O'zMU » Ma'lumotlar » O'zbek tilshunosligi

1942-yilda tashkil topgan va dots. T.Ibrohimov boshqargan. Ayni paytda kafedraga f.f.d., prof. R.Sayfullayeva rahbarlik qilmoqda. Hozirda u Yevropa Tabiiy fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi.

Kafedrada professorlardan Y.Tojiyev, H.Shamsiddinov, T.Enazarov, M.Qurbonova, B.Mengliyev, dotsentlardan M.Qodirov, V.Karimjonova, o‘qituvchilardan K.Rixsiyeva faoliyat olib borishmoqda.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari: O‘zbek tilini lison-nutq tamoyili asosida tadqiq etish; hozirgi o‘zbek tilini sistem-struktur tadqiqi.

 

RAFIYEV ABDUROZIQ RAUFOVICH

 

1952-yilda tug‘ilgan. 1982-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-yildan Turkiya til jamiyati a’zosi. Oxirgi 3 yilda 4 ta darslik, 1 ta monografiya, 5 ta o’quv qo’llanma 35 ta maqola shulardan 5 tasi xorijiy nashrlarda. 2 nafar fan nomzodi yetishtirgan. Respublika ta’lim markazi qoshidagi IMK raisi. Hammualliflikda chop etilgan darsliklari “Ona tili va adabiyoti”, “Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish”, “2-5 va 9-sinflar uchun o’zbek tili darsligi” respublika tanlovi sovrindori va yilning eng yahshi darsligi bo‘lgan. Uning sa’iy-harakatlari bilan fakultet qoshida turkiy tillar bo’yicha bakalavr va magistr yo’nalishlari 1997-2011 yillarda ochilgan.