O'zMU » Ma'lumotlar » Til nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

Til nazariyasi va amaliyoti kafedrasi – 1968-yilda prof. Sh.Rahmatullayev tashabbusi bilan ochilgan. 2012-yildan kafedraga dots. B.Abdushukurov mudirlik qilib kelmoqda.

Kafedrada professorlardan H.Dadaboyev, Z.Xolmanova, Sh.Usmonova, dotsentlardan Z.Hamidov, katta o‘qituvchilardan J.Xudoyberdiyev, U.Xolmuhamedova, G.Mahmudova, D.Fattohova, N.Dilmurodova, o‘qituvchilardan N.Egamberdiyeva, N.Bekmuhamedova, G.Iskandarovalar faoliyat olib borishmoqda.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari: tilning ijtimoiy-tarixiy dialektal taraqqiyoti; qadimgi turkiy til; eski o‘zbek adabiy tili leksikasi, terminologiyasi va leksikografiyasi; sotsiolingvistika; psixolingvistika; tillarning  (o‘zbek, rus, ingliz)   formal modellarini yaratish; turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi, taraqqiyot tendensiyalari; rus guruhlarida o‘zbek tilini o‘qitish muammolari.

 

ABDUSHUKUROV BAHTIYOR BO’RANOVICH

 

1972-yil  4 oktyabrda  tug‘ilgan. 1995-yili O‘zMU (ToshDU) O’zbek filologiyasi  fakultetini  tugatgan. 1999-yilda «XI-XIV asr eski turkiy yozma manbalar tilidagi zoonimlar» mavzusida nomzodlik, dissertatsiyasini himoya  qilgan. Til tarixi, tarixiy leksikologiya, leksikografiya, terminologiya,  til nazariyasi masalalari bo‘yicha mutaxassis. 40 dan ortiq monografiyalar, lug‘atlar, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar  muallifi.