O'zMU » Ma'lumotlar » Geografiya fakulteti faxriylari

Mamatqulov Murod - geografiya fanlari doktori, professor,  1932 yili Jizzax shahrida tug’ilgan. 1954 yili Samarqand davlat universitetini tugatgan. Mehnat faoliyatini O’zFA Geologiya institutida boshlagan. Uzoq yillar O’zFA Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi institutida kichik va katta ilmiy xodim, laboratoriya va bo’lim mudiri bo’lib ishlagan. 1985-1989 yillari ToshDU tabiiy geografiya kafedrasi kafedra mudiri, 1989-2001 yillari esa Toshkent davlat pedagogika universitetida kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 2001 yildan hozirgi kungacha O’zbekiston Milliy universiteti geografiya fakul'teti tabiiy geografiya va geografiya ta'limi metodikasi kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. Asosiy ilmiy ishlari geomorfologiya va karstshunoslikka bag’ishlangan. O’rta Osiyo va MDH mamlakatlarida shu sohalarda tanilgan yirik olim.

1982 yili Bokuda “Карст Средней Азии и его морфогенетические типы” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 450 dan ortiq ilmiy ishlari mavjud, shundan  6 ta monografiya, 2 ta darslik va 4 ta o’quv-uslubiy qo’llanma muallifi.

 

G’ulomov Potihkamol Nosirovich-geografiya fanlari nomzodi, dotsent, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq ta'limi xodimi, 1932 yili Toshkent shahrida tug’ilgan, 1955 yili Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Toshkent shahridagi 73-o’rta maktabda geografiya o’qituvchisi lavozimida boshlagan. So’ngra "O’qituvchi" nashriyotida muharrir, O’zbekiston ensiklopediyasi mas'ul ilmiy kotibi bo’lib ishlagan. 1968 yildan ToshDU geografiya fakul'teti tabiiy geografiya kafedra katta o’qituvchisi, keyinchalik dotsenti, 1986-2004 yillari geografiya o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimlarida mehnat qilgan. 2004 yildan hozirgi paytgacha tabiiy geografiya va geografiya ta'limi metodikasi kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Asosiy ilmiy ishlari tabiiy geografiya, geografiya o’qitish metodikasi va toponimikaga bag’ishlangan.

1966 yili Moskvada «Физико – географические процессы на переходной пустынно-оазисной полосе среднего и нижнего течения р.Заравшан» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 550 dan ziyod ilmiy-metodik ishlari nashr qilingan, darsliklar va o’quv-uslubiy qo’llanmalari 20 dan ziyod. Hozirgi kunda umumiy ta'lim maktablarining 2-sinf "Atrofimizdagi olam", 5-sinf "Boshlang’ich tabiiy geografiya" va 7-sinf "Geografiya" darsliklari muallifi va hammuallifi.

 

 Zokirov Shuhrat Solihovich- geografiya fanlari nomzodi, dotsent, 1940 yili Toshkent shahrida tug’ilgan, 1962 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati 1962 yili ToshDU geografiya fakul'teti tabiiy geogarfiya kafedrasi o’qituvchisi lavozimidan boshlagan. 1989-1999 yillari geografiya fakul'teti dekani lavozimida ishlagan. 1972 yili Toshkentda "Prirodno`ye usloviya basseyna r.Axangaran i opo`t ix otsenki dlya tseley sel'skogo xozyaystva" mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Asosiy ilmiy ishlari tabiiy geografiya va landshaftshunoslik masalalariga bag’ishlangan. Ilmiy ishlari soni jami 200 ga yaqin, jumladan 1 ta monografiya 7 ta qo’llanma muallifidir.

Respublikamiz geografiya fani va uni o’qitilishi masalalari, malakali kadrlar tayyorlashga katta hissa qo’shgan, taniqli, yirik landshaftshunos olim.

 

Hasanov Ibrohim Ahatovich - geografiya fanlari nomzodi, dotsent, 1940 yili Toshkent shahrida tug’ilgan, 1963 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati Yuqori Chirchiq tumanidagi 7-o’rta maktab o’qituvchisi lavozimidan boshlagan.

1964 yildan Toshkent davlat universiteti geografiya fakul'teti laboranti, so’ng katta laboranti, kichik ilmiy xodim, 1969 yildan esa O’zFA geografiya bo’limida ishlagan, 1982-1994 yillari shu bo’lim boshlig’i lavozimida mehnat qilgan. 1994 yildan hozirgi kunga qadar O’zbekiston Milliy universiteti geografiya fakul'teti tabiiy geografiya va geografiya ta'limi metodikasi kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.  1982 yili Toshkentda "Metodika otsenki aridno`x PTK dlya oroshayemogo zemledeliya i prognoz ix izmeneniya" mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlangan. Asosiy ilmiy yo’nalishi tabiiy geografiya va  landshaftlarni baholash masalalariga ba?ishlangan. Jami 120 yaqin ilmiy ishlari e'lon qilingan, jumladan 4 ta monografiya, 2 ta uslubiy qo’llanma va 9 ta darslik va o’quv qo’llanmalari muallifi.

 

Zaynutdinov Asomutdin - geografiya fanlari nomzodi, dotsent, 1940 yili Toshkent shahrida tug’ilgan, 1963 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi XTB inspektori lavozimidan boshlagnan. 1973 yildan Toshkent davlat universiteti geografiya fakul'teti muhandisi, katta ilmiy xodimi, tabiiy geografiya kafedrasi o’qituvchisi, katta o’qituvchisi, so’ngra dotsenti lavozimlarida ishlab kelmoqda. 1990 yili Toshkentda "Rol' noveyshix tektonicheskix dvijeniy v formirovanii prirodno`x usloviy Pritashkentskogo rayona" mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Asosiy ilmiy ishlari tabiiy geografiya, neotektonika, landshaftshunoslik va geografiya ta'limi metodikasiga bag’ishlangan.  Jami 100 dan ortiq ilmiy ishlari e'lon qilingan, shundan 1 ta darslik va 3 ta o’quv qo’llanma muallifidir.