O'zMU » Ma'lumotlar » O'zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi

1918-yilda adabiyot va falsafa kafedrasi tarkibida tashkil topgan. Dastlab prof. Fitrat, prof. A.Sa’diy, so‘ngra F.Karimov boshqargan. Hozirda prof. H.Boltaboyev rahbarlik qilmoqda.

Kafedrada professorlardan N.Rahmonov, dotsentlardan O.Madayev, A.Alimbekov, T.Sobitova, A.Tilavov, D.Yusupova faoliyat olib borishmoqda.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari: Badiiy matn poetikasi va uning talqini (mumtoz adabiyot va o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida); tasavvuf va mumtoz poetika asoslari.

 

BOLTABOYEV HAMIDULLA 


Filologiya fanlari doktori (1996), professor (2000). 1977-yildan oliy ta’lim tizimida, mazkur vazifada 1999-yildan buyon ishlamoqda. So‘nggi besh yil ichida 8 ta darslik, 11 ta o‘quv qo‘llanmasi, 5 ta monografiya (ulardan biri xorijda), 13 ta uslubiy qo‘llanma, 11 ta adabiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi kitob va risolalar, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar (shulardan bir monografiya va 25 maqola xorijda) chop etilgan. Fundamental va amaliy tadqiqotlar yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta davlat granti rahbari. Uning rahbarligida 5 ta nomzodlik, 1 ta doktorlik dissertatsiyasi tayyorlangan. O‘R Yozuvchilar uyushmasi Tanqid kengashi raisi, O‘zMU va O‘zRFA Til va adabiyot instituti qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar a’zosi.