O'zMU » Ma'lumotlar » Ijtimoiy geografiya, mintaqaviy iqtisodiyot va demografiya kafedrasi

O’zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi O’zbekiston Milliy universtiteti geografiya fakultetining Ijtimoiy geografiya, mintaqaviy iqtisodiyot va demografiya kafedrasi bilan bogliq bo’ldi. Dastlab bu kafedra 1940 yilda  O’rta Osiyoda yakkayu-yagona bo’lgan «Iqtisodiy geografiya» nomida  tashkil topdi. Keyinchalik u «Iqtisodiy va ijtimoiy  geografiya»  (1978 y.) deb yuritila boshlandi. 1998 yildan mazkur kafedra «Ijtimoiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot», 2009 yildan boshlab “Ijtimoiy geografiya, mintaqaviy iqtisodiyot va demografiya”nomi bilan  faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Kafedraning dastlabki mudiri geografiya fanlari nomzodi, dostent V.G. Kuznestov bo’lgan. So’ngra uni g.f.d., professor M.G. Kadek (1941-1945 yy.), g.f.d. professor V.M.Chetirkin (1944-1948 yy.), g.f.n., dostent R.S.Lobach (1948-1954 yy.), g.f.n., dostent N. G. Stapenko (1954-1959 yy.) boshqarib kelgan. 1960-1969 yillar mobaynida kafedra mudirligi vazifasini g.f.n., dostent N.G. Smirnov bajardi.

Maхalliy o’zbek olimlaridan birinchi bo’lib bu kafedraga g.f.d., professor Z.M. Akramov raхbarlik qildi. U kafedra mudiri lavozimida 1969-1984 yillar davomida ishladi, 1984-2009 yilga qadar kafedrani taniqli olim g.f.d., prof. A.S.Soliev boshqarib kelgan. Хozirgi kunda ushbu faoliyatni g.f.n., dost. M. Nazarov bajarib kelmoqda.

Kafedraning ilmiy-pedagogik saloхiyati yuksalishi va o’quv-uslubiy ishlar  rivojlanishida olimlar  G.N.Cherdanstev, A.N.Rakitnikov, O.B. Ota-Mirzaev, T.I. Raimov, A.A.Qayumov, R.A.Щodiev, T.E.Egamberdiev, T.T. Tojimov, S.S.Saidkarimov, S.B.Boqiev, M.R.Bo’rieva, A.M.Sodiqovlarning xizmatlari salmoqli bo’lgan. Хozirgi kunda geografiya хamda   iqtisodyot fanlarining o’zaro uygunlashuvi va rivojlanishi soхasida faoliyat ko’rsatib kelayotgan iqtisod fanlari doktori, professor M.A. Abdusalomovning  хam kafedra nufuzini ko’tarilishiga qo’shgan хissasi kattadir.

Kafedra tarixiga e’tibor bersak, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning eng muхim va dolzarb yo’nalishlari: iqtisodiy rayonlashtirish, sanoat, qishloq xo’jaligi, aхoli geografiyasi, shaхarlar rivojlanishi va urbanizastiya muammolari, ijtimoiy (sostial) geografiyaning turli soхalari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayotgani ko’zga yaqqol tashlanadi. 1998-1999 o’quv yilida respublikada ilk bor prof. A.S.Soliev tomonidan olga surilgan mintaqaviy iqitisodiyot yo’nalishiga bogliq nazariy va amaliy masalalar katta qiziqish bilan o’rganilib kelinmoqda.

So’nggi yillarda, jaхon taraqqiyotiga mos andozalaridan kelib chiqqan хolda, O’zbekistonda хam an’anaviy ilmiy yo’nalishlar paydo bo’ldi. Masalan, aхoliga tibbiy, ta’lim va boshqa soхalarda xizmat ko’rsatish, siyosiy geografiya va geosiyosat, sostial geografiya, turizm va rekreastiya, tibbiy va kasalliklar geografiyasi (nozogeografiya), jinoyatchilik geografiyasi kabilar rivojlanib bormoqda. Ularning barchasida O’zMU «Ijtimoiy geografiya, mintaqaviy iqtisodiyot va demografiya» kafedrasi asosida mustaqillik yillarida shakllangan O’zbekiston milliy iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ilmiy maktabi va unga uyushgan olimlarning хissasi bevosita katta bo’ldi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, mazkur ilmiy maktabning shakllanishi va samarali rivojlanishida ikki katta zabardast olim Ziyovuddin Muxitdinovich Akramov va Abdusami Solievich Solievlar etakchi bo’ldilar.

Iqtisodiy geografiyaning tarixi eng avvalo iqtisodiy rayonlashtirish muammolari bilan bogliq. Mamlakatimiz, xususan O’zMU geografiya kafedrasida iqtisodiy rayonlashtirish masalasi birinchi navbatda tabiiy geografiya, so’ngra qishloq xo’jaligi talab va eхtiyojlarini o’z ichiga oladi. Mana shundan kelib chiqqan хolda, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ilmiy maktabida olib borilgan tadqiqotlar negizida integral, ya’ni asosiy iqtisodiy rayonlarni aniqlashga o’tildi. Bu borada taniqli olimlar V.M. Chetirkin, Z.M. Akramov, A.S.Soliev, O.B. Ota-Mirzaev va boshqalar tomonidan bajarilgan ilmiy yo’nalishlar ilmiy jamoatchilik e’tiborini qozongani ma’lum.

Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ilmiy maktabi asosan ikkita yo’nalishga ega. Ularning biri agrogeografiya (qishloq xo’jaligi geografiyasi) bo’lsa, ikkinchisi aхoli geografiyasidir. Xususan bu yo’nalishlarda shaхarlar rivojlanishi va urbanizastiya jarayonining хududiy  muammolari kengroq o’rganilmoqda.

Yuqoridagi muqim ilmiy yo’nalishlar rivojlanishi o’z–o’zidan O’zbekiston geografiya fanida «Akramov-Solievlarning ilmiy maktabi» degan tushuncha qaror topishiga olib keldi.

Bu ilmiy maktab tez orada nafaqat O’zbekistonda, balki qo’shni respublikalar va boshqa xorij mamlakatlarida хam e’tibor topdi. Mazkur ilmiy maktab, aniqrogi unda etilib, samarali faoliyat ko’rsatayotgan olimlarning xalqaro ilmiy – ijodiy aloqalariga Moskva Davlat universitetining professorlari Yu.G.Saushkin, S.A. Kovalyov, Perm Davlat universiteti professori M.D. Sharыgin, Sankt-Peterburg Davlat universiteti professori A.I. Chistobaev, Qozogiston Milliy universiteti professorlari S.R.Erdavletov va Sh.M. Nadirovlar yuqori baхo berdilar.

Хozirgi kunda kafedrani geografiya fanlari nomzodi, dostent M. I. Nazarov boshqarib kelmoqda.

Nazarov Mamatqodir Ismatilaevich - 20.08.1965. O’zbek. ToshDU geografiya fakultetini bitirgan (1989). Geografiya fanlari nomzodi (1996), dostent.

Nomz. diss.: Qishloq joylarda aхoliga tibbiy xizmat ko’rsatishning xududiy tashkil etilishi (Namangan viloyati misolida). 1996.

Ilmiy faoliyat doirasi: respublika ishlab chiqarish kuchlarini xududiy tashkil etish va rivojlantirish, ijtimoiy geografiya хamda qishloq joylarni kompleks rivojlantirish masalalari.

Asosiy ilmiy ishlari: Iqtisodiy geografik tadqiqot usullari. Ma’ruzalar matni. T., 2000. Tibbiyot geografiyasining nazariy va uslubiy masalalari. O’zR GJ, 19 t., T., 1998. Qishloq joylar sostial geografiyasi. Ma’ruzalar matni. T., 2000. Ijtimoiy geografiya. O'quv qo'llanma. T., 2003(xammualliflikda); Qishloq joylar demografiyasi.T., 2005 (xammualliflikda); O'zbekiston qishloqlari. T., 2009 (xammualliflikda); O'zbekiston hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi. T.,2010 (xammualliflikda) va b.
M.Nazarov ilmiy rahbarligida A.Ibraimova nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan (2012 y.).