O'zMU » Ma'lumotlar » Biz haqimizda

Universitet tashkil etilgan ilk kunlardan boshlab (1918 yil) ta'lim, fan va madaniyat sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.

 

Xalqaro aloqalar bo’limining (XAB) tashkil etilishi esa universitetda xalqaro faoliyatni boshqarish ishiga asos soldi.

Tashkil etilgan kundan boshlab va ayniqsa ХХ asrning ikkinchi yarmidan universitet Osiyo, Аfrika, Evropa, Lotin Amerikasining 80 dan ziyod mamlakatlari, hamda Kanada, AQSH davlatlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

XAB faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

  • Horijiy mamlakatlar o’quv yurtlari, ilm-fan markazlari, halqaro tashkilotlari bilan hamkorlik;
  • Horijiy fuqarolarni o’qishga qabul qilish;
  • Xalqaro anjumanlar ( uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar, yubiley sanalari) o’tkazish;
  • Xalqaro ta’lim markazlarini ochish va faollashtirish;
  • Xalqaro dasturlarda ishirok etish (loyihalar, grantlar, stipendiyalar);
  • O’MU vakillarini turli yo’nalishlar bo’yicha horijga malaka oshirish, umumiy ta’lim tizimi, ustuvor yo’nalishlar bo’yicha zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan tanishish maqsadida safarlarga yuborish;
  • Chet ellik o’qituvchilar, mutaxassislarni ma’ruza o’qish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun taklif etish.

e-mail: foreign@nuu.uz

 

e-mail: int.dep@nuuz.uz

            foreign@nuu.uz 

 

 

Тел/факс:(998)-71-2462242