O'zMU » Ma'lumotlar » Fakultetlararo rus tili kafedrasi

Fakultetlararo rus tili kafedrasi tarixi o'zbek maktablari va O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarining o'zbek guruhlarida rus tili fanini o'qitish tarixi bilan chambarchas bog’liq.

1951 yil milliy guruh talabalari sonini ortishi va milliy guruhlarda rus tilini o'qitish sifatiga bo'lgan talab natijasida universitetda maxsus fakultetlararo rus tili kafedrasi tashkil topdi. Kafedraning birinchi mudiri pedagogika fanlari doktori, professor, O'zbekiston fanlar akademiyasining a'zosi Azizov Atakuzi Azizovich.

Kafedra rivoj topishidp dotsent Kissen E.A., prof. Amirov G.S., tajribali metodistlar dots. Mujdabaev M.M., Borkovskaya N.A., Rogojina M.A., Dmitrieva I.M., Talalova M.I. va boshqalar katta hissa qo'shganlar. 1978 yilgancha kafelrada uchta bo'lim faoliyat ko'rsatgan: ijtimoiy fakultetlar, tabiiy fakultetlar va xorijliklar bilan ishlash bo'limlari.

1978 yil xorijliklar bilan ishlash bo'limi alohida kafedra sifatida ajralib chiqdi. 1982 yil alohida ijtimoyi fakultetlar va tabiiy fakultetlar uchun 2ta rus tili kafedralari tashkil topdi.

Kafedraning asosiy  ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik muammolari nutqning xosil bo'lishida til vositalarining tadqiqi, turli tizimdagi tillar tadqiqi, milliy guruhlarda rus tili o'qitish metodikasi, milliy guruhlar uchun darslik, o'quv qo'llanmalar va lug’atlar yaratish.

Ijtimoiy fakultetlar uchun rus tili kafedrasini har xil davrlarda akad. Azizov A.A. (1951-1986yy.), dots. Sa'dullaev D.S. (1987-1989yy.), dots. Gurtueva E.M. (1989-1999yy.).

Tabiiy fakultetlar uchun rus tili kafedrasini har xil davrlarda prf. G.S.Amirov (1982-1988yy.), dots. A.I. Nechaeva (1988-1993), dots. Yakubov E.M. (1993-1995yy.), dots. N.A. Bashatova (1995-2007yy.).

Kafedraning ilmiy-metodik yo'nalishi negizida tilga o'qitishning lingvodidaktik asoslari, tilning stilistik xususiyatlari, terminologik lug’atlarning yaratilishi va h.k.lar edi.

Xorijliklar uchun rus tili kafedrasini har xil yillarda dots. Xaldarova S.M. (1978-1983yy.), dots. Bulgakova T.V. (1983-1988yy.), dots. Matchanova S.I. (1988-1992yy.) boshqarganlar.

1991yil universitetda barcha fakultetlararo til kafedralarini birlashtiruvchi tillar fakulteti tashkil topdi. 1999y. fakultet Tillar markaziga aylantirildi. Ijtimoiy fakultetlar uchun rus tili kafedrasi va tabiiy fakultetlar uchun rus tili kafedrasi bitta universitet kafedrasiga birlashtirildi. Natijada ushbu kafedra universitetning barcha fakultetlariga xizmat ko'rsatdi. Kafedraga dots. Bashatova N.A. (1999-2007yy.), 2007 yildan hozirga qadar dots. v.b. Isakova R.K. mudirlik qilib kelmoqda. 2008 yildan kafedra xorijiy filologiya fakulteti tarkibigi qo'shildi.

Kafedrada uchta metodik sektsiya faoliyat ko'rsatadi:

- tabiiy fakultetlar uchun rus tili

- ijtimoiy fakultetlar uchun rus tili

- rus tili chet tili sifatida

Kafedra o'qituvchilari tomonidan rus tili elektron multimediya darsligi (N.A.Bashatova, I.M. Guralskaya, R.K. Isakova) yaratildi. Kafedra o'qituvchilari  (N.A.Bashatova, I.M. Guralskaya, R.K. Isakova) Rossiiya Federatsiyasi va MDH davlatlari hamkasblari bilan hamkorlikda “MDH davlatlari uchun Rus tili” darsligini yaratishda ishtirok etdilar.

Kafedar o'zining butun tarixi davomida barkamol avlodni etishtirishda o'z hissasini ayamay kelmoqda.