O'zMU » Ma'lumotlar » Grantlar, loyihalar

O’zbekiston milliy universiteti – xalqaro o’quv va ilmiy dasturlar, jumladan, Tempus, Erasmus Mundus, Erasmus+ FP7 va boshqa dasturlarining faol ishtirokchisidir.

 

2004 yildan boshlab universitetda Tempus, Erasmus Mundus, Erasmus+ dasturlari doirasida hamkorlik faol rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda universitetimizda Tempus dasturi doirasida CANDI, UNIQTOOL, ENGITEC, UZWATER   loyihalari, Erasmus Mundus dasturi doirasida TIMUR loyihasi, Erasmus+ dasturi doirasida MEDIPHYS, NURSLIN, FSAMP loyihalari Vena universiteti (Avstriya), Qirollik texnologiya instituti (Shvetsiya), Garbiy Vengriya universiteti (Vengriya)  kabi universitetlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar ta’lim jarayonini takomillashtirish, o’qituvchilar malakasini oshirish, talabalarga ta’lim berish saviyasini oshirish va universitet moddiy bazasini mustahkamlashga yo’naltirilgan.

 

Erasmus Mundus dasturi doirasida MANECA va CASIA loyihalari amalga oshirilmoqda. Ushbu loyahalar universitet vakillarining Evropa universitetlarida malaka oshirishlariga sharoit yaratib beradi. MANECA loyihasi doirasida universitet Evropaning Berlin texnika universiteti (Germaniya), Lessius universiteti (Belgiya), Konstantin Faylasuf universiteti (Slovakiya), Litva texnika universiteti kabi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

 

e-mail: int.dep@nuuz.uz

             foreign@nuu.uz 

 

Тел/факс:(998)-71-2462242