O'zMU » Ma'lumotlar » Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi

Kafedra 1938 yili Universitetda “Tuban o’simliklar” kafedrasi akademik Raykova I.A. tomonidan tashkil qilindi.

1940 yildan boshlab kafedraga prof.Golovin P. raxbarlik qildi va mikologiya yonalishi bo’yicha kadrlar tayyorlashni boshladi.

1956 yilda dotsent Elkina O.G. kafedrada mikrobiologiya yonalishini ochdi va maskur yonalishni quyidagi dotcentlar rivojlantirib keldilar: Musaev K.Yu., Axmedova F.G., Nizametdinova Ya.F., Mansurova M.L., Muzafarova I.A., Kondrat’eva E.V., Tojiboev Sh., Ibodov K.I.

1990 yildan Mikrobiologiya kafedrasini prof. Vaxobov A.X. boshqardi.

1989 yil prof.Rakhimov M.M. Biotexnologiya kafedrasini tashkil qildi va shu yildan beri biotexnologiya bo’icha mutaxassislar tayorlab kelmoqda.

2005 yilda Mikrobiologiya va Biotexnologiya kafedralari birlashtirildi va shu kunga qadar “Mikrobiologiya va biotexnologiya” kafedrasi deb nomlana boshladi. Kafedra mudiri qilib prof. Rakhimov M.M. tayinlandi va  prof. Rakhimov M.M. 2010 yilgacha  raxbarlik qilib keldi.

2010 yildan kafedrani 2012 yilgacha kafedrani biologiya fanlar doctori Muradov  G.A. raxbarlik qilib keldi. 2012 yildan kafedrani biologiya fanlari nomzodi Hasanov Hasan Tursunovich boshqarib kelmoqda. E-mail: xas.tyr@rambler.ru .

Kafedra tartibida 12 o’qituvchi bo’lib mikrobiologiya yonalishida virusologiya bo’yicha b.f.d. prof. Vaxobov A.X. va b.f.n. katta o’qituvchi Jo’raeva U.B. va o’qituvchi b.f.n.Fayziev V., tuproq mikrobiologiyasi bo’icha - b.f.n. dotcent Rasulova T.X.,  mikologiya bo’icha - b.f.n. dotcent Ibodov K.I., algologiya bo’icha esa – b.f.n. dotcent D.A. Samigjanovalar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Biotexnologiya yonalishida geterogen fermentativ katalizni nazariy va amaliy islanishlari bo’yicha b.f.d. prof.Rakhimov M.M., qishloq xo’jalik biotexnologiyasi bo’icha b.f.d. prof. K.D.Davranov, immunobiotexnologiya bo’icha – b.f.d. Sh.S.Tashmukhamedova, gen muhandisligi bo’icha .f.d. prof.Rakhimov M.M. va oziq-ovqat biotexnologiyasi bo’icha – t.f.n.dotcent D.T. Mirzarakhmetovalar va b.f.y. Hasanov H.T. faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

Kafedrada “Tuproq biologiyasi”, “Mikrobiologiya va virusologiya”, “Mikologiya va algologiya” “Tuproq mikroorganizmlari ekologiyasi”, “Biotexnologiya”,  kabi umumiy fanlar bakalavr talabariga o’qitiladi.

Kafedrada “Tibbiy mikrobiologiya va virusologiya” va “Biotexnologiya” mutaxassisliklari bo’yicha magistratura mavjud. Tibbiy mikrobiologiya va virusologiya  mutaxassisligi bo’icha magistrantlarga  “Bakteriyalar sitologiyasi”, “Tibbiy mikologiya asoslari”, “Tibbiy virusologiya”,  “Sanoat mikrobiologiyasi”, “Odam mikoslari”, “Tibbiyot va sanitariya mikrobiologiyasi” kabi maxsus fanlar va shuningdek, “Mikroorganizmlar metabolizmi”, “Odam va hayvon virus kasalliklari”, “Patogen zambrug’lar” kabi tanlov fanlar o’qitiladi. Biotexnologiya mutaxassisligi bo’icha magistrantlar “Gen va xujayra muxandisligi”, “Biologik specifiklik asoslari”, “Oqsil va fermentlar muxandisligi”, “Biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi”, “Biotexnologiya va ekologiya muammolari”, “Immunibiotexnologiya”, “Nanotexnologiya” kabi maxsus fanlar va shuningdek, “Affin xromatografiya”, “Organik moddalar almashinuvining biotexnologik jarayonlari”, va “Fizik-kimyoviy biologiya va biotehnologia” kabi tanlov fanlar o’qitiladi.

 

Hasanov Hasan Tursunovich, biologiya fanlar nomzodi, Microbiologiya va biotexnologiya kafedrasi mudiri

1952 yilda  Toshkent shahri, ishchi oilasida tug’ilgan.

1975 yilda Toshkent Politechnika institutini, kimyo technologiya fakultetini tugatdi.

1975 – 1985 yillarda   Orta Osiyo Oziq-ovqat ilmiy tatqiqot institutida katta laborant lavozimida, sõngra kichik ilmiy hodim va katta ilmiy hodim lavozimlarida faoliyat kursatib keldi.

1985 y. -  ToshDU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti “Biotexnologiya” ilmiy laboratoriyasida faoliytini davom ettirdi.

1988 y. - “ Stabilizaciya kislih proteinas v sistemah s tverdimi fasami” mavzusida nomzodlik dissertaciyasini himoya qildi.

1994 y.- ToshDU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti “Biotexnologiya”  kafedrasining docent lavozimida ishladi.

2001 y. - Toshkent kimye technologiya institutini “Qand va bijg’ish mahsulotlari technologiyasi  kafedrasining docent v.b.  lavozimida ishladi.

2003 y.  - Toshkent kimye technologiya institutini “Qand va bijg’ish mahsulotlari technologiyasi  kafedrasini mudiri  lavozimiga otkasildi.

2011 y.- Toshkent kimye technologiya institutini “Osiq-ovqat mahsulotlari technologiyasi”  kafedrasini docent lavozimiga o’tkasildi.

2012 y.- ÕzMU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti microbiologiya va biotexnologiya kafedrasi mudirligi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga õtdi, hozirga qadar kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.