O'zMU » Ma'lumotlar » Matnshunoslik, milliy uyg'onish va hozirgi o'zbek adabiyoti kafedrasi

1993-yilda prof. B.Qosimov tashabbusi bilan tashkil topgan. 2004–2010-yillarda prof. N.Jabborov rahbarlik qildi. Ayni vaqtda kafedra mudiri – dots. R.Zohidov.

Kafedrada professorlardan S.Sodiqov, U.Dolimov, Q.Yo‘ldoshev, N.Jabborov, dotsentlardan A.Dehqonov, Q.Pardayev, katta o‘qituvchilardan G.Azimova, Z.Abdirashidov, o‘qituvchilardan M.Ismoilova, Sh.Amonov faoliyat olib borishmoqda.

Kafedraning ilmiy yo'nalishlari: jadidchilik va jadid adabiyoti; matnshunoslik; zamonaviy o‘zbek adabiyotining dolzarb muammolari hamda o‘rta va oliy maktabda o‘qitish masalalari.

 

ZOHIDOV RASHID FOZILOVICH 

 

1982-1989 yy. - Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakulteti talabasi

1983-1985 yy. - harbiy xizmada

1989-1991 yy. O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Qo‘lyozmalar instituti kichik ilmiy xodim

1991-1994 yy. O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi qo‘lyozmalar instituti aspiranti

1994-1998 yy. O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi qo‘lyozmalar instituti ilmiy xodim

1999-2004 yy. O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi qo‘lyozmalar instituti katta ilmiy xodim

2004-2005 yy. O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiya fakulteti milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti

2005-2010 yy. O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiya fakulteti matnshunoslik, milliy uyg‘onish va hozirgi o‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti

2010 y.h.v. O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiya fakulteti matnshunoslik, milliy uyg‘onish va hozirgi o‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri