O'zMU » Ma'lumotlar » Xorijlik fuqarolarni o'qishga qabul qilish

Xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassaslarni tayyorlash borasida universitetning 50-yildan ortiq tarixi mobaynida 80 dan ortiq mamlakatlarning 10 mingdan ziyod vakillari universitetimizni tamomlab, tegishli diplomlarni olishga muyassar bo’ldilar.

 

Universitetimiz bitiruvchilari o’z mamlakatlari hamda boshqa horij mamlakatlarida muvaffaqiyatli ishlab kelmoqdalar.

 

Hozirgi kunda O’zbekiston milliy universitetida Germaniya, Rossiya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa mamlakatlar vakillari dars berib kelmoqdalar, hamda taxsil olmoqdalar.

UzMUda horijliy fuqarolarni o’qitishning xususiy shartnoma (XSh) va davlatlararo yo’nalish (DY) shakllari mavjud.

Xususiy shartnoma va dalatlararo yo’nalish asosida maktabni tamomlagan (bakalavriatga), bakalavr daragasiga ega (magistraturaga), magistr darajasiga ega shaxslar o’qishga va stajirovkaga qabul qilinadilar.

O’qishni tamomlagandan so’ng o’quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan, hamda yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o’tgan talabalarga xalqaro namunadagi tegishli diplom beriladi.

Kerakli hujjatlar:

  • o'qishga qabul qilish haqidagi ariza (tanlangan mutaxassislik aniq ko'rsatilgan bo'lishi lozim);
  • pasport (asli va nushasi);
  • ma'lumot haqidagi hujjat (asli va nushasi);
  • sog'ligi haqidagi ma'lumotnoma;
  • VICH infektsiyasi yo'qligi haqidagi ma'lumotnoma;
  • 4 ta rasm.

 

e-mail: int.dep@nuuz.uz

            foreign@nuu.uz 

 

 

Тел/факс:(998)-71-2462242