O'zMU » Ma'lumotlar » Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi

Odam va  hayvonlar fiziologiyasi kafedrasiga 1929 yilda asos solingan. Kafedrada Biologiya yo'nalishi va Odam va hayvonlar fiziologiyasi mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlanadi

Bugungi kunda kafedrani b.f.d., professor Lyubov Salijanovna Kuchkarova boshqarib turibdi.

Telefon: +998946678989

E-mail: Lyubakuchkarova@yahoo.com

1976 y. - Andijon davlat pedagogika instituti bitiruvchisi

1985-1988 yy. -  O'zR FA Fiziologiya va biofizika instituti aspiranti

1989 y.- “Ona tireoid holatining nasldagi karbonsuvlar

gidrolitik tizimlarga ta'siri” mavzusidagi nomzodlik

dissertatsiyasini ximoyasi

1988-1997 yy. - Andijon davlat universiteti katta  o'qituvchisi, dotsent v.b.

1997-2000 yy. - O'zR FA Zoologiya instituti doktoranti

2000-2006 yy. - O'zR FA  Fiziologiya va biofizika instituti  katta ilmiy xodimi

2002 y.  Ona va bola gormonal xolatiga bog′liq′ ravishda gidrolitik-transport tizimlarning rivojlanishi” doktorlik dissertatsiyasining ximoyasi

2003 y.  Degu shaxriga ilmiy safar(Janubiy Koreya)

2008 y. Yangi Orlean shaxriga ilmiy safar (AQSh)

2010 y. Yangi Orlean shaxriga ilmiy safar (AQSh)

2006-2011 yy. – O'zbekiston Milliy Universiteti Odam va hayvonlar fiziologiyasi    kafedrasi prof. v.b.

2011 yildan-hozirgi vaqtgacha-M.Ulug′bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi mudiri

Kafedra tashkil etilgan davridan boshlab 400 dan ortiq mutaxassislarni tayyorladi. Ular orasidan 5 fan doktorlari va 50 fan nomzodlari tayyorlandi. Kafedrani bitiruvchilari ilmiy-tekshirish institutlarida, Oliy va o'rta maxsus ta'lim va sog′liqni saqlash tizimida, hamda respublikamizdagi etakchi ilmiy izlanish va tibbiy laboratoriyalarda, respublikamizda hamda uzoq (AQSh, Izrail, Eron, Turkiya, Janubiy Koreya) hamda yaqin (Rossiya, Qozog′iston, Turkmaniston, Qirg′iziston va boshq.) chet mamlakatlarda ishlab turibdilar. Kafedrani bitiruvchilar orasidan 4 nafar O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arboblari, 2 nafar akademik va 2 nafar davlat mukofotlarning laureatlari etishib chiqqan. Oxirgi 10 yilda kafedrada 500 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilib, 8 monografiya va 10 darslik va o'quv qo'llanmalar tayyorlangan.

Kafedra qoshida Salomatlik klubi faoliyat ko'rsatmoqda, klubning maqsadi  sog′lom hayot tarzini yoshlarga targ′ib qilish va kerakli malakalarni joriy etish. Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasining va uni qoshidagi “Ekologik fiziologiyasi” laboratoriyasining me'yorda va patologik xolatda hamda organizmga  turli stress omillar ta'sir etganda moddalar va energiya almashinuvi  ovqatning assimilyatsiyasini o'zgarishi sohasidagi  ilmiy izlanishlari fundamental va amaliy xarakterga ega. So'nggi yillarda kafedrada tuproq organizmlarining fiziologiyasi faol ravishda o'rganilmoqda.