O'zMU » Ma'lumotlar » Biologiya fakulteti

BIOLOGIYA FAKULTETINING TARIXI VA TARKIBI
    Biologiya fakulteti Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibidagi eng keksa, obro‘li va nufuzli o‘quv maskanlaridan biri hisoblanadi. Fakultet va uning kafedralari o‘tgan asrning 30-yillarigacha fizika-matematika fakultetining bo‘limi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 1931 yildan boshlab esa universitetda alohida Biologiya fakulteti tashkil etilgan.
    Biologiya fakulteti tarkibida xozirgi kunda 7 kafedra, 4 ilmiy laboratoriya, resurs markazi, kutubxona va o‘quv zali mavjud. Fakultet qoshida g‘o‘za genetik liniyalarining dunyoda yagona kolleksiyasi va Zoologiya muzeyi tashkil etilgan. Zoologiya muzeyining kolleksiyasi fondiga 22 mingdan ortiq 600 turga mansub qushlar, 1,5 ming sut emizuvchilar namunasi, 700 dona qushlar uyasidan olingan tuxumlar va katta miqdordagi xasharotlar namunalari kiradi. 
Fakultet tashkil etilgandan beri Mustaqil O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari ilmiy muassasalari, tibbiyot maskanlari, xalq ta’limi va xalq xo‘jaligi uchun 12 mingdan ortiq oliy ma’lumotli etuk biolog, ekolog, bioinformatik va tuproqshunos-agrokimyogar bakalavr va magistrlar tayyorlaydigan respublikadagi etakchi fakultetlardan biri hisoblanadi.
BIOLOGIYA FAKULTETIDA FAOLIYAT KO‘RSATAYOTGAN KAFEDRALAR:
«Biokimyo va tizimli biologiya » kafedrasi
«Fiziologiya va neyrobiologiya» kafedrasi
«Mikrobiologiya» kafedrasi
«Biotexnologiya» kafedrasi
«Genetika va va kampyuterli biologiya» kafedrasi
«Zoologiya» kafedrasi
«Botanika» kafedrasi
«Tuproqshunoslik» kafedrasi
«Ekologiya va evolyusion» biologiya
KAFEDRALAR FAOLIYATI
     Biologiya fakultetining Biokimyo kafedrasi 1962 yilda tashkil topgan bo‘lib, “Biokimyo” yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi kafedra hisoblanadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari "O‘simlik tabiatli biologik faol birikmalarning hujayra metabolizmiga ta’sir mexanizmini o‘rganish", “O‘simliklarda fosfor metabolizmi, xususan fosfolipidlar metabolizmini o‘rganish” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Biologiya fakultetining Biofizika kafedrasi O‘zbekistonda biofizika maktabining ilk qadamlari
      1962 yili biokimyo va biofizika kafedrasining ochilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu davrda professor YAlkin Xolmatovich Turakulov (keyinchalik O‘zR FA akademigi) biofizika bo‘yicha umumiy kursni o‘qishni boshlagan. Mazkur  kafedrada 1963 yili O‘zbekiston biofizika maktabining asoschisi Bekjon Oybekovich Toshmuhamedov o‘zining ilmiy va pedagogik faoliyatini boshlagan. 1979 yili biokimyo va biofizika kafedrasi ikkita mustaqil kafedra: biokimyo kafedrasi va biofizika va atrof-muhit muhofazasi kafedralariga ajralgan. 1988 yili biofizika kafedrasining biotexnologik guruhi (prof. M.M. Raximov rahbarligida) asosida  biotexnologiya va hujayra biologiyasi kafedrasi tashkil topgan, biofizika va atrof-muhit muhofazasi kafedrasi esa biofizika kafedrasiga o‘zgargan.  
Hozirgi kunda biofizika kafedrasining professor-o‘qituvchilari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar olib boradilar:
Biologik membranalar orqali ionlar tashilishi o‘rganish;
     Turli patologik holatlarda lipidlarning perekisli oksidlanishi va fosfolipazalar faolligining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish;
Past chastotali elektr magnit maydonining o‘simlik va mikroorganizmlarga  boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatish mexanizmini  o‘rganish;
Fiziologiya va  neyrobiologiya  kafedrasiga 1929 yili asos solingan.  Ana shu sanadan boshlab 1962 yilgacha kafedraga atoqli olim Antoniy  Ivanovich Izrael rahbarlik qilgan. U odam va hayvonlarning respublikamizning issiq va tog‘ iqlimiga fiziologik moslashuvi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. Keyinchalik uning tadqiqotlarini shogirdlari davom ettirib kengaytirganlar. A.I.Izrael O‘zbekistonda ekologik fiziologiya ilmiy yo‘nalishining asoschisi hisoblanadi. Uning ekspeditsiyalardagi kuzatuvlari natijasida kafedraning yangi yo‘nalishi – “Hayvonlarni turli sug‘orish va suvsizlik rejimlarining organizmning fiziologik funksiyalariga ta’siri” yo‘nalishi paydo bo‘lgan. Keyinchalik A.I.Izrael yaratgan iqlimning fiziologik tiplari nazariyasiga muvofiq ravishda hayvonlarni saqlashning texnik sharoitlariga qarab ular atrofida yaratiladigan fiziologik rejimlar o‘rganila boshlangan.  
     1962-1975 yillarda odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasini biologiya fanlari doktori, professor Antonina Stepanovna SHatalina (1898 - 1975) boshqargan. Ushbu yillarda oshqozon osti bezining normal va patologik fiziologiyasi, endokrinologiya va  sport fiziologiyasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. 
1976 yildan 1990 yilgacha kafedrada ekologik-fiziologik yo‘nalishdagi tadqiqotlar olib borilgan. 1986 yili kafedraga biologiya fanlari doktori B.Z.Zaripov rahbarlik qila boshlagach,  kafedrada yangi mavzu - «Hayvonlar organizmida hazm-transport jarayonlarining fiziologiyasi” rivojlana boshladi va bunda ham ekologik yo‘nalish saqlanib qoldi.
       1994 yildan boshlab 2006 yilgacha kafedraga professor K.T. Almatov  rahbarlik qildi va uning kafedrada olib borayotgan tadqiqotlariga muvofiq ravishda yangi yo‘nalish - «Me’yorida va patologik holatlarda to‘qima mitoxondriyalari va qonning shaklli elementlari, hamda membranalarning lipolitik fermentlarining tuzilishi va funksiyalarini tadqiq qilishning fundamental jihatlari” yo‘nalishi shakllandi. 
2006 yildan boshlab 2012 yilgacha kafedra mudirlik qilgan Kuchkarova Lyubov Salidjanovna (1953) kafedrada hazm va ovqatlanish fiziologiyasini rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. 
      Hozirgi kunda fiziologiya va neyrobiologiya kafedrasining professor-o‘qituvchilari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar olib boradilar:
Fiziologik faol birikmalar ta’sirining hujayra ichidagi mexanizmlarini o‘rganish;
Tabiiy va sun’iy biologik va faol birikmalarning o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir mexanizmini o‘rganish;
Norma va patologiyada hujayralarning energetik statusini o‘rganish;
Biologik faol moddalarning organizmdagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga ta’sirini o‘rganish;
hazm-transport konveyerining  muhit sharoitiga qarab shakllanishini o‘rganish;
odam va muhitning trofik o‘zaro bog‘liqligi.
    Biologiya fakultetining Mikrobiologiya kafedrasi 1938 yili Toshkent Davlat Universitetda akademik Raykova Ilariya Alekseevna tomonidan “Tuban o‘simliklar” kafedrasi tashkil qilindi. 
      1940 yildan boshlab kafedraga prof.Golovin Petr Nikolaevich raxbarlik qildi va mikologiya yunalishi bo‘yicha kadrlar tayorlashni boshladi. 
1956 yilda dotsent Elkina Olga Grigorevna kafedrada mikrobiologiya yo‘nalishini ochdi va mazkur yo‘nalishni quyidagi dotsentlar rivojlantirib keldilar: Musaev Karim YUsupjalilovich, Axmedova Farida Gubaydulina, Nizametdinova YArisa Fatixovna, Mansurova Mamlakat Lulfullaevna, Muzafarova Ilmira Akmalovna, Kondrat’eva Evgeniya Vasilovna, Tojiboev SHarofiddin, Ibodov Komil. 
1989 yil prof. Raximov Mirzaatxam Mirzaxakimovich Biotexnologiya kafedrasini tashkil qildi va ushbu yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayorlana boshladi.
1990 yildan Mikrobiologiya kafedrasini prof. Vaxobov Afdurasul Xakimovich boshqardi.
2005 yilda Mikrobiologiya va Biotexnologiya yo‘nalishlari o‘zaro birlashtirilib,   “Mikrobiologiya va biotexnologiya” kafedrasi deb nomlana boshladi. Kafedrani prof. M.M.Raximov boshladi. 2014 yildan boshlab dots. D.T.Mirzaraxmetova kafedrani boshkarib kelmokda. Kafedrasida «biologiya» yo‘nalishi hamda «Biotexnologiya» va «Mikrobiologiya va virusologiya» mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Kafedra professor-o‘qituvchilari “Toshkent shahri va viloyati sharoitida antropagen omillarni hisobga olgan holda mikrobiotsenozlarni o‘rganish va mikrorganizmlarning fermentativ faolligini aniqlash” va “Geterogen sistemalarda fermentlarning kataliz jarayonlarini o‘rganish” bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Xozirgi kunga keli Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi 2 ga bo‘lindi.
      Mikrobiologiya kafedrasini mudiri Jo‘raeva Umida Mirkomilovna.
Biotexnologiya kafedrasini mudiri  dots. D.T.Mirzaraxmetova.
Biologiya fakulteti “Genetika va kampyuterli biologiya” kafedrasi  1920 yilda tashkil topgan bo‘lib, Genetika yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi kafedra hisoblanadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari  «Genetika priznakov morfologicheskix markerov, vsokogo i kachestvennogo urojaya volokna i skorospelosti, a takje immuniteta xlopchatnika k boleznyam i entomovreditelyam ssselyu razrabotki metodov povsheniya effektivnosti markernoy seleksii»,  «Razvitiessitogeneticheski markirovannx liniy dlya xromosomnogo kartirovaniya genoma xlopchatnika  mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Biologiya fakulteti Zoologiya kafedrasi 1920 yilda dastlab ikkita – Umurtqasizlar zoologiyasi va Umurtqalilar zoologiyasi kafedralari  sifatida tashkil topgan. Zoologiya kafedrasi 2005 yil Umurtqasizlar zoologiyasi O‘IM (O‘quv ilmiy markaz)i va Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasining qo‘shilishidan tashkil topgan. 
Umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasi 1920 yilda A.L Brodskiy tashabbusi  bilan tashkil etilgan. 1920 yildan 1941 yilgacha kafedraga A.L Brodskiy rahbarlik qilgan. 
1941 - 1986 yillar Umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasiga b.f.d., prof. A.T. To‘laganov rahbarlik qilgan.   
1986-1997 yillarda Umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasiga b.f.n. prof. Z.N.Norboev rahbarlik qilgan. 
1998-2005 yillarda Umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasiga b.f.n. dots. B.A.Mo‘minov raxbarlik qilgan. 
Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasi 1920 yilda prof. D.N.Kashkarov tomonidan tashkil qilingan. 
1935-1981 yillardan Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasiga  prof. T.Z.Zoxidov rahbarlik qilgan. 
1981-2005 yillarda kafedraga b.f.d. prof. I.K.Kodirov rahbarlik qilgan. 
Kafedrada 5140100-Biologiya bakalavriatura yo‘nalishi, 5A140101-Biologiya (Zoologiya) va 5A140103-Ixtiologiya i gidrobiologiya mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar tahsil oladi.
          Kafedra “O‘zbekiston hayvonot olami bioxilma-xilligi va uni asrash muammolari” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Kafedra tarkibida Zoologiya muzeyi va Ornitologiya kolleksiyasi va talabalarning "Fazianus"klubi mavjud.
Biologiya fakultetining Botanika kafedrasi 2005 yilda dastlab “Botanika ilmiy markazi” va “O‘simliklar fiziologiyasi” kafedrasining negizida “Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi” kafedrasi, so‘ngra 2012 yilda “Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi” va “Ekologiya ” kafedralarining negizida “Botanika, o‘simliklar fiziologiyasi va ekologiya” kafedrasi tashkil topgan bo‘lib, “Biologiya”, “Ekologiya” yo‘nalishlari va “Botanika”, “O‘simliklar fiziologiyasi” mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi kafedra hisoblanadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari “G‘arbiy Tiyon-SHon o‘simliklar qoplami”, “G‘o‘zada fosfor-mineral almashinuviga noqulay muhit omillarini ta’siri”, “Kasal va sof o‘simliklarda mikro elementlar almashinuvi”, “O‘simliklarning qurg‘oqchilik sharoitiga moslashish yo‘llarini tizimli taxlil asosida o‘rganish”, “SHahar muhitida manzarali va mevali o‘simliklarni ekologiyasini o‘rganish va rayonlashtirish”, “Muborak gazini qayta ishlash zavodini o‘simliklarga ta’sirini ilmiy asoslash”, “Respublika sharoitidagi texnogen erlarda buzilgan ekosistemalarni qayta tiklash”, “O‘simliklarning sho‘rga chidamliligini ilmiy asoslash va tuproqni tuzsizlantiruvchi istiqbolli o‘simliklarni o‘rganish”, “O‘zbekiston ruderal va adventiv florasi” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Biologiya fakultetining Tuproqshunoslik kafedrasi 1937 yilda tashkil topgan bo‘lib, “Tuproqshunoslik” ta’lim yo‘nalishi va “Tuproqshunoslik” va “Eksperimental agrokimyo” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi kafedra hisoblanadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari "O‘zbekiston tuproqlari genezisi, geografiyasi, evolyusiyasi, agromeliorativ xossalari, uni tiklash, saqlash, unumdorligini oshirish yo‘llari va muhofazalash" mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
YO‘NALISH, MUTAXASSISLIK VA IXTISOSLIKLAR 
BAKALAVRIAT – o‘qish muddati – 4 yil.
Yo‘nalishlar:
5140100-Biologiya
5141000-Tuproqshunoslik
5630100-Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (fan va ta’lim)
MAGISTRATURA – o‘qish muddati – 2 yil
Mutaxassisliklar:
5A140101 Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha)
5A140102 Mikrobiologiya va virusologiya
5A140103 Ixtiologiya va gidrobiologiya
5A140104 Biotexnologiya
5A140105 Biofizika
5A140106 Biokimyo
5A140107 Genetika
5A141001 Tuproqshunoslik (tadqiqot turlari)
5A141002 Eksperimental agrokimyo
KATTA ILMIY XODIM IZLANUVCHI – o‘qish muddati – 3 yil
Ixtisosliklar:
03.00.08 Fiziologiya cheloveka i jivotnx
03.00.01 Biokimyo, biofizika i radiobiologiya
03.00.05 Zoologiya
03 00 14 Pochvovedeniya
03.00.12 Biotexnologiya
03.00.04 Mikrobiologiya va virusologiya
HAMKORLIK ALOQALARI
     Biologiya fakulteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O.S.Sodiqov nomli Bioorganik kimyo instituti, O‘simliklar moddalari kimyosi instituti, Mikrobiologiya instituti, Toshkent Tibbiyot akademiyasi, YUqori texnologiyalar Markazi,  Respublika Ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot Markazi, Respublika Onkologiya Markazi bilan ilmiy hamkorlik, O‘z FA KSXV "O‘zpaxtasanoat" uyushmasi koshidagi Genomika va bioinformatika markazi, O‘zMU O‘zbekiston “Ipakchilik”ITI o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot sohalari bo‘yicha hamkorlik shartnomalariga ega. Immunalogiya O‘zR FA ITI, Genetika O‘zR FA o‘simliklar ekspremental biologiyasi ITI, O‘zR Qishloq va suv xo‘jalik vazirligi ilmiy-tadqiqot markazi chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik ITI stansiyalari, O‘zbekiston qushlarni ximoya qilish jamiyati,  O‘zbekiston tabiatni muxofaza qilish qo‘mitasi, CHexiya agrar universiteti, Polshaning Varshava universiteti, Moskva davlat universiteti,  Dokuchaev nomidagi Tuproqshunoslik instituti, Oltoy Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti kabi xorij xamda  O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zR Ergeodezkadastr davlat qo‘mitasi Tuproq bonitirovkasi sho‘‘ba korxonasi, Toshkent davlat agrar universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Toshkent irrigatsiya va mexanizatsiya instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, O‘zbekiston moyli va tolali ekinlar tajriba stansiyasi, UzGidromet, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari fermer xo‘jaliklari va boshqa maxalliy OO‘YU va ilmiy tashkilotlari bilan kadrlar tayyorlash, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot sohalari bo‘yicha hamkorlik shartnomalariga ega. Bundan tashqari Sirojiddinov nomli Akademik litsey, ToshPTI qoshidagi 1 son Akademik litsey, Olmazor tumanidagi Toshkent Tibbiyot kolleji, P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kolleji, Ikkinchi Respublika tibbiyot kolleji bilan kadrlar tayyorlash, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot sohalari bo‘yicha hamkorlik, Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi akademik litsey bilan kadrlar tayyorlash xamda 249-maktab,  SHayxontoxur tumanidagi 169-maktab, 243-maktab, 102-maktab o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot sohalari bo‘yicha hamkorlik shartnomalariga ega.
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI

Fakultetda fan doktori: 25
Fakultetda fan nomzodi: 37
Fakultetda fan o‘qituvchi: 25

 

 

 

 

 Biologiya fakulteti dekani

 Piraxunova Farida Nurmamatovna

 elektron pochta: bio[@]nuu.uz

 tel: 227-15-44

 

   Fakultet saytiga o'tish

 


 


 

 


 

 

Bakalavr yo‘nalishi (4 yil) Magistratura mutaxassisligi (2 yil)

 

Yo‘nalish shifri 

Ta’lim sohasi 

Mutaxassislik shifri 

Ta’lim sohasi 

Yo‘nalishlar nomlari 

Mutaxassisliklar nomlari 

5140100 

Biologiya

5A140101

Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha)

5A140102

Mikrobiologiya va virusologiya

5A140103

Ixtiologiya va gidrobiologiya

5A140104

Biotexnologiya

5A140105

Biofizika

5A140106

Biokimyo

5A140107

Genetika

 

5141000 

Tuproqshunoslik

5A141001

Tuproqshunoslik (Tadqiqot turlari)

 

5A141002

Eksperimental agrokimyo

5630100 

  Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (fan va ta’lim)

 

 

 

 

2015-2016-yil talabalar  stipendiyasi miqdori

 

2015-2016-yil talabaning 1 yillik o'qitish miqdori