O'zMU » Ma'lumotlar » Tuproqshunoslik va agrokimyo kafedrasi

Tuproqshunoslik va Agrokimyo yo'nalishlarini ochilishi universitetning rektori professor N.A.Dimo nomi va faoliyati bilan bog'liq. N.A.Dimo boshchiligida universitet qoshida 1920 yilda Geobotanika va tuproqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilingan. Bu institut o'z davrida tuproqshunoslik va agrokimyo yo'nalishidagi birinchi ilmiy markaz edi. Universiteting Tuproqshunoslik va Agrokimyo kafedralari doimo shu institut bilan birgalikda ilmiy-pedagogik faoliyat yuritib keladi.
Tuproqshunoslik va agrokimyo kafedrasi 2011 yilgacha Tuproqshunoslik va Agrokimyo kafedralari nomi bilan alohida faoliyat yuritib kelgan.
Tuproqshunoslik kafedrasi 1935 yilda geologiya va geografiya fakulteti qoshida tashkil etilgan. 1949 yildan boshlab Tuproqshunoslik kafedrasi biologiya fanlari tizimiga kiritilgan. Agrokimyo kafedrasi 1949 yildan faoliyat ko'rsata boshladi. Bu kafedrani tashkil qilgan va birinchi mudiri qishloq xo'jalik fanlari doktori, O'z FA ning haqiqiy a'zosi yirik tuproqshunos olim S.N.Rыjov bo'lgan. Tuproqshunoslik va agrokimyo kafedrasida oliy ma'lumotli tuproqshunos mutaxassislar tayyorlanadi.
Tuproqshunoslik va Agrokimyo kafedrasi tashkil qilinganidan beri 3000 nafarga yaqin tuproqshunos-agrokimyogar mutaxassislari tayyorlandi. 2000 yildan boshlab kafedrada magistratura tashkil qilinib, bugungi kungacha 100 nafardan ortiq magistrlar tayyorlandi. Kafedrada 40 dan ortiq fan nomzodlari, 5 nafar fan doktorlari va 2 nafar O'zFA akademigi etishib chiqdi. Kafedraning bitiruvchilari O'zR FA institutlarida, O'zR Ergedezkadastr davlat qo'mitasi, O'zR qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tarmoqlarida, respublika oliy ta'lim maskanlarida xamda xorijiy davlatlarning nufuzli oliy o'quv yurtlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatishmoqda.

 

Hozirda Tuproqshunoslik va agrokimyo kafedrasiga qishloq xo'jalik fanlari nomodi, dotsent Abdraxmonov Toxtasin Abdraxmonovich mudirlik qiladi.

Ish telefoni: 246-70-38.

E-mail: soilscience@nuu.uz 
1953 yilda Osh viloyati, Qorasuv tumani, Narimon qishlog'ida hizmatchi oilasida tug'ilgan.
1969-1974-ToshDU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti talabasi.
1974-1975yy-ToshDU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti katta lobaranti.
1975-1976yy-ToshDU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti ilmiy xodim.
1976-1987yy-ToshDU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti assistenti.
1987-1989yy-ToshDU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti katta o'qituvchisi.
1987-1989yy-ToshDU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti dekan muovini.
1989-1992 yy-ToshDU tuproqshunoslik fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini.
1992-1998yy-ToshDU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini.
1998-2004yy- ToshDU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti dekani.
2004-2009yy- O'zMU o'quv ishlari bo'yicha prorektori.
2009-2011yy- O'zMU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti dotsenti
2011 yildan hozirgacha - O'zMU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti kafedra mudiri