O'zMU » Ma'lumotlar » Genetika va sitoembriologiya kafedrasi

Kafedra 1920 yili Turkiston universiteti Botanika kafedrasining Sitologiya bo’limi bo’lib tashkil etilgan. Kafedraedra mudiri prof. Baranov Pavel Aleksandrovich.

1925 yil O’simliklar morfologiyasi va biologiyasi kafedrasi.

1938 yil O’simliklar morfologiyasi va anatomiyasi kafedrasi.

1945 yil Darvinizm va seleksiya kafedraedraedrasi. Kafedra mudiri prof. Raykova. Ilariya Alekseevna.

1950 yil Darvinizm va genetika kafedrasi. 

1961-1982 yillar Darvinizm, genetika va eksperimental morfologiyasi Kafedrasi.

1974 yil Kafedraedra qoshida “G’o’za xususiy genetikasi” laboratoriyasi tashkil etildi. Lab mudiri prof  Musaev Jo’ra Azimbaevich.

1982-1988yillari kafedra mudiri dots. Abzalov Miratxam Fuzalievich.

1989 yilda Genetika kafedrasi (prof J.A.Musaev) O’simliklar sitoembriologiyasi (prof.  Tursunov Jo’ra Yusupovich) bilan qo’shilib “Genetika va sitoembriologiya” kafedrasi deb nomlandi. Kafedra mudiri prof J.A.Musaev.

1990-2011 yilga qadar Genetika va sitoembriologiya  kafedrasi. Kafedra mudiri prof D.A.Musaev., dots. Saidkarimov Avitsenna To’ktamishovich.

 2011 yil  kafedra mudiri dots.Raximov Atanazar Karimovich.

 

Kafedrada ko’p yillar ishlagan professor o’qituvchilar- dotsentlar: Z.M.Pashenko, R.B.Azizov, Z.M.Murodov, Z.V.Nikolaeva, N.B.Bikov, D.M.Rustamova.

 

Kafedra strukturasi

Kafedra qoshida Go'za genetikasi va genetik kolleksiya ilmiy tadqiqot laboratoriyasi (1974 y) va Genetikа o'quv ilmiy markazi (1992 y) tashkil etilgan. Go'za genetik kolleksiyasi

 

Kafedraning hozirgi ilmiy faoliyati

         Asosiy ilmiy yo’nalishlari:

  • G’o’zaning sifat va miqdoriy belgilari genetikasining fundamental muammolari;
  • G.hirsutum L. g’o’za turning izogen,mutant, introgressiv va sitogenetik liniyalari genetic kolleksiyasini yaratish yangilash, boyitish va o’rganish;
  • Go’o’zaning marfogenetik,qimmatli –xo’jalik belgilari hamda adaptivligini irsiylanishi va genetic determinatsiyasining o’rganish asosida hosildorligini va tola sifatini oshirishning genetik asoslarini ishlab chiqish;
  • Kafedra qoshidagi Genetika o’quv-ilmiy markazi doirasida genetika sitoembryalogiya, molekulyar genetika, xamda klassik genetika soxalaridagiilmiy tadqiqotlar.

 

Latipova Elvira Azatovna

Mazkur lavozimda 2011 yilning 15 dekabrdan. Latipova E.A. 1975 yilda 5 iyunda Toshkent shaxrida to’gildi. 1998 yili  Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetini “biologiya” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

1999-2001 yillarda aspiranturaning kunduzgi bo’limi 03.00.05-Botanika mutaxassisligida taxsil oldi. 2005 yilda O’zRFA genetika va o’simliklar eksperemental biologiyasi institute  ilmiy kengashida nomzodlik disertatsiyasini ximoya qildi.

1997-2009 yillarda O’zR FA Genetika va UEB institutida katta laborant, keyinchalik katta va kichik ilmiy xodim bo’lib ishladi.

1998-2001 yillari Toshkent avtomobil yo’llar institutining Ekalogiya kafedrasida asistent lavozimida ish faoliyatini yuritdi.

2008-2009 yillarida Toshkent farmoseftika institutining Botanika, fizyalogiya va mikrobiologiya kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ish yuritdi.

2009 yildan boshlab E.A.Latipova O’zMU Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti, genetika va sitoembryalogiya kafedrasida asistent, katta o’qituvchi lavozimida ishladi. Xozirda Genetika va sitoembryalogiya kafedrasining mudiri v.b. lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda.

E.A.Latipova 20 dan ortiq ilmiy asarlar, jumladan 1 ta o’quv-uslubiy qo’llanma muallifi.

Genetika mutaxassisligi bo’yicha tuzilgan ishchi dasturga o’zgartirishlar kiritdi. O’quv jarayonida zamonaviy pedagogic texnalogiyalardan umumli foydalanadi.

2009-2011 yillarida M.Ulugbek nomidagi O’zMUning Oliy pedagogika  institutida 3 ta fan –“O’qitish uslubiy va OO’YUda zamonaviy pedagogic texnalogiyalardan foydalanish”, “Biologiya fani” va Axborot kamunikatsiya texnalogiya”lari bo’yicha malaka oshirish kurslarini tamomlagan.

Hayvon organizmlariga ekotoksikantlarning tasirini o’rganish sohasida ilmiy ish olib bormoqda, ta’limni fan bilan integratsiyasini kengaytirmoqda.