O'zMU » Ma'lumotlar » Fizika fakulteti ma'muriyati

Fakultet dekani

ESHCHANOV BAXODIR XUDAYBERGANOVICH

Fizika -matematika fanlar nomzodi, dotsent

Fizika fakulteti dekani (2009 yildan)

1971 yili Xorazm viloyatida tavallud topgan. 1993 yilda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetining Fizika fakul`tetini Optika mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan. 1993 yildan bugungi kungacha ilmiy tadqiqotchi, aspirant, fakultet xisoblash makazi mudiri, katta o`qituvchi, dotsent lavozimlarida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. 2004 – 2009 yillari universitetning marketing xizmati bo`limi boshlig`i, 2009 yilning iyulidan fizika fakulteti dekani.

2001 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ilmiy faoliyati fizika fanining ustivor yo`nalishlaridan biri bo`lgan kondensirlangan muhitlardagi relaksatsion jarayonlar, yumshoq moddalarning kritik temperatura yaqinidagi fazoviy o`tishlarga bag`ishlangan bo`lib, olingan ilmiy natijalar ushbu sohada ishlaydigan olimlar tomonidan e`tirof etilgan.

B.X. Eshchanov 40 dan ortiq ilmiy ishlari O`zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning ilmiy jurnallarida chop etilgan. Bir qator respublika va xorijiy ilmiy anjumanlarda ma`ruzalar bilan qatnashgan.

 

O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari

TADJIBAEV IKRAM URALBAEVICH

Tadjibaev Ikram Uralbaevich 1977 yil 15 avgustda Qoraqalpog`iston Respublikasida tug`ilgan. I.U.Tadjibav 1999 yilda fizik-astronom-o`qituvchi mutaxassisligi bo`yicha tugatgan. 1999-2001 yillarda u Fizika fakulteti Astronomiya kafedrasida stajer-tadqiqotchi, 2001-2004 yillarda aspirant bo`lgan. 2004 yildan 2006 yilgacha esa shu kafedrada assistent lavozimida ishlagan.

U 2006 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan.

2006-2007 yillarda u katta o`qituvchi va 2008 yildan buyon esa ushbu kafedrada dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.

Universitetdagi faoliyati davomida u tomonidan qator fundamental xarakterga ega bo`lgan ilmiy ishlar amalga oshirilgan. U 2004-2006 yillar va 2007-2008 yillarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va Texnologiyalarni Rivojlantirishni Muvofiqlashtirish Qo`mitasi tomonidan mablag` bilan ta`minlangan, Yosh olimlari uchun berilgan Davlat grantlariga rahbar bo`lgan.

1999-2008 yillar davomida u bir qator qo`llanmalar tayyorlagan, respublika va xorijning nufuzli jurnallarida 30 dan ortiq ilmiy maqolalar va o’quv qo’llanmalar chop ettirgan.

U 2006-2011 yillarda fakultetda ilmiy ishlar va magistratura bo`yicha dekan muovini va 2012 yildan boshlab o`quv ishlari bo`yicha dekan muovini vazifasida ishlab kelmoqda.

 

Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari

ESHONQULOV G`OFUR BOBOQULOVICH

Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari (2005 yildan). 1976 yil 13 fevralda Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanida tavallud topgan. 1998 ToshDU (hozirgi O`zMU) Fizika fakultetining Kvant radiofizika kafedrasini imtiyozli diplom bilan tugatib, 1999-2001 yillarda kvant radiofizikasi kafedrasi aspiranti, 2002-2003 yillarda O`zbekiston Milliy universiteti, talabalar shaharchasi direktsiyasi inspektori, 2003y-2007y O`zbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti optika va lazerli fizika kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 2007 yil 3 sentyabrdan hozirgi kungacha ushbu kafedrada katta o`qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Lazer fizikasi va lazerlarni amaliyotda qo`llash, kichik siljishlarni o`lchovchi geterodin sisitemalarni yaratish soxasi bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

35 dan ortiq ilmiy ish va 2 ta o`quv qo`llanmani chop ettirgan.