O'zMU » Ma'lumotlar » Xorijiy oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik

Keyingi o’n yillar ichida O’zbekiston Milliy Universiteti 30 dan ziyod oliy o’quv yurtlari bilan ilmiy va madaniy hamkorlik haqida shartnomalar tuzdi. Bugungi kunda ushbu shartnomalar doirasida Vilgelm nomidagi Vestfal universiteti (Germaniya), Passau universiteti (Germaniya), Tromsyo universiteti (Norvegiya), Chexiya qishloq xo’jaligi universiteti (Chexiya), M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti (Rossiya), Uzoq-sharq Davlat baliqchilik universiteti “Dalribvtuz” (Rossiya), Pittsburg Davlat universiteti (AQSH), Hankuk chet tillar universiteti (Koreya Respublikasi), Kvanju ilm-fan va texnologiyalar universiteti (Koreya Respublikasi), Millatlar Markaziy universiteti (XXR) va boshqalar bilan hamkorlik  faol ravishda amalga oshirilmoqda.

 

Mazkur shartnomalar doirasida ilmiy ishlar, o’qituvchilarning stajirovkasi, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlashda rahbarlik ishlari, hamkorlikda qo’shma loyihalar va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda, xalqaro anjumanlar, seminarlar o’tkazilmoqda.

 

Markazlar

 

Hozirgi kunda O’zbekiston Milliy universitetida Germanistika Markazi faoliyat yuritmoqda. Ushbu markaz nemis tilini, Germaniya  madaniyati, adabiyoti va tarixini chuqur o’rganish, ilmiy izlanishlar olib borish, yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishish imkoniyatini yaratib kelmoqda. Shuningdek, universitetda Grek tili markazi, Yangi pedagogic texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy fanlarni o’qitish markazlari mavjud.

 

 

e-mail: int.dep@nuuz.uz

            foreign@nuu.uz 

 

 

Тел/факс:(998)-71-2462242