O'zMU » Ma'lumotlar » O'zbek filologiyasi fakulteti ma'muriyati

JABBOROV NURBOY ABDULHAKIMOVICH-2007-yildan O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani. 1990-yili O‘zMU (o‘sha vaqtda ToshDU) o‘zbek filologiyasi fakultetini bitirgan. Filologiya fanlari doktori (2004), professor (2011). “Ma’rifat nadir” kitobi (2010), “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” darsligi (hammuallif, 2004), qo‘lyozma manbalar asosida tadqiqot va ilmiy izohlar bilan 4 kitob hamda 300 dan ortiq ilmiy va adabiy-publitsistik maqolalari nashr etilgan. Ilmiy rahbarligida 1 nafar fan doktori, 6 nafar fan nomzodi tayyorlagan. 2002-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. O‘zMU huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha Ixtisoslashgan kengash raisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

 

CHORSHANBIYEV MUZAFFAR SAMADOVICH-Oquv ishlari boyicha dekan muovini. 1995-yili ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) o‘zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. 6 ta ilmiy maqola, 1 ta risola nashr ettirgan. Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi va uning negizidagi magistratura mutaxassisliklarining Davlat ta'lim standartlari hamda o‘quv rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etgan. 2003-yil yanvar oyidan buyon o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda. 

 

AMONOV SHERMUHAMMAD NORMUROTOVICH-Magistratura va ilmiy ishlar boyicha dekan muovini. 2007-yili O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti magistraturasini tamomlagan. 2010-yili “Hamza she’riyatining manbalari, matniy tadqiqi” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bugungi kungacha 20 dan ortiq ilmiy maqola nashr ettirgan. 2012-yildan buyon magistratura va ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda.

 

ABDURASHIDOV ZAYNABIDIN SHARABIDINOVICH-Ma'naviy-ma'rifiy ishlar boyicha dekan muovini. 1996-yili Toshkent davlat sharqshunoslik instituti filologiya fakultetini tamomlagan. 2010-yil fevral oyida Gumboldt universitetida (Germaniya) nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirga qadar 2 monografiya, 2 qo‘llanma, 3 bibliografik ko‘rsatkich va 10 dan ortiq ilmiy maqolalar e'lon qilgan. 2011-yil yanvar oyidan buyon ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda.

 

MAHMUDOVA GULBAHOR IKROMOVNA-Fakultet Xotin-qizlar kengashi raisi dekan muovini. 1985-yili Buxoro pedagogika institutini tamomlagan. 1981-1985-yillari Buxoro davlat pedagogika instituti rus tili va adabiyoti fakulteti talabasi bo‘lgan. 1985-1987-yillarda Buxoro viloyati Shofirkon tumani 16-o‘rta maktab o‘qituvchisi, 1987-2002-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti Tillar markazi laboranti, 2002-2005-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti Tillar markazi o‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan. 2005 yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti til nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.