O'zMU » Ma'lumotlar » Fizika fakulteti yutuqlari

Universitetda 1928 yili jahonda tengi yo`q kashfiyot qayd etildi. Fizik-tadqiqotchi P.B. Grabovskiy rahbarligida tasvirni elektron nur yordamida uzoq masofaga uzatib beruvchi va qabul qilib oluvchi moslama «Telefot» ixtiro qilindi. Ushbu kashfiyot sanasi - 1928 yilning 26 iyuni televideniega asos solingan kun sifatida o`zbek fizika fani tarixidagi eng yorqin sahifalardan biri bo`lib qoldi.