O'zMU » Ma'lumotlar » Ingliz tilshunosligi va tarjima nazariyasi kafedrasi

Ingliz filologiyasi kafedrasi 1962 yilda roman – german filologiyasi fakulteti tarkibida  tashkil etildi. Kafedra tashkil topgan birinchi yillaridanoq  o'z oldiga yangi, yuqori malakali ilmiy pedagogik jamoa tashkil qilish va respublikaning oliy o'quv  yurtlari hamda o'rta talim muassasalari uchun  etuk  mutaxassislar etkazib berishni asosiy vazifa qilib qo'ydi. Shu vaqtdan boshlab kafedra jamoasi o'quv jarayoni talabiga muvofiq ravishda  nazariy fonetika va grammatika, stilistika va tarjima, til tarixi va leksikologiya kabi lingvistik yo'nalishlarda ilmiy va uslubiy ishlar olib bormoqda. Buning natijasi sifatida  kafedraning bir qator  o'qituvchilari, jumladan, E.L. Mayskaya, L.N. Maslennikova, L.T. Boboxonova, J.A. Babadjanova, A.I.Nemirovskaya, Z.B.Sattarova, D.A. Rustambekova, L. A.Agadjanova  va boshqalar fan nomzodligi dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli  himoya qilib, kafedra ilmiy  salohiyatini oshirishda o'z xissalarini qo'shdilar.

Ayniqsa O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng yuqorida ismlari zikr etilgan tajribali ustozlarning ishlarini davom ettirib va ularning bevosita rahbarligida kafedraning yana bir necha azolaridan  G.X.Salimov,  N.Qambarov, Salieva M.A., Kado'rova N., Nazirova Sh.A., Djumabaeva J.Sh., Arustamyan Ya.Yu., Abduraxmanova A., Ergasheva G.I. nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli  himoya qildilar. Fakultet talabalari sonining kengayishi  bilan 2002 yilda ingliz filologiyasi kafedrasi ikkiga bo'linib “Ingliz tili fonetikasi va grammatikasi” kafedrasi,  “Ingliz tili leksikasi va stilistikasi” kafedrasi tashkil etildi. 2005 yilda “Ingliz tili leksikasi va stilistikasi” kafedrasi bilan “qiyosiy tilshunoslik va tarjima nazariyasi” kafedrasining ko'shilishi natijasida “Ingliz tilshunosligi va tarjima nazariyasi” kafedrasi tashkil etildi. 2007 yilgacha Uzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Abduzuxur Abdumajidovich Abduazizov kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko'rsatdi. hozirgi kunda kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent D.K.Turabekova boshchilik qilmokda. Kafedra o'qituvchilari respublikadagi, xususan, O'zDJTU, TDShI, TDPU, SamDavChTI va O'zbekiston Respublikasi Maorif Vazirligi qoshidagi ilmiy-uslubiy jurnallarda va chet ellarda, shuningdek, Moskva, Kiev, Volgogradlardagi nufuzli universitetlarda    o'tkazilayotgan xalqaro ilmiy – uslubiy konferentsiya va seminarlarda o'z ilmiy ishlari bilan qatnashib kelmoqdalar.

5220100 – Filologiya ( ingliz tili) ta'lim  yo'nalishi yuqori malakali filologik kadrlarni tayyorlashni ta'minlaydi. Yo'nalish fanlarining ob'ekti – ingliz tili tizimidir. Yo'nalishning dolzarbligi O'zbekistonning xalqaro aloqalari keng rivojlanayotganligi hamda “Ingliz filologiyasi” ixtisosligi bo'yicha yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash zaruriyatligi bilan bog’liqdir. Yo'nalishning maqsadi – ingliz tili asosiy satxlari tizimining nazariy bilimlarini mustahkam singdirish, shuningdek zamonaviy tilshunoslikning nazariy asoslari bilan tanishtirishdir. Bu yo'nalish doirasida quyidagi vazifalar hal qilinadi: talabalarni zamonaviy tilshunoslik qonuniyatlari bilan tanishtirish, ingliz tilining shakllanish tarixini, hozirgi holatini til va nutq farqlanishi nuqtai nazaridan asoslab berish, talabalarda ingliz tili fanining amaldagi namunaviy dasturlar talab qiladigan hajmda bilim, malaka va ko'nikma hosil qildirish.

Ayni vaqtda kafedrada ishlayotgan 10 nafar professor-o'qituvchilar tilshunoslik va tarjimashunoslik fanlarini rivojlanishiga katta hissa ko'shmokdalar. Kafedrada mamlakatimizda va xorijda mashhur  atoqli olimlari, respublikada xizmat ko'rsatgan fan va madaniyat arboblari, xalq ta'limi a'lochilari xizmat qilmoqdalar.