O'zMU » Ma'lumotlar » Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedrasi

Tog’aev  Shavkat Xurramovich

28.08.2012 yildan O'zbekiston  Milliy Universiteti  “Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta'limi” kafedrasi mudiri.

Tel: 246-42-56

 

"Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta'limi" kafedrasi 2012 yil 27 iyunda Mirzo Ulug’bek nomidagi O'zbekiston  Milliy Universiteti ilmiy kengashining ilgari Falsafa fakultetida bo'lgan “Milliy g’oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishini huquqshunoslik fakulteti tarkibiga o'tkazish xaqida”gi qarori asosida tashkil topdi. Mazkur qarorning ijrosini ta'minlash maqsadida 2012 yil 7 iyulda Universitet rektori G’.I.Muhamedovning “Milliy g’oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi” yo'nalishini huquqshunoslik tarkibiga o'tkazish hamda kafedraning nomlanishi haqida”gi buyrug’iga muvofiq yangi tashkil etilgan kafedra “Milliy g’oya va huquq ta'limi” deb nomlandi. Kafedraning rus tilida nomlanishi: Kafedra «Natsionalnoy idei i pravovogo obrazovaniya».

Kafedra Respublikamizning qator oliy o'quv yurtlarida 2001 yildan boshlab yo'lga qo'yilgan milliy g’oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotli bakalavrlar hamda magistrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan bo'lib, unda hozirgi paytda 13 nafar malakali professor-o'qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2 tasi fan doktori, professor, 6 tasi fan nomzodi, dotsent, 3 tasi katta o'qituvchi va 2 tasi o'qituvchidir. Kafedraning o'rtacha yoshi 46,7 ni tashkil qiladi.  Kafedrada bakalavriat va magistratura talabalariga 20 dan ortiq fanlar bo'yicha ma'ruza va seminar mashg’ulotlari olib boriladi.

Kafedraning ilmiy mavzusi: O'zbekistonda milliy g’oya, ma'naviyat va huquq ta'limining dolzarb masalalari.

Bu borada kafedra a'zolari tomonidan tegishli mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Natijalari monografiya, risola  va ilmiy maqolalar shaklida chop etilmoqda. Ilmiy natijalardan kafedrada

Yarailayotgan darslik, o'quv qo'llama va o'quv-uslubiy majmualar tayyorlashda foydalanilmoqda.

 

2012 yil 3 sentyabrda mustaqillik bayrami munosabati bilan “Taqdirimsan,  baxtimsan erkin va obod Vatan!”  mavzusida davra su?bati o'tkazildi. Unda Respublikamizdagi taniqli san'atkorlar Erkin Komilov, Dilnoza Kubaevalar qatnashishdi.

2012 yil 20 oktyabrda “Til – millat ruhi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirga taniqli olimlardan Omonulla Madaev, Norqul Bekmirzaev hamda huquqshunoslik fakulteti dekani Ravshan Ikramov  boshchiligida bir guruh professor- o'qituvchilar tashrif buyurishdi.

Tadbirni olimlarimiz o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi tarixi va ahamiyati xususidagi qiziqarli nutqlari bilan boshlab berishdi. So'ng “Targ’ibotchi” to'garagi a'zolarining badiiy chiqishlari boshlandi. Ikki soat davom etgan mazkur tadbir yig’ilganlarda katta ta'scurot qoldirdi. Fakultet dekani Ravshan Ikramov tadbir tashkilotchilari - “Targ’ibotchi” to'garagi  a'zolariga minnatdorchilik bildirib, ularning qobiliyatlarini, keyingi paytlarda olib borayotgan faoliyatlarini yuqori baholadi.

2012  yil 17 oktyabrda kafedra professor-o'qituvchilari va “Targ’ibotchi” tugaragi a'zolari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Bayrog’i qabul qilingan kunni nishonlashga bag’ishlab “Bayrog’imiz - millatimiz g’ururi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirga fakultet dekani R.Ikramov tashrif buyurib, yig’ilganlarga mazkur tadbirning ijtimoiy-ma'naviy mohiyati va ahamiyati xususida so'zladi va ularga bunday ezgu ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Kafedra tomonidan fakultet va talabalar turar joylarida tegishli reja va dasturlar asosida ma'naviy-ma'rifiy ishlar olib borish yo'lga qo'yilgan. har haftaning chorshanba kunlari 5 va 12-talabalar turar joylarida “Kafedra kunlari” o'tkaziladi. Shuningdek, kafedra qoshida tashkil etilgan “Targ’ibotchi” to'garagi a'zolari tomonidan umumxalq bayramlari, Respublikamiz va xalqaro miqyosda nishonlanadigan tarixiy sanalarga bag’ishlab turli tadbirlar tashkil etish va o'tkazish an'anaga aylangan.

2012 yil 4 dekabrda O'zbekiston Republikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 20 yilligiga bag’ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir maxsus jihozlangan fakultet kutubxonasining o'quv zalida o'tkazildi. Tadbirda huquqshunoslik fakulteti dekani boshchiligida bir guruh professor-o'qituvchilar hamda ko'psonli talabalar qatnashishdi. Tadbirni fakultet dekani Ravshan Ikramov kirish so'zi bilan boshlab berdi. So'ng “Targ’ibotchi”  to'garagi a'zolarining rang–barang badiiy chiqishlari namoyish etildi. Mazkur tadbirni tashkil etish va o'tkazishda kafedra mudirining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha muovini Gulrux Tursunova alohida jonbozlik ko'rsatdi.

Kafedra a'zolari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligi munosabati bilan Olmazor tumanida joylashgan mahalla, maktab, litsey va kollejlarda o'tkazilgan.