O'zMU » Ma'lumotlar » Differensial tenglamalar kafedrasi

Kafedra 1980 yilda akademik M.S.Saloxiddinovning tashabbusi bilan tashkil kilingan. Bu kafedraning tashkil bo'lishi va rivojlanishi O'zbekistonda, xususan universitetda differen­tsial tenglamalar sohasidagi ilmiy maktabning shakllanib, uning ilmiy tadqiqot­larini rivojlanishiga katta xissa qo'shdi.

Kafedrani 1980-1986, 1993-1995, 2003-2010 yillarda akademik M.S.Salo­xid­dinov, 1986-1993 yillarda professor A.Azamov, 1995-2003 yillarda professor S.Abdinazarov boshqardi. 2010 yildan kafedraga fizika-matematika fanlari doktori O.S.Zikirov mudir­lik qilmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari bakalavriatning «Matematika», «Mexan­ika» va «Tadbiqiy matematika va informatika» yo'nalishlarida differentsial teng­la­malar, matematik fizika tenglamalari, variatsion hisob va optimal­lash­tirish usullari, jarayonlar tadqiqoti kabi umumiy va maxsus fanlardan ma'ruza, amaliy mashg’­ulot­lar olib boradilar.

Kafedrada «Differentsial tenglamalar» mutaxassisligi bo'yicha magistr­lar tayyorlamoqda.

Keyingi yigirma yillar mobaynida O'zbekistonda va Markaziy Osiyo minta­qasida xususiy hosilali differentsial teng­la­malar sohasida erishil­gan muvaf­faqiyatlarda va shu soha bo'yicha yuqori malakali mutaxassis­larning shakl­lanishida O'zMU differentsial tenglamalar kafedrasi muxim o'rin egal­laydi. Bevo­sita shu kafedradan 10 dan ortik fan doktori hamda ko'plab fan nomzod­lari etishib chiqdi.

Hozirgi kunda mazkur kafedradan etishib chiqqan olimlar respub­lika­mizning turli oliy o'quv yurtlarida, jumladan Farg’ona, Andijon, Namangan, Termiz, Nukus, Urganch, Qarshi Davlat universitetlarida, Rossiya, Turk­ma­­n­iston, Qozo­g’iston, Xitoy, Koreya, Siriya, Bolgariya, Polsha  kabi davlat­lar­da diffe­ren­tsial tengla­malar va uning tadbiqlari bo'yicha ilmiy tadqiqot­larni davom ettir­moqdalar.

Mustaqillik davri ilmiy tadqiqotlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib berdi. Bu davrda kafedrada faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchilar xususiy hosilali differen­tsial tenglamalar sohasida bir nechta doktorlik va bir qator nom­zodlik disser­tatsiyalarini tayyor­lab, muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Kafedra professor-o'qituvchilari tashabbusi bilan Respublikamizda diffe­ren­­tsial tenglamalar nazariyasining dolzarb muammolari va ularning tadbiq­lariga bag’ishlangan xorijiy mamlakat­larning taniqli olimlari ishtirokida Xalqaro ilmiy konfe­rentsiyalar o'tkazildi, xususan 1993, 1994, 2003, 2004, 2005, 2009 yillarda Toshkentda hamda 2003, 2004, 2012 yillarda Rossiyada (Nalchik), 2006 yilda Qozog’istonda (Almati) hamda boshqa davlat­larda o'tka­zi­ltgan ilmiy anju­manlarda ushbu soha mutaxassislarining  ishtiroki tobora ko'payib bormoqda.

Yangi ming yillik boshidan hozirgi kunga qadar kafedra professor-o'qituvchilarining respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda besh yuzdan ortiq ilmiy maqolalari chop etildi. Kafedra mudiri akademik M.S.Saloxiddinov tomonidan va u kishining bevosita rahbarligidagi darsliklar, monografiyalar, ko'plab o'quv qo'llan­malari nashrga tayyorlanib, chop etildi. Bunga misol sifatida M.S.Saloxid­dinovning “Matematik fizika tenglama­lari” (2002), “Integral tengla­malar” (2007) nomli darsliklari, M.S.Saloxid­dinov va M.Mirso­birovlarning «Nelo­kal­nie zadachi dlya uravneniy sme­shan­nogo tipa s singulyar­nimi koeffitsi­entami» (2005) nomli monografiya,  M.S.Saloxid­danov­ning A.Q.O'rinov bilan hamkorlikdagi “Giperbo­lik va elliptik tipdagi buziladigan differentsial tenglamalar” (2007), “Aralash tipdagi diffe­ren­tsial tenglamalar” (2007), M.S.Saloxiddinov, B.I.Islo­movning «Uravneniya smeshan­nogo tipa s dvumya lini­yami virojde­niya» (2009)  nomli, M.S.Saloxiddinov va A.Q.O'rinovning xamkor­likdagi «K spektralnoy teorii urav­neniy smeshannogo tipa» (2010) nomli monogra­fiyalari, M.S.Saloxiddinov, B.I.Islo­movning “Matematik fizika tenglamalari fanidan masalalar to’plami” (2010) hamda B.I.Islomov va O.X.Abdullaevning “Differensial tenglamalar fanidan masalalar to’plami” (2012), O.S.Zikirovning “Xususiy hosilali differensial tenglamalar” kabi  ko’plab o’quv-qo’llanma va kitoblarini keltirish mumkin.   

Xususiy hosilali differentsial tenglamalar sohada o'tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlarning amaliy xarakterga ega ekanligi va muammolarning dolzarbligi hamda ularni echish usullarining o'ziga xosligi yoshlarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Hozirgi davrda differentsial tenglamalar kafedrasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar respublikamizda va chet ellarda ko'plab izdoshlarini  topmoqda.

Ayni payti kafedrada quyidagi professor-o'qituvchilar faoliyat ko'rsat­moqda:

ZIKIROV Obidjan Salijanovich - f-m.f.d., kafedra mudiri;

SALOXIDDINOV Maxmud Saloxiddinovich. - f-m.f.d., UzR FA akademigi;

TUXTASINOV  Muminjon - f-m.f.d., professor;

ISLOMOV Bozor Islomovich - f.-m.f.d., professor;

MAMADALIEV Nu'monjon Alimjonovich - f.-m.f.n, dotsent;

ABDULLAEV Obidjon Xayrullaevich - f.-m.f.n, dotsent;

MADRAXIMOVA Zilola Sodikjonovna - f.-m.f.n., o'qituvchi;

 

Differensial tenglamalar kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori ZIKIROV Obidjan Salijanovch

Zikirov ObidjonSolijonovich 1958 yilda tug'ilgan, ma'lu­moti oily, 1983 yilda Toshkent Davlat universiteti amaliy matematika va mexanika fakultetini amaliy matematika mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.

Fizika-matematika fanlari nomzodi (1992), dosent (2007 yil), fizika-matema­tika fanlari doktori (2011 yil), O’zMU differensial tenglamalar kafedrasi mudiri (2011 yil). U 2 ta o'quv qo'llanmalar hamda respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda nashr qilingan 60 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir. U respublikada va xalqaro miqiyosdagi o'tkazi­la­yotgan ilmiy anjumanlarda o'z ma'ruzalari bilan qatnashib kelmoqda.

O.S.Zikirov ko’plab Xalqaro ilmiy anjumanlar qatnashchisi. U Rossiyaning Nal’chik (2012 yil), Novosibirsk (2012 yil) shaharlarida, Almatida va Toshkentda o’tkazilgan Xalqaro konferensiya va simpoziumlarda qatnashib kelmoqda shu bilan birga differensial tenglamalar bo’yicha o’tkazilgan ko’plab Xalqaro konferensiya va simpoziumlarning tashkiliy qo’mita a’zosi bo’lgan.kazilgan Xalqaro konferensiya va simpoziumlarda qatnashib kelmoqda.

Bakalavriatning “Matematika” va “Mexanika” yo'nalishlari hamda magis­traturaning “Differentsial tenglamalar” mutaxassisliklarining Davlat ta'lim standartlarini yaratish, yangi  o'quv rejalari va dasturlarini tuzishda, o'quv jarayonini tahlili va o'qitishni sifatini oshirish  holatini o'rganishda ishtirok etmoqda.

qа ташкил қилиш вася ьные уравнения НУУз (2011)0)Ta'limning yangi texnologiyalarini o'quv jarayoniga tadbiq qiladi va uning sifatini oshirishga alohida axamiyat beradi. O'z ustida doim ishlab, differentsial tenglamalar va matematik fizikaning zamonaviy muammolari bo'yicha o'tkaziladigan ilmiy seminarlarda muntazam qatnashadi.

Davlat Fan va Texnologiyalar Dasturining dolzarb yo'nalishlari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradi. Uning bu izlanishlari oxirgi 5 yilda kafed­radagi F1-OT-112 raqamli «Xususiy hosilali noklassik teng­lamalar uchun nolokal chegaraviy masalalar naza­riya­sini yaratish va rivoj­lantirish» (2007-2011),  Ф-4-65 «Spektral parametrli singulyar koeffisientli buziladigan tenglamalar nazariyasi» (2012-2016) mavzu­dagi grant bo'yicha olib borilayotgan tadqiqot­larning tarkibiy qismi hisob­lanadi.

U Respublikamizdagi va MDX davlatlari ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlari olimlari bilan ilmiy aloqa o'rnatgan.

O.S.Zikirov universitet va fakultet miqiyosida o'tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etadi.