O'zMU » Ma'lumotlar » O'zbek filologiyasi fakulteti yutuqlari

Fakultetda ilmiy-tadqiqot ishlari belgilangan reja asosida olib borilgan. Bu borada ta'kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Til va adabiyot, Sharqshunoslik institutlari va Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi, Toshkent Davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan bo‘lib, ushbu shartnomalar asosida ular bilan ilmiy-tadqiqot va malakali kadrlar tayyorlashda keng hamkorlik ishlari olib borilgan. Fakultet professor-o‘qituvchilari ilmiy yo‘nalishdagi qator mavzularda ilmiy izlanishlar olib borishadi. Fakultetda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Fan va Texnologiyalar Markazining 3 ta fundamental, jumladan, 2 tasi innovatsion yoshlar granti mavjud bo‘lib, hozirgi kunda Hamidulla Boltaboev rahbarligida ID – 051 “Milliy moddiy-ma'naviy meroslarni o‘rganishning o‘quv-uslubiy manbalarini yaratish va ta'lim tizimiga tatbiq etish” mavzuidagi innovatsion grant yakunlangan (2009-2010).

Har yili fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 20 dan ortig‘i xorijning ilmiy nashrlarida, qolganlari esa respublikaning ilmiy jurnallarida va konferentsiya materiallarida chop etiladi.

Fakultet iqtidorli talabalari respublika miqyosidagi innovatsion g‘oyalar yarmarkasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Chunonchi, 2010 yildagi innovatsion yarmarkada Nazokat Abdurahmonova ishtirok etib, sovrinli o‘ringa sazovor bo‘ldi.

2011 yilgi innovatsion yarmarkada esa Manzura Abjalova va Nilufar Abdurahmonova o‘z ishlari bilan qatnashib, g‘olib bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining “Talabalarning Respublika Fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish haqida”gi buyruqlari va O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining har yili olimpiadaning fakultet bosqichini o‘tkazish haqidagi buyruqlariga asosan, O‘zbek filologiyasi fakultetida fan olimpiadasining birinchi bosqichi o‘tkazilib kelingan. Olimpiada Nizomiga muvofiq, fakultet dekanining farmoyishlariga asosan Hay'at komissiyasi va adolat komissiyasi tuzilgan. Birinchi bosqich g‘olibi keyingi bosqichga tavsiya qilinadi. Fakultetning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan talabalari 2010 va 2011 yillarda Farg‘ona Davlat universitetida bo‘lib o‘tgan olimpiadada faxrli ikkinchi o‘rinni egallagan.

 

Fan olimpiadalari g‘oliblari

2009-2010 o‘quv yilida:

Abdullaeva Sayyora – 2-kurs bakalavr – Ona tili va adabiyoti fanidan Respublika olimpiadasi – 2 o‘rin.

2010-2011 o‘quv yilida:

Nomozov Sirojiddin – 3-kurs bakalavr – Ona tili va adabiyoti fanidan Respublika olimpiadasi – 2 o‘rin.

2011-2012 o‘quv yilida:

Arolova Nafisa – 2-kurs bakalavr – Ona tili va adabiyoti fanidan Respublika olimpiadasi – 3 o‘rin.

2011-2012 o‘quv yilida:

Kalonova Dilnoza-2-kurs magistranti-O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiati.