O'zMU » Ma'lumotlar » Magistratura bo'limi

Bo‘lim boshlig‘i:  Majidov Nurali Maxmudovich

telefon: +99871 227-17-23

e-mail: 

Bo‘lim uslubchisi: Sobirov Qaxramon

 

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida magistratura ta’limi 1999-yildan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, dastlab Magistratura markazi sifatida faolit yuritgan, keyinchalik Magistratura bo‘limiga aylantirilgan. Bugungi kunda Magistratura bo‘limi 2 shtat birligida (bo‘lim boshlig‘i va uslubchi) faoliyat yuritmoqda.

Magistratura bo‘limi universitetda magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, u kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:

  • magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilishga ko‘maklashishni;
  • o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini;
  • barcha fakulьtetlarning magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;
  • magistrlarni o‘qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.

Magistraturada ta’lim jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Milliy universiteti magistrantlariga yuqori malakali professor-o‘qituvchilar: akademiklar, fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalariga, professor va dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan olimlar, shuningdek, davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni axborotlashtirish sharoitlarida boy ish tajribaga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislar jalb etilgan.

O‘zbekiston Milliy universiteti magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari banki O‘zMUning etakchi professor-o‘qituvchilari, O‘zFAning ilmiy-tadqiqot institutlari hamda soha ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari tavsiyasi asosida yaratilgan bo‘lib, zamonaviy ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirish muammolariga bag‘ishlangan dolzarb mavzulardir.

Magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovka o‘tash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining 30.11.2015yil № 9-2015 sonli “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” buyrug‘i asosida tashkil etilmoqda.

O‘qitishning zamonaviy texnik vositalarga muvofiqligi va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish, fan va texnologiyalarning yangi yutuqlarini o‘quv jarayoniga tezkorlik bilan joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash, buyurtmachilarning magistrlar tayyorlash jarayonidagi amaliy ulushini oshirish maqsadida magistrlik dissertatsiya ishlari himoyalarini aksariyat qismini O‘zFA va buyurtmachi tashkilotlarda o‘tkazish rejalashtirilgan.

 

 

Magistratura talabasining o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik ishlari, amaliyot, stajirovkani o‘tashi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha faoliyati magistratura talabasining kalendarь ish rejasiga binoan amalga oshiriladi.

Kafedralar tomonidan taqdim etilgan va oliy ta’lim muassasasi yoki fakulьtet o‘quv-metodik kengashida muhokama qilingan magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularning ilmiy rahbarlari (ilmiy maslahatchilari) ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor taqdimnomasiga asosan magistratura talabalari o‘qiyotgan birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyi ichida universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

 

Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar 

Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi kerak: 

titul varaq;

ikki tilda (o‘qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi;

mundarija;

kirish;

asosiy qism;

xulosa;

adabiyotlar ro‘yxati;

ilovalar (mavjud bo‘lsa).

Kirish quyidagilarni qisqacha o‘z ichiga olishi lozim: 

magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi;

tadqiqot ob’ekti va predmeti;

tadqiqot maqsadi va vazifalari;

ilmiy yangiligi;

tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari;

tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili);

tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi;

tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;

ish tuzilmasining tavsifi.

Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo‘lib, boblar hajm jihatidan o‘zaro mutanosib bo‘lishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: 

tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili;

tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni;

tadqiqot olib borilgan masalani hal etishda magistratura talabasining shaxsiy hissasi ko‘rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni.

 Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal etish bo‘yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak.

Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan bir qismidan oshmasligi lozim.

Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb odob-axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek yolg‘onssitatalar keltirishga yo‘l qo‘ymaslik) lozim.

Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bo‘lib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan bo‘lishi lozim:

qatorlar oralig‘i — 1,5 sm;

yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 2 sm;

xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili.

Magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman shriftida yozish tavsiya etiladi.

Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashqari 70 — 80 sahifa bo‘lishi tavsiya etiladi.

Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi o‘qigan tilda (kafedra yoki magistratura bo‘limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi. CHet tilda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova etiladi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari tarjima bilan o‘tkaziladi.

Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik dissertatsiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakulьtet O‘quv-metodik kengashining qarori bilan o‘zgartirilishi va ko‘paytirilishi mumkin.

 

 

Dastlabki va rasmiy himoyani o‘tkazish tartibi 

Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida kafedra tomonidan tuzilgan komissiyada tashkil etiladi.

Dastlabki himoyaga boshqa kafedralardan, shuningdek boshqa tashkilotlardan mutaxassislar taklif etilishi mumkin.

Ilmiy maslahatchi tayinlangan holda dastlabki himoyaga qadar undan magistrlik dissertatsiyasiga xulosa olish ham talab etiladi.

Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi ichki va tashqi hamda ilmiy rahbar taqrizlariga, shuningdek dissertatsiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga ega bo‘lishi kerak.

Dastlabki himoya yakunlari kafedralar yig‘ilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Ichki va tashqi taqrizchilarni tegishli kafedra tavsiya etadi va ularning ro‘yxati ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.

 Taqrizchining vazifalariga quyidagilar kiradi:

magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tugallanganligi to‘g‘risida xulosa taqdim etish;

dastlabki himoyadan kamida 3 kun oldin taqriz taqdim etish;

kasb odob-axloqi qoidalarining buzilishi holatlari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘onssitata keltirish va boshqalar) aniqlangan taqdirda, ularni taqrizda ko‘rsatish.

Magistrlik dissertatsiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, magistratura talabasi tomonidan kasb odob-axloqi qoidalari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘onssitata keltirish va boshqalar) buzilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek ushbu holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda taqrizchi magistrlik dissertatsiyasini himoyaga qo‘yish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa beradi.

Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi.

Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi oliy ta’lim muassasasining Davlat yakuniy attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi.

Magistratura talabasi magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi taqdimot materiallari bilan bayon etilishi va 20 daqiqadan oshmasligi lozim.

Rasmiy himoyada Komissiya a’zolari magistratura talabasini quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va uning amaliyot bilan bog‘liqligini ko‘rsatib bera olishi;

magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etishga mustaqil yondashuvi;

foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek xorijiy tillardagi adabiyotlar tanqidiy tahlilining to‘liqligi va chuqurligi;

tadqiqot usullari amaliyotda qo‘llanilganligining asoslanganligi;

olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliy ahamiyati;

magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalarni rivojlantirish istiqbollarini ko‘ra bilish qobiliyati;

magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy qismlaridagi o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni kuzata bilish malakasi.

«Qoniqarsiz» baho qo‘yilganda yoki magistrlik dissertatsiyasi rasmiy himoyaga qo‘yilmagan taqdirda magistratura talabasi keyingi 3 yil davomida uni qayta himoya qilish huquqiga ega.

Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyasi natijalari universitet Kengashida muhokama etiladi.

Himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalari oliy ta’lim muassasasida 3 yil davomida saqlanadi.

Magistratura talabalari faoliyati monitoringi 

Magistratura talabalari faoliyati ustidan doimiy monitoring olib borish va magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etish sifatini oshirish maqsadida universitet rektori buyrug‘i bilan etakchi o‘qituvchilar tarkibidan iborat Ishchi guruh tuzilgan.

Ishchi guruh tomonidan magistratura talabasi faoliyati ustidan monitoring quyidagi ko‘rsatkichlar asosida olib boriladi:

a) birinchi kursda:

magistratura talabasining kalendarь ish rejasi belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida bajarilishi;

bitta ilmiy maqola yoki respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada bitta tezis chop etganligi;

ilmiy seminarlarda ishtirok etganligi;

mutaxassislik bo‘yicha o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasi.

b) ikkinchi kursda:

magistratura talabasining kalendarь ish rejasi belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida bajarilishi;

ikkita ilmiy maqola yoki respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada ikkita tezis chop etganligi;

magistrlik dissertatsiyasi dastlabki himoyadan o‘tganligi, agar u monitoring davrida rejalashtirilgan bo‘lsa;

ilmiy seminarlarda ishtirok etganligi;

mutaxassislik bo‘yicha barcha o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasi.

Monitoring jarayonida magistratura talabalari bilan suhbatlar o‘tkaziladi, tegishli taklif va tavsiyalar beriladi.

O‘quv yili oxirida Ishchi guruh monitoring yakunlari bo‘yicha universitet Kengashida hisobot taqdim etadi.

 

 

 

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

 

Mutaxassislik  shifri nomi 

  1.  

5A111601-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish uslubi (ma’naviyat asoslari)

  1.  

5A120101-Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti)

  1.  

5A120102-Lingvistika (ingliz tili)

  1.  

5A120102-Lingvistika (nemis tili)

  1.  

5A120102-Lingvistika (rus tili )

  1.  

5A120102-Lingvistika (fransuz tili)

  1.  

5A120301-O‘zbekiston tarixi

  1.  

5A120302-Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar  bo‘yicha)

  1.  

5A120303-Davlat boshqaruvi va hududiy o‘z-o‘zini boshqaruv (faoliyat turi bo‘yicha)

10.  

5A120304-Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodlari (mamlakatlar bo‘yicha)

11.  

5A120401-Arxeologiya

12.  

5A120402-Etnografiya, etnologiya,  antropologiya

13.  

5A120501-Falsafa tarixi (yo‘nalishlar bo‘yicha)

14.  

5A120502-Falsafa (qo‘llash sohasi)

15.  

5A120503-Etika va estetika

16.  

5A120504-Ontologiya, gnoseologiya va logika

17.  

5A130101-Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

18.  

5A130102-Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika

19.  

5A130103-Differensial tenglamalar va matematik fizika

20.  

5A130201- Matematik modellashtirish va sonli usullar

21.  

5A130202-Amaliy matematika va axborot texnologiyalari

22.  

5A140101-Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha)

23.  

5A140102-Mikrobiologiya va virusologiya

24.  

5A140103-Ixtiologiya va gidrobiologiya

25.  

5A140104-Biotexnologiya

26.  

5A140105-Biofizika

27.  

5A140106-Biokimyo

28.  

5A140107-Genetika

29.  

5A140201-Nazariy fizika

30.  

5A140202-Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

31.  

5A140203-Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish

32.  

5A140204-Kondensatsiyalangan muhit fizikasi va materialshunoslik (turlar bo‘yicha)

33.  

5A140205-Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika

34.  

5A140301-Nazariy mexanika

35.  

5A140401-Astronomiya (tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha)

36.  

5A140501-Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha)

37.  

5A140502-Materiallar va moddalar kimyosi(materiallar bo‘yicha)

38.  

5A140503-Neftь va gaz kimyosi va texnologiyasi

39.  

5A140602-Geografiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha)

40.  

5A140701-Meteorologiya va iqlimshunoslik, agrometeorologiya (faoliyat turi bo‘yicha)

41.  

5A140702-Gidrometeorologiya (faoliyat turi bo‘yicha)

42.  

5A140801-Umumiy va xududiy geologiya (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)

43.  

5A140803-Geokimyo, foydali qazilmalarni qidirishning geokimyoviy  usullari

44.  

5A140804-Mineralogiya, kristallografiya, petrografiya

45.  

5A140806-Geologik s’yomka va foydali qazilmalar konlarini qidirish

46.  

5A140901-Geofizika, foydali qazilmalarni qidirishni geofizik  usullari

47.  

5A140902-Seysmologiya va seysmometriya

48.  

5A141001-Tuproqshunoslik

49.  

5A141002-Eksperimental agrokimyo

50.  

5A141102-Gidrogeologiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha)

51.  

5A210102-Sotsiologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)

52.  

5A210102-Ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot va psixologik xavfsizligi

53.  

5A210201-Psixologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)

54.  

5A220101-Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha)

55.  

5A220101-Oliy jurnalistika kurslari

56.  

5A220103-Televidenie va radioeshittirish

57.  

5A220104-Noshirlik ishi va muharrirlik

58.  

5A220105-Axborot xizmatlari texnologiyasi (faoliyat turlari bo‘yicha)

59.  

5A220301-Hujjatchilik, hujjatshunoslik va arxivshunoslik       

60.  

5A230102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

61.  

5A311502-Geodeziya va kartografiya (funksiyalari bo‘yicha)

62.  

5A311701-Foydali qazilmalar konlarini geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (konlar turlari bo‘yicha)

63.  

5A330101-Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti

64.  

5A330204-Axborot tizimlari(tarmoqlar bo‘yicha)

65.  

5A330301-Kriptografiya va kriptoanaliz (yo‘nalishlar bo‘yicha)

66.  

5A330302-Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlar bo‘yicha)

67.  

5A520101-Ijtimoiy ish (soha va faoliyat turlari bo‘yicha)

68.  

5A630102-Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)