O'zMU » Ma'lumotlar » Magistratura to'g'risidagi nizomga 1-ilova

«NAMUNA»

‎‎‎‎O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

‎‎OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

‎‎‎‎TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

‎‎«TASDIQLAYMAN»

‎‎Magistratura bo'limi boshlig'i «_____»

‎‎«_____»____________20 y.

‎‎____________________________________________ning

‎‎(talabaning F.I.O.)

 

______________________________ mutaxassisligi bo'yicha‎‎

 

‎‎20__–20__ o'quv yillariga mo'ljallagan

‎‎‎‎SHAXSIY KALENDAR ISH REJASI

 

‎‎Mazkur ish reja _____________________ kafedrasining 20___ yil

«____»________dagi ____-son yig'ilishida muhokama qilindi.

 

Kafedra mudiri: ‎       ______________________‎         ______________________‎

‎(F.I.O.)‎                                         (imzo)‎

 

Reja bilan tanishtirildi:‎        ‎            ‎

Magistratura talabasi‎:         ______________________‎         ______________________‎

‎(F.I.O.)‎                                         (imzo)‎

 

Ilmiy rahbar:‎                         ______________________‎         ______________________‎‎

‎(F.I.O.)‎                                         (imzo)‎

 

 

 

Ish rejadagi «Talabaning o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, dissertatsiyani tayyorlash, pedagogik va malakaviy amaliyot faoliyati bo'yicha kalendar ish rejasi» magistratura talabasining butun magistraturada o'qishi davomidagi faoliyatini tashkil etish uchun mo'ljallangan bo'lib, u magistratura talabasini quyidagi yo'nalishlar bo'yicha majburiy faoliyati va ularni bajarilish muddatlarini belgilab beradi:

o'quv va o'quv-uslubiy ishlar;

ilmiy-tadqiqot ishlari;

ilmiy-pedagogik ishlar;

malakaviy amaliyot faoliyati.

«Magistrlik dissertatsiyasini bajarishning kalendar rejasi» magistrlik dissertatsiyasini magistraturada o'qish davomida tayyorlashga mo'ljallangan ishlar ketma-ketligi va ularning tarkibini belgilaydi. Rejada qayd etiladigan ishlarni talaba ilmiy rahbar bilan kelishgan holda tayyorlashi va bayon etishi kerak.

 

I bob. Talabaning o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, pedagogik va malakaviy amaliyot faoliyati bo'yicha kalendar ish rejasi

1. O'quv va o'quv-uslubiy ishlar

Chora-tadbir nomi‎

Bajarilish muddati

Izoh

1

Nazariy ta'lim‎

1—3-semestrlar

1—3-semestrlar haftasiga ___soatdan

2

Mustaqil ta'lim uchun o'quv topshiriqlarini bajarilishi

O'quv davri mobaynida

Har bir fanning o'quv rejasiga muvofiq

3

O'quv fanlaridan referat, ma'ruzalar tayyorlash

1—3-semestrlar

Har bir fanning o'quv rejasiga muvofiq

4

Mutaxassislik fanlar bo'yicha:

— O'quv topshiriqlarni to'plami

3-semestr oxirigacha

Aniq bir o'quv fani bo'yicha

 

— Masala va topshiriqlar to'plami

Aniq bir o'quv fani bo'yicha

 

— Keyslar ishlab chiqish

Shartnoma tuzilgan tashkilotlar materiallari asosida

5

Davlat attestatsiyasidan o'tish

4-semestr tugaganidan so'ng

O'quv jarayoni jadvali asosida

2. Ilmiy-tadqiqot ishlari

Chora-tadbir nomi‎

Bajarilish muddati

Izoh

1

Dissertatsiyasini tanlash va mavzusini tasdiqlatish

1 semestr boshida

Ilmiy rahbar maslahati bo'yicha

2

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo'yicha maqolalarni tayyorlash va nashr etish

O'quv davri mobaynida (dastlabki himoyaga kirgunga qadar)

2 ta maqoladan kam emas (tezis)

3

Amaliyotga bog'liq muammolarni o'rganib, ularni ilmiy hal qilish bo'yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish

1—3 semestr

 

4

Tanlangan tadqiqot mavzusi bo'yicha ilmiy-tadqiqot, tajriba sinov ishlarini o'tkazish

O'quv davri mobaynida

Tadqiqot dasturiga muvofiq

5

Magistrlik dissertatsiyasini tugallash

4 semestr oxirida

 

6

Magistrlik dissertatsiyasini himoyalash

4 semestr oxirida

O'quv jarayoni o'quv grafigi bo'yicha

7

Kafedraning ilmiy va innovatsiya tadqiqotlari va xo'jalik shartnoma ishlarida ishtirok etish

O'quv davri mobaynida

Ilmiy rahbar maslahati bo'yicha

8

Talabalar va yosh olimlar ilmiy konferentsiyalarida ishtirok etish

O'quv davri mobaynida

Ilmiy ma'ruza yoki maqola bilan

9

Talabalar fan olimpiadalarida ishtirok etish

O'quv davri mobaynida

Ilmiy rahbar tavsiyasi asosida

10

Ilmiy to'garak va seminar ishlarida faol ishtirok etish

O'quv davri mobaynida

Tadqiqot mavzusi bo'yicha

3. Ilmiy-pedagogik ishlar

Chora-tadbir nomi‎

Bajarilish muddati

Izoh

1

Kafedraning etakchi professor-o'qituvchilarining o'quv mashg'ulotlariga qatnashish

1—3 semestr

O'quv mashg'ulotlari bakalavriat (kollej, litsey) da ilmiy rahbar maslahati va kafedraning qarori bo'yicha o'tkaziladi

2

Akademik guruhlarda mashg'ulotlar o'tkazish (ilmiy rahbar yoki etakchi professor-o'qituvchilar ishtirokida)

3

Fanlar bo'yicha pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va o'quv-uslubiy to'plamlarni tayyorlashda ishtirok etish

2-3 semestr

Aniq o'quv fani bo'yicha

4

Bakalavriat talabalari bilan o'quv-maslahat va tarbiyaviy ishlarni o'tkazish

1—3 semestr

Fakultet dekanati tavsiyasi asosida

4. Malakaviy amaliyot faoliyati

Chora-tadbir nomi‎

Bajarilish muddati

Izoh

1

Ilmiy-tadqiqot va malakaviy amaliyot faoliyatini o'tkazish uchun tashkilot (korxona, bo'linma) bilan shartnoma tuzish. (Shartnomani tuzishda oliy ta'lim muassasasi rahbariyati va ilmiy rahbar magistratura talabasiga amaliy yordam ko'rsatadi)

Magistraturaga qabul qilinganligi to'g'risida buyruq rasmiylashtiril-gandan so'ng 1 oy mobaynida

Magistratura talabasi butun o'quv davri mobaynida ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatini bevosita shartnoma tuzilgan tashkilot (korxona, bo'linma) bilan aloqada amalga oshiradi

2

Shartnoma tuzilgan tashkilotda malakaviy amaliyot o'tish

4 semestr

O'quv reja asosida

3

Tadqiqot mavzusi bo'yicha taqdimotni tayyorlash

4 semestr, malakaviy amaliyot tugaganidan so'ng

Amaliyot rahbari ishtirokida, grafik bo'yicha

 

II bob. Magistrlik dissertatsiyasini bajarishning kalendar rejasi

Ish bosqichlari va tadbirlarning asosiy mazmuni‎

Bajarish muddati

Natijalar: bajarilganligi bo'yicha belgi

I. Tadqiqot o'tkazishga tayyorgarlik

1

Tadqiqot ob'ekti va mavzusini aniqlash

 

 

2

Tadqiqot mavzusini tanlash

 

 

3

Tanlangan mavzu bo'yicha bibliografiya va axborot resurslar, kutubxona fondlari va elektron resurslari bilan tanishish

Bibliografik ro'yxat tuzish.‎

 

 

4

Kafedrada mavzuni tasdiqlatish

 

 

5

Axborot manbalari va hujjatlarini (adabiyot va elektron resurslar) chuqur o'rganish

Bibliografik ro'yxatga qo'shimcha adabiyotlarni kiritish

‎Konspekt, annotatsiya va taqrizlarni tayyorlash‎

‎Bibliografik tahlilni tuzish

Tadqiqot uchun zarur bo'lgan usul va yo'nalishlar ro'yxatini tuzish

‎Keltirilgan usul va yo'nalishlarni o'rganib chiqish, ulardan asosiy va yordamchilarini shaxsiy tadqiqot o'tkazish uchun tanlash           

 

 

6

Ilmiy-tadqiqot muammosini shakllantirish va tavsiflash‎

‎Tadqiqot jarayonida javoblar olinadigan savollarni tuzish

 

 

7

Tadqiqot dolzarbligi, yangiligi va amaliy ahamiyatga egaligini asoslash.‎

‎Tadqiqot mavzusi bo'yicha mavjud vaziyatlar klassifikatsiyasi va nuqtai nazarlar qiyosiy tahlilini amalga oshirish. Xulosalarda muammoning o'rganilganlik darajasi, ilmiy (nazariy) jihatdan yangilik alomatlari, tadqiqot mavzusini dolzarbligini aks ettirish‎

‎Zamonaviy holatdagi masalalar tahlilini amalda ko'rish

‎Xulosalarda amaliy (qo'shimcha) jihatdan yangilik alomatlari, tadqiqot mavzusining dolzarbligini aks ettirish

 

 

8

Tadqiqot ob'ektining farqlovchi xususiyatlarini aniqlash va shakllantirish

 

 

9

Ishchi gipotezani surish va shakllantirish

 

 

10

Hal bo'lishi kerak bo'lgan topshiriqlarni shakllantirish va maqsadni hamda javob olishi kerak bo'lgan tadqiqot savollarini aniqlash

 

 

11

Tadqiqot hajmi, nazariy va tajribaviy materiallarni tanlash tamoyil (prinsipi)ni aniqlash

 

 

12

Terminologiyani aniqlash. Qo'llaniladigan terminlar (atamalar) kartotekasini ochish, kartochkalarga ularning mazmunini kiritib borish

 

 

II. Ilmiy-tadqiqot ishlarni rejalashtirish

1

Tadqiqot kalendar (dastur) rejasini tuzish

Tadqiqot bosqichlarini ketma-ketligini va bajarilish muddatini, hamda uning ayrim bosqichlari va masalalarini aniqlash

Tushuntirish xatini tayyorlash

 

 

2

Magistrlik dissertatsiyasining struktura-mantiqiy sxemasini tuzish

 

 

III. Tadqiqotni amalga oshirish: materiallar yig'ish (yoki tajriba sinovlar o'tkazish)

1

Maqsad, masalalar va gipotezaga muvofiq tadqiqot usulini tanlash va asoslamoq (protsedura uslubi, usuli, asboblari)‎ ‎

 

 

2

Tadqiqot terminologiyasini aniqlash: asosiy tushunchalarni aniqlanishini tahlil etish, solishtirish, klassifikatsiyalash, umumlashtirish va boshqalar orqali terminologiyaga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish

‎Natijalarni qayd qilish va rasmiylashtirish

 

 

3

Tanlangan ilmiy uslublarni qo'llab, taklif etilayotgan, olg'a surilayotgan gipotezani isbotlaydigan, yangi ilmiy axborotni tadqiqot o'tkazish asosida olish:‎

‎Tajriba sinovlarni o'tkazish. Olingan ma'lumotlarni dastlabki tizimlashtirishini o'tkazish‎

‎Tajriba sinov materiallarini yig'ish‎

‎Ma'lumotlarni umumlashtirish, mavjud ma'lumotlar bilan solishtirish, tahlil qilish va interpertatsiyasini o'tkazish, ular qanday ma'no berishini aniqlash

 

 

4

Olingan ma'lumot (natijalar)ni yangilik, ob'ektivlik va shubhasizlik, ishonchlilik va butunlik (to'liqlik) talablariga javob berishini tekshirish. (Bunda matematik statistika usullarini qo'llash)

 

 

5

Ma'lumot va natijalar tahlili tugallangan degan qarorga kelish:

a) Asosiy ish qismini tugagan deb bilish;

‎‎b) Ma'lumotlarni qo'shimcha yig'ish va tanlab olish (saralash)

 

 

6

Dissertatsiyaning asosiy qismini yozish

 

 

7

Har bir ish qismini (bo'limini) tugallangani va butun ish hajmidagi ishonchlilik dalillarini qayta tekshirish

 

 

8

Xulosalar va takliflarni shakllantirish:

‎a) qo'yilgan muammoning mavjudligi va echimini izohlash;

‎b) natijalarning amaliy ahamiyati va olingan natijalardan foydalanish bo'yicha tavsiyalarni ishlab chiqish

 

 

9

Xulosa yozish

 

 

10

Olg'a surilgan gipotezani olingan xulosalar bilan solishtirish‎

 

 

11

Maqsad ta'riflanishi, asosiy masalalar va ularni xulosalarga mosligini aniqlash

 

 

12

Dissertatsiya ishiga kirish qismini yozish

 

 

IV. Ilmiy-tadqiqot ishlarni natijalarini rasmiylashtirish

1

Ish tekstini dastlabki variantini tayyorlash

 

 

2

Ishni ilmiy rahbarga taqdim etish

 

 

3

Ilmiy rahbarning o'zgartirishlarini fikr-mulohazalarini hisobga olib ishni qayta ko'rib chiqish hamda ishga tegishli qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish

 

 

4

Dissertatsiyani talabga muvofiq rasmiylashtirish

 

 

V. Ilmiy-tadqiqot ishning natijalarini himoyaga taqdim etish

1

Dissertatsiyaga annotatsiya tayyorlash

 

 

2

Dissertatsiyaga 2 ta (ichki va tashqi) taqriz olish

 

 

3

Dissertatsiyaga ilmiy rahbarning taqrizini olish

 

 

4

Kafedra mudiridan dissertatsiyani himoya qilishga ruxsat olish

 

 

5

Ko'pi bilan 20 daqiqalik ma'ruza va taqdimot materiallarini (slaydlar) tayyorlash

 

 

6

Dissertatsiya ishini dastlabki himoyasini kafedra(lar)dan (ishlab chiqarish korxona-tashkilotdan) o'tish

 

 

7

Dastlabki himoyada berilgan taklif va tavsiyalarning zarur qismlarini dissertatsiya ishiga kiritish

 

 

8

Rasmiy himoya uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish

 

 

 

Ushbu ish reja shakli oliy ta'lim muassasasi (fakultet)ning o'quv-uslubiy kengash yig'ilishida muhokama qilingan va 20___ yil _____ ________da _____-son maqullangan.

 

Manba: lex.uz