu kafedraga rahbarlik qilgan.

Bu kafedrada uzoq yillardan buyon filologiya fanlari nomzodi, dotsent  Oliy ta'lim a'lochisi (1987) Hoshimova Ra'no Jamolovna uzoq yillardan buyon faoliyat ko'rsatadi.