O'zMU » Ma'lumotlar » Tabiiy geografiya va geografiya ta'limi metodikasi kafedrasi

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti geografiya fakul'teti tabiiy geografiya va geografiya ta'limi metodikasi kafedrasiga 1920 yili asos solingan,  shu yili O’rta Osiyo davlat universitetning harbiy fakul'tetida Turkiston geografiyasi kafedrasi tashkil etilgan.

1940 yildan boshlab mustaqil ravishda tabiiy geografiya (kafedra mudiri N.L.Korjenevskiy) kafedrasi faoliyat ko’rsata boshladi. O’sha davrlarda tabiiy geografiya kafedrasi a'zolari O’rta Osiyoning ayrim rayonlarini tabiiy geografik tavsiflash, geomorfologik tadqiqotlar olib borishgan.

1943 yili kafedra a'zosi - birinchi o’zbek geografi N.D. Dolimov "Nurota tog’larining kompleks tabiiy geografik xarakteristikasi" mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. N.D.Dolimovning geografiya fanini rivojlantirish, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashdagi xizmatlari katta. Ushbu xizmatlar uchun 1970 yili N.D.Dolimovga "O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi" unvoni berildi.

1940-yillarning o’rtalarida kafedraga taniqli olimlar - O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arboblari, geomorfolog Yu.A.Skvorsov, iqlimshunos L.N.Babushkinlarning ishga o’tishi va chuqur ilmiy izlanishlar olib borishi, "To’rtlamchi davr geologiyasi va geomorfologiyasi" ilmiy maktabining yaratilishiga asos bo’ldi.

1950-1960 yillari kafedra a'zosi H.H.Hasanov geografiya tarixi, toponimika va terminologiya, O’rta Osiyolik sayyohatchilarning geografik merosini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar olib bordi.

1960-yillardan boshlab, O’rta Osiyo tabiatini geografik o’rganish tarixi bilan R.U.Rahimbekov shug’ullana boshladi. 1970 yili uning shu mavzuga oid yirik monografiyasi bosilib chiqdi. Shuningdek, R.U.Rahimbekov Kashkarov-Korovinning O’rta Osiyo ekologiya-geografiya ilmiy maktabini asoslab berdi.

Fakul'tet 1970-yillarga qadar kompleks tabiiy geografik rayonlashtirish muammolari bilan L.N.Babushkin va N.A.Kogay, geomorfologiya va to’rtlamchi davr geologiyasiga oid tadqiqotlar bilan Yu.A.Skvorsov va O.Yu.Poslavskayalar shug’ullanishgan.

Kafedra olimlari N.D.Dolimov, H.H.Hasanov, P.N.G’ulomov va R.U.Rahimbekovlarni ilmiy-ommabop va o’quv adabiyotlarini rus tilidan o’zbek tiliga o’girgan mohir tarjimon sifatida yaxshi bilishgan.

1990-yillarning boshiga qadar kafedrada ilgaridan rivojlanib kelgan asosiy ilmiy yo’nalishlar bilan birga atrof-muhitni muhofaza qilishning geografik asoslari, geografiya tarixi va metodlogiyasi, paleogeografiya, shuningdek, Orol dengizi  muammolari (A.A.Rafikov) bilan bog’liq ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.

Kafedra professori H.H.Hasanov tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 1986 yil 24 fevraldagi 94-son buyrug'i asosida 01.04.1986 yilda geografiya o’qitish metodikasi kafedrasi tashkil etildi. Kafedrani tashkil  etishdan maqsad mamlakatimizda o’rta va oliy geografiya ta'limi metodikasini rivojlantirish, bu sohadagi ilmiy izlanishlarni kengaytirish, pedogogik kadrlar tayyorlashni yaxshilash bo’lgan.

Geografiya o’qitish metodikasi kafedrasi 2005 yili tabiiy geografiya kafedrasi bilan qo’shilib, tabiiy geografiya va geografiya ta'limi metodikasi kafedrasi deb nomlandi.

O’zbekiston Milliy ensiklopediyasining nashr etilishida ham kafedra professor-o’qituvchilari faol ishtirok etishdi. Jumladan, P.N.G’ulomov va Sh.S.Zokirovlar Milliy ensiklopediyaning geografiya bo’limi ta?ririyat a'zosi hisoblanadi. Shuningdek, M.Mamatqulov, I.A.?asanov, O’.Q.Abdunazarov, M.T.Mirakmalovlarning maqolalari deyarli har bir jilddan o’rin olgan.

Kafedra a'zolari fakul'tetda O’zbekiston Geografiya jamiyati bilan hamkorlikda qator xalqaro va respublika miqyosidagi bir qancha ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazildi.

Keyingi yillarda kafedrada qator mablag’ bilan ta'minlangan fundamental, amaliy, innovatsion loyihalar bajarildi. Bu ilmiy mavzularga professor-o’qituvchilar bilan bir qatorda yosh o’qituvchilar, aspirantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar ham jalb etilgan. Kafedrada ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoshlarga alohida e'tibor berilmoqda. Buning natijasi o’laroq, 2007 yili tabiiy geografiya va geografiya ta'limi metodikasi kafedrasi aspiranti P.O.Saidov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga sazovor bo’ldi.

Tabiiy geografiya va geografiya ta'limi metodikasi aspiranti M.Matchonov Xitoyning Uxan' shahrida malaka oshirib qaytdi.

Hozirgi kunda kafedra a'zolari:

Geografiya yo’nalishida:

  • Umumiy Yer bilimi;
  • O’zbekiston tabiiy geografiyasi;
  • Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi;
  • O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi;
  • Toponimika;
  • Geografiya o’qitish metodikasi;
  • Geologiya va geomorfologiya asoslari;
  • Landshaftshunoslik asoslari;
  • Tabiiy geografik tadqiqot usullari;
  • Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari;
  • Geoekologiya;
  • Tabiiy geografiyaning asosiy muammolari;
  • Amaliy geografiya;

Gidrometeorologiya yo’nalishida:

  • Umumiy Yer bilimi va landshaftshunoslik;
  • Geografiya va tabiatshunoslik fanlarini o’qitish metodikasi

Geodeziya, kartografiya va kadastr yo’nalishida:

  • Geografiya;
  • Geologiya va geomorfologiya asoslari

Milliy istiqlol g’oyasi yo’nalishida: Tarixiy o’lkashunoslik va turizm kabi fanlardan dars berishadi.

Shuningdek, umumiy tabiiy geografik o’quv-dala, kompleks, ishlab chiqarish va pedagigok amaliyotlariga rahbarlik qilishadi.

Kafedrada H.H.Hasanov nomidagi "Globus" o’quv-metodika xonasi mavjud. O’quv-metodika xonasida ulkan rel'efli-landshaftli globus o’rnatilgan. Uning og’irligi 490 kg., gorizontal masshtabi 1 sm da 70 km, vertikal masshtabi 1 sm da 2 km. Globus xonasida o’quv mashg’ulotlari o’tkazilishi bilan birga turli uchrashuvlar, suhbatlar uyushtiriladi.


Kafedra a'zolari 2009-2011 yillar mobaynida quyidagi ilmiy ishlarni chop etishdi:

  • Monografiyalar: 2 ta;
  • Darsliklar: 4 ta;
  • O’quv qo’llanmalari: 8 ta;
  • Maqolalar: jami 144 ta,
  • shundan 7 tasi xorijda
  • va 62 ta ilmiy maqolalar; 
  • O’zMEda 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.

 

Hozirgi kunda kafedra professor-o’qituvchilari tarkibi quyidagicha:

1. Mirakmalov M.T. - g.f.n., dotsent, kafedra mudiri.

2. Mamatqulov M. - g.f.d., professor.

3. Sabitova N.I. - g.f.d., professor.

4. G’ulomov P.N. - g.f.n., dotsent.

5. Zokirov Sh.S. - g.f.n., dotsent.

6. Hasanov I.A. - g.f.n., dotsent.

7. Abdunazarov O’.Q. - g.f.n., dotsent.

8. Zaynutdinov A. - g.f.n., dotsent.

9. Saidkarimova Z.S. - g.f.n., dotsent.

10. Yusupov R. - g.f.n., dotsent.

11. Shomuratova N.T. - katta o’qituvchi.

12. Sharipov Sh.M. - katta o’qituvchi.

 

Kafedrada turli yillari meqnat qilib yetishib chiqqan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arboblari:

Yu.A. Skvorsov-g.f.d., professor

L.N. Babushkin-g.f.d., professor

N.D. Dolimov-g.f.n., dotsent

H.H. Hasanov-g.f.d., professor

N.A. Kogay-g.f.d., professor.

 

Tabiiy geografiya va geografiya ta'limi metodikasi kafedrasi mudiri

Mirakmalov Mirali Turonboyevich - geografiya fanlari nomzodi, dotsent, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMU Geografiya fakul'teti Tabiiy geografiya va geografiya ta'limi metodikasi kafedrasi mudiri. 1970 yili Toshkent viloyati Parkent tumanida tug’ilgan. 1992 yili ToshDU (hozirgi O’zMU) geografiya fakul'tetini tugatgan. Mehnat faoliyatini 1996 yili ToshDU (hozirgi O’zMU) geografiya fakul'teti tabiiy geografiya kafedrasi katta laboranti lavozimidan boshlagan, 1997 yildan geografiya fakul'teti geografiya o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi, 1999-2003 yillari geografiya fakul'teti o’quv ishlari b¢yicha dekan muovini, 2005 yildan hozirgi kungacha tabiiy geografiya va geografiya ta'limi metodikasi kafedrasi mudiri.  1998 yili Toshkentda "Tabiiy geografik terminlarning shakllanishida mahalliy (xalq) atamalarining o’rni" mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Asosiy ilmiy yo’nalishi tabiiy geografik terminologiya, toponimika va geografik lingvistika masalalariga bag’ishlangan. Jami 60 dan ortiq ilmiy ishlari mavjud, shundan 1 ta monografiya, 3 ta o’quv qo’llanma, 1 ta o’quv-uslubiy ish muallifidir.