O'zMU » Ma'lumotlar » Biokimyo kafedrasi

Biokimyo kafedrasi 1962 yilda akademik Y.X. Turaqulov tashabbusi bilan tashkil etildi, bu yerda biokimyo mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.

Kafedraga Dolimova Surayo Nugmanovna mudirlik qiladi. Ish telefoni raqami: 246-25-80. E-mail: surae­_dalimova@mail.ru

1950 yilda Toshkenda xizmatchilar oilasida tug'ilgan.

1972 y. - Biologiya-tuproqshunoslik fakultetini bitirdi.

1972 y. - O'zR FA Biokimyo institutining stajor-tadqiqotchisi.

1982 y. - «Vliyaniye tireoidnix gormonov na adenilatsiklaznuyu sistemu» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi.

1982-1995 y.- akademik Z.X.Turaqulov boshqargan O'zR FA Biokimiyo instituti gormonlar biokimyosi laboratoriyasining katta ilmiy hodimi.

1995y. - O'zR FA Biokimiyo instituti ilmiy kotibi

1997 y. - « Regulyasiya mitoxondrialnogo i yadernogo deystviya tireoidnix gormonov sitoplazmaticheskimi komponentami» mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi.

1998 y. - O'zR FA Biokimiyo institutining ilmiy ishlar bo'yicha director movini.

1998 y. - O'zR FA Biokimiyo institute qoshidagi 03.00.04- Biokimyo mutahasisligi bo'icha nomzodlik va doktorlik ilmiy darajasini berish bo'yicha ixtisoslashgan kengashning a'zosi

1999 y. - O'zbekiston Milliy universiteti biokimyo kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi.

2001 y.- ÕzMU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti biokimyo kafedrasi mudiri lavozimiga tanlovdan õtdi, hozirga qadar kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.

Biokimyo kafedrasida 500dan ortiq mutahassislar tayo'rlangan, ulardan 20ta fan doktori, 70dan ziyod fan nomzodlari bor. Bitiruvchilar O'zR FAning ITIlari, Halq Ta'limi tizimi, hamda chet elning yetakchi laboratoriyalarida muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.

1995 yil O'zR FA Biokimiyo institutida kafedraning ilmiy-o'quv markazi tashkil etilgan. Institute hodimlari mutahassis kadrlarni tayo'rlashda faol ishtirok etmoqda.

Biokimyo kafedrasining ilmiy yo'nalishi hayvon, o'simlik va mikroorganizmlar biokimyosi borasidagi fundamental tadqiqotlarga bag'ishlangan.


Biokimyo kafedrasining asosiy ilmiy yõnalishlari quyidagilardan iborat:

  • Mikroorganizm va o'simliklarda fosfor birikmalarining metabolizmi .
  • Norma va patologiya hyolatida hayvon hujayrasi metabolizmiga biologic faol moddalar ta'sirining molekulyar mexanizmlarini o'rganish.
  • Oliy va o'rta maktab biologic ta'limida pedagogic texnologiyalarining dolzarb muammolari.

Biokimyo kafedrasining ilmiy yutuqlar, kashfiyotlar va yirik ilmiy ma'lumotlar:

  • Lipaza, fosfatidilinozit, mio-inozit olish uslubi ishlab chiqildi va unga patent olindi. Olingan preparatlar tibbiyot va farmaseftikada katta istiqbolga ega.
  • G'oza va boshqa o'simliklar urug'ida unish va o'sish jarayonida fosfalipidlar o'zgarishining ayrim qonuniyatlari o'rganildi.  
  • O'rta Osiyo trupidan Fosfolipaza D olish uslubi ishlab chiqildi va unga patent olindi.  
  • Oksigumatga o'hshash biologic faol moddalarning ta'siri o'rganildi.
  • O'simlik tabiatli preparatlarining biologic faolligini o'rganish (polifenollar, gossypol hosilalari, glitsirrizin kislotasining hosilasi).