O'zMU » Ma'lumotlar » Jahon adabiyoti va nazariyasi kafedrasi

Jahon adabiyoti va nazariyasi kafedrasi 1963-yilda prof. L.P.Qayumov tashabbusi bilan ochilgan. 1999-yildan  buyon  kafedraga  f.f.d. B.N.Karimov mudirlik qilmoqda.

Kafedrada professorlardan U.Normatov, A.Rasulov, dotsentlardan A.Ulug‘ov, U.Jo‘raqulov, O.Usmonov, U.Rasulova, katta o‘qituvchilardan D.Xoldorov faoliyat olib borishmoqda.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari: O‘zbek adabiyotshunosligida milliylik va janr muammolari; turkiy xalqlar adabiyotining mushtarak va xos xususiyatlari.

 

KARIMOV BAHODIR NURMETOVICH 

Filologiya fanlari doktori (2002), 1994-yildan beri oliy ta’lim tizimida-O‘zMUda ishlab kelmoqda. Fakultet dekani (2003-2006), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Oliy adabiyot kursi rahbari (2001-2009) sifatida faoliyat yuritgan. O‘zMU va O‘zRFA Til va adabiyot instituti qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar a’zosi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi (2005). B.Karimovning 5 ta ilmiy kitobi, 100 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr qilingan. B.Karimov Germaniya, Turkiya, Ukraina, Xitoy kabi mamlakatlarda ilmiy anjumanlarda qatnashgan; ilmiy maqolalari e’lon qilingan. B.Karimov g‘oyasi asosida XX asr adabiyotiga oid antologiyalar nashr qilingan (2007, 2009, 2011).