O'zMU » Ma'lumotlar » Biologiya fakulteti ma'muriyati

Rahimov Atanazar Karimovich

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti dekani.

 

Rahimov Atanazar Karimovich 1971 yil Xorazm viloyatida tug’ilgan.

1993 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetini tamomlagan. Biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

1993 yilda Toshkent Davlat Universiteti (Hozirgi O’zMU) da katta laborant lavozimida faoliyatini boshladi. 2008-2011 yillarda Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida ishladi. 2011 yildan esa Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti dekan lavozimida ishlab kelmoqda. 20 dan ortiq ilmiy maqola, 3 ta o’quv, ilmiy-uslubiy, o’quv uslubiy qo’llanmalar muallifi.

 

Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich

 

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini.

2006 yilda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetini tamomlagan. Biologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b.

2008 yilda Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti ekologiya kafedrasida o’qituvchi, 2010 yilda tuproqshunoslik kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida ishladi. 2011 yildan esa Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda. 65 dan ortiq ilmiy maqola, 6 ta o’quv, ilmiy-uslubiy, o’quv uslubiy qo’llanmalar muallifi.