O'zMU » Ma'lumotlar » Rus tilshunosligi kafedrasi

Kafedra bakalavrlar “Filologiya (slavyan filologiyasi)” yo'nalishi va magistrlarni “Lingvistika (rus tili)” mutaxassisliklari bo'yicha kasbiy-yo'naltirilgan tayyorgarligini amalga oshiradi.

Kafedra qoshida 10.02.03- slavyan tillari (rus tili) mutaxassisligi bo'yicha aspirantura bo'limi o'z faoliyatini olib boradi. Kafedraning umumgumanitar maqsadi – rus tiliga jahon tillarining biri bo'lgan, muloqot tili, yuqori nutqiy madaniyatga ega bo'lgan lisoniy shaxsni tayyorlovchi til sifatida o'rgatish.

Kafedra tarixi

XX asrning 30 yillari oxiri O'rta Osiyo davlat universitetida fakultetlararo chet tillari, rus tili va o'zbek tillari kafedralari tashkil topdi. 1942 yil O'rta Osiyo davlat universitetining tarixiy-filologik fakulteti ikkita mustaqil fakultetga ajraladi – tarix va filologiya fakultetlari. O'sha paytda rus tilshunosligi kafedrasi ham tashkil topadi. Kafedraga taniqli rus olimi f.f.d., prof. S.T.Nikiforov rahbarlik qildi. har xil yillarda   prof. Kolyada G.I., prof.Tixonov  A.N., prof. Kim O.M., f.f.d. Shatunovskiy I.B., dots.Kim L.L., dots. Mirochnik E.Sh., dots.Zinin S.I., dots.Zaliznyak A.M.,  dots.Abdusamatova R.A. kabilar kafedra mudirlari lavozimida ishladilar.

Ushbu olimlar tomonidan o'rnatilgan an'analar ularning shogirdlari va safdoshlari Loginova Z.S., Shatunovskiy I.B, Malaxova N.N., Xakimova I.R., Nizinskaya V.A., Sokolova I.G., Zueva N.F. , Kuraeva S.Yu. va boshqalar tomonidan davom ettirildi.

Ushbu olimlar tadqiqotlarining natijalari XXI asrning dolzarb masalalarini xal etishda mustahkam asos bo'ldi: olamning lisoniy tasviri (L.V.Kats, V.I.Zaburdyaeva, E.P.Dolgopolova, O.A.Kukatova), so'z yasovchi kategoriyalarning kontrastiv-chog’ishtirma tadqiqi (A.M.Zaliznyak), lingvistika fanlarini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish ( N.G.Rogozinnikova, N.N.Hitka),  o'quv jarayonida yangi lingvistik bilimlarni berish, ilmiy tadqiqot ishlari metodologiyasiga mos yangi informatsion va pedagogik texnologiyalar (I.R.Axmedov, K.N.Yusupova, O.P.Kazakova.

hozirgi kunda O'zMU XFF rus tilshunosligi kafedrasi Markaziy Osiyoda nafaqat rus paleografiyasi kursi ishlab chi?ilgan va o'qitiladigan  kafedra, balki O'zMU Fundamental bibiliotekasi qo'lyozma fondidagi rus materiallarini tadqiq etuvchi yagona kafedra hisoblanadi.

Bugungi kunda kafedraga filologiya fanlari doktori A.G.Sheremeteva mudirlik qilmoqda.    

Ilmiy va metodik faoliyati

Kafedra ilmiy faoliyati asosiy  mavzulari quyidagilar:

-Rus tili birliklari va kategoriyalari va ularning matn xosil qilishdagi ahamiyati;

-Kontrastiv lingvistika muammolari;

-OTMda pedagogika masalalari.

Kafedra bakalavriat “Filologiya (slavyan filologiyasi)” yo'nalishi va magistratura “Lingvistika (rus tili)” mutaxassisliklari bo'yicha davlat ta'lim standartlari, namunaviy o'quv reja va dasturlarni ishlab chiqishda bazaviy asos hisoblanadi.

Rus tilshunosligi kafedrasi ikkitomonlama shartnoma asosida TDPU chet tillar fakulteti rus tilshunosligi kafedrasi, M.V.Lomonosov nomli MDUning filologiya fakulteti  rus tili kafedrasi, shuningdek Respublika xalqaro madaniyat markazi, slavyan xalqlari madaniyati markazlari bilan hamkorlik qiladi.