O'zMU » Ma'lumotlar » Quruqlik gidrologiyasi kafedrasi

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Geografiya fakul'teti quruqlik gidrologiyasi kafedrasi mamlakatimizda yagonadir.

Kafedra 1945 yilda professorlar N.L.Korjenevskiy, V.M.Chetirkin, V.L.Shuls, O.P.Sheglova kabi yirik olimlar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ushbu olimlar shu yillarda «Тog`li hududlar gidrologiyasi» ilmiy maktabiga asos soldilar.

O`tgan asrning 50-yillaridan boshlab kafedrada ilk bor geograf-gidrologlar, keyincharoq esa muhandis - gidrologlar tayyorlana boshladi.

O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 1995 yildan boshlab kafedrada Gidrometeorologiya bakalavrlari, 2001 yildan boshlab esa magistrlar tayyorlash yo`lga qo`yildi.

Kafedrada turli yillarda professorlar V.L.Shul's, O.P.Sheglova, V.E.Chub, E.I.Chembarisov, dotsentlar Z.V.Djorjio, R.Mashrapov, P.M.Mashukov, N.K.Lukina, L.I.Shalatova, I.R.Alimuxamedov, A.R.Rasulov, E.M.Videneeva, M.A.Nosirov kabi taniqli olimlar faoliyat ko’rsatganlar.

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi va boshqa tashkilotlarning buyurtmalari asosida kafedrada 2011 yildan boshlab Gidrologiya bakalavrlari tayyorlana boshladi.

Shu kunga qadar kafedrada 1200 dan ortiq muhandis-gidrologlar,  gidrometeorologiya bakalavrlari, hamda 80 dan  ortiq gidrologiya va gidrometeorologiya magistrlari tayyorlandi.  Ulardan 30 dan ortig’i fan doktori, 250 dan ortig’i fan nomzodlari ilmiy darajasiga erishdilar.

O’quv jarayonida Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutining Irrigatsiya va suv muammolari institutidan g.f.d., prof. E.I.Chembarisov, t.f.d. M.A.Yakubov, O’zgidrometdan g.f.d., prof. V.E.Chub, t.f.d., prof. B.K.Tsarev, g.f.d., prof. A.Q.Abdullayev kabi olimlar faol ishtirok etadilar.

Kafedra manzili:

100174, Toshkent, Talabalar shaharchasi,

O’zMU, Geografiya fakul'teti,

Quruqlik gidrologiyasi kafedrasi.

Telefonlar: 246-01-43, 246-43-07

E-mail: hikmatov_f@mail.ru

 

Hikmatov Fazliddin

 Hikmatov F., 1952 yilda tug’ilgan, ma'lumoti oliy, 1974 yilda Toshkent davlat universitetini bitirgan, mutaxassisligi muhandis-gidrolog.

Geografiya fanlari doktori, professor. 150 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, jumladan 2 ta monografiya, 1 ta darslik va 8 ta o’quv qo’llanma.

Oliy ta'limning me'yoriy hujjatlarini tayyorlash va takomillashtirish, o’quv jarayoni holatini o’rganish, ta'lim sifatini tahlil qilish va takomillashtirish hamda bu borada takliflar tayyorlash ishlarida ishtirok etadi.

3 ta bakalavriatura yo’nalishi (5440500-geografiya, 5440600 – gidrometeorologiya va 5841400 - gidrologiya) va 23 magistratura mutaxassisliklari dalat ta'lim standartlarini takomillashtirish ishlarida qatnashgan.

F.Hikmatov tamonidan yuqorida qayd etilgan bakalavriatura yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o’quv rejalari hamda fanlarning namunaviy dasturlari tahlil qilingan, ularni optimallashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Ishchi guruh tarkibida joylarda o’quv-uslubiy jarayonini, ijro intizomi va oliy o’quv muassasalarida me'yoriy huquqiy xujjatlarning bajarilish xolatini o’rgangan, o’quv jarayonini takomillashtirish va sifatini yaxshilash bo’yicha takliflar kiritgan.

Orol dengizi havzasida kechadigan gidrologik jarayonlar qonuniyatlarini tadqiq etish hamda tog’ daryolari muallaq oqiziqlari oqimini miqdoriy baholash usullarini takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan, Davlat ilmiy-texnika dasturining ustuvor yo’nalishlari doirasida bajarilayotgan 2 ta mavzu (OT-F6-062 va ITD-7-013) ning ilmiy rahbari.

Uning rahbarligida 3 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.

Kafedra mudiri lavozimida o’quv sifatini oshirish, kafedraning moddiy - texnika bazasini mustahkamlash, ta'lim va fanning ishlab chiqarish bilan integratsiyasini kengaytirish, zamonoviy pedagogik va informatsion texnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llash, o’quv va o’quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratishga alohida e'tibor qaratdi.

Uning rahbarligida 2 ta bakalaviatura yo’nalishi va 13 magistratura mutaxassisliklarining dalat ta'lim standartlari ishlab chiqildi va takomillashtirildi, O’zgidrometning GIMITIda kafedra filiali faoliyat ko’rsatdi,  2 ta monografiya, 1 ta darslik, 18 ta o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etildi.