O'zMU » Ma'lumotlar » Kasaba uyushma qo'mitasi

Rais: Numanjon Mamadaliev

Kontakt ma’lumotlar:

Tel.: (8371) 246-63-35

E mail: kasaba@nuu.uz

 

Kasaba uyushma qo'mitasi universitet tashkil qilingan davrdanoq vujudga kelgan. Kasaba uyushmasi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g’risida»gi qonuni, «Jamoat birlashmalari to'g’risida», «Nodavlat notijorat tashkilotlar to'g’risida»gi qonunlari, Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashining Ustavi va boshqa huquqiy xujjatlar asosida yuritadi. Hozirgi kunda professor-o'qituvchi va xodimlar kasaba uyushma qo'mitasi mustaqil tashkilot sifatida faoliyat ko'rsatib o'z safiga 3200 dan ortiq kasaba uyushma a'zolarini birlashtirgan. Kasaba uyushma qo'mitasi ko'p tarmoqli tashkiliy tarkibga ega, ya'ni 13 ta fakultet, 2 ta institut (Matematika instituti va Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti), O’zMU qoshidagi 2-son Akademik litsey, 12 bo'limda boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlari mavjud bo'lib har birida boshlang’ich kasaba uyushma raislari bilan birgalikda qo'mitaning 9 ta komissiya faoliyat ko'rsatadi.

Bu komissiyalar professor, o'qituvchi, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoya qilish, ularning sharoitlarini yaxshilash, mehnat intizomini mustahkamlash, mehnat munosabatlarida paydo bo'lgan nizolarni hal etish, mehnatni muxofaza qilish va xavfsizlik texnikasini ta'minlash, ommaviy sport, bayram tadbirlarini o'tkazish, shuningdek, professor, o'qituvchi va xodimlar sog’ligini yaxshilash, dam olishlarini ko'ngilli o'tkazishni tashkil etish, yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda jamiyatimizda ayollar mavqeini oshirish bilan shug’ullanadi.

Professor-o'qituvchi va xodimlar kasaba uyushma qo'mitasining umumiy faoliyati qyidagilardan iborat:

Universitet xodimlarining millati, jinsi, yoshi va diniy e'tiqodidan qat'iy nazar mehnat qilishi, ishni va kasbni erkin tanlashi, adolatli mehnat sharoitida ishlashi, ishsizlikdan himoya qilinishiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qiladi. O'qituvchi-xodimlar mehnatiga haq to'lash va mehnat tartibining ijtimoiy adolatli tizimini joriy etilishiga va unga rioya qilinishiga ko'maklashadi. Professor-o'qituvchi va xodimlarning ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirishda, ularning bo'sh vaqtlarini hamda dam olishlarini mazmunli tashkil qilishda faol ishtirok etadi. O'qituvchi va xodimlarga nisbatan mehnat qonunchiligi, mehnatni muxofaza qilish va atrof-muxitni muxofaza qilish qonunlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi va ularning huquqiy himoyasini amalga oshiradi. O'qituvchi-xodimlar va ularning oila a'zolarini sog’lomlashtirish va sport bilan muntazam shug’ullanishlariga ko'maklashadi. Jamoada vujudga kelayotgan mehnat nizolarini bartaraf etishda tashabbuskorlik qiladi.