O'zMU » Ma'lumotlar » Zoologiya va ixtiologiya kafedrasi

Dastlab 1920 yilda ikki kafedra umurtqasizlar zoologiyasi hamda umurtqalilar zoologiyasi tashcil topgan. Ularni tashkil etilishida rus olimlari professorlar Avraam Lvovich Broodskiy va Daniil Nikolayevich Kashkarovlarni hizmatlari kattadir.

Bu ikki kafedra tarixi o’zaro chambarchas bog’liqdir. Umurtqasizlar zooologiyasi kafedrasiga 1920-1943 yillarda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi professor Avraam Lvovich Broodskiy rahbarlik qilgan, 1943-1986 yillarda Davlat mukofoti sohibi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, akademik Axror To’laganovich To’laganov rahbarlik qilgan, 1986-1997 yillarda professor Zarif Norboyevich Norboyev mudirlik qilgan. 1998-2006 yillarda dotsent Boqijon Alimovich Mo’minov rahbarlik qilgan.

Umurtqalilar zooologiyasi kafedrasiga 1920-1936 yillarda professor Daniil Nikolayevich Kashkarov rahbarlik qilgan, 1936-1980 yillarda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi akademik Tesha Zoxidovich Zoxidov, 1981-2010 professor Erkin Qodirovich Qodirov rahbarlik qilgan. 2010 yildan kafedraga dotsent Abdurahmonova Gulnora Abdurahmonovna rahbarlik qilib kelmoqda.

Abduraxmonova Gulnora Abduraxmonovna 16.10.1959 sanada tugilgan, millati o’zbek. 1992-yilda Toshkent Davlat universiteti, Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti, Umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasini bitirgan. Nomzodlik dissertatsiyasi “G’o’za-beda agrosenozlari fitonematodalari biosenotik kompleksini shakillanishiga agrotexnik omillarning ta’siri” (2004).

Ilmiy faoliyati: zoologiya, fitogelmitologiya, fitonematodalar sistematikasi, biologiyasi, ekologiyasi, tuproq nematodalari biosenotik kompleksini shakillanishiga turli faktorlarning ta’siri.

Kafedrada hozirgi kunda bakalavriatni biologiya va ixtiologiya yo’nalishlari talabalari tahsil oladi. Ularga kafedraning tajribali professor-o’qituvchilari zoologiya, gistologiya, odam anatomiyasi, individual taraqqiyot biologiyasi, ixtiologiya, umumiy parazitologiya va boshqa fanlardan bilim berishmoqda. Shu bilan bir qatorda kafedrada magistraturaning zoologiya, ixtiologiya, parazitologiya, biologia kabi mutaxassisliklari mavjutdir.  Kafedrada 03.00.08 – zoologiya mutaxassisligi bo’yicha asperantura va doktorantura bor.

O’tgan davrda va hozirgi kunda kafedra olimlari O’zbekistonda zoologiya fanini rivojiga katta xissa qo’shib kelmoqda. Ilmiy ishlar entomologiya, fitogelmintologiya, ornitologiya, gistologiya, tuproq biologiyasi, ixtiologiya, gidrobiologiya kabi yo’nalishlarda olib borilmoqda.

         Hozirgi kunda kafedrada O’zbekistonda hayvonot dunyosini biohilma-xilligini o’rganishga bag’ishlangan bir nechta mavzu ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Bulardan hasharotlar, qushlar, fitonematodalar bo’yicha olib borilayotgan tadqiqotlar e’tiborga loyiqdir.

         Kafedra qoshida o’tgan asrni 20 yillarida asos solingan zoologiya muzeyi, ornitologik kollekciya faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Muzeyda kafedra hodimlari va talabalari tomonidan tayyorlangan 23500 dan ziyod eksponatlar saqlanmoqda. Ayniqsa qushlarning noyob ornitologik kolleksiyasi dunyoning ko’plab olimlarini o’ziga e’tiborini qaratib kelmoqda.

         O’zR FA hamda tarmoq ilmiy-tekshirish institutlari bilan uzoq yillardan beri hamkorlik a’loqalari o’rnatilgan. Jumladdan O’zR FA Zoologiya institutida kafedra filiali mavjud. Shu bilan bir qatorda O’zbekistonning viloyatlaridagi universitetlarni turdosh kafedralari bilan o’zaro hamkorlik a’loqalari yaxshi yo’lga qo’yilgan.

 

         Kafedra tarkibi:

  1. Dotsent Abdurahmonova Gulnora Abdurahmonovna – kafedra mudiri
  2. Dotsent Muxsimov Fayzulla Abdullayevich
  3. Dotsent Mo’minov Boqijon Alimovich
  4. Dotsent Eshova Xolisa Saidovna
  5. Dotsent Sodikova Sayyora Atabayevna
  6. Dotsent Rahimov Matnazar Shomurodovich
  7. Dotsent Karayev Ruslan Mixaylovich
  8. Dotsent v.b. Kuzmetov Abdulaxmet Rayimberdiyevich
  9. Katta o’qituvchi Ataxodjayev Alisher Abdulatifovich
  10. Assistent Raxmonva Laylo Abduraxmonovna
  11. Assistent Ibragimov Qaxramon Saparbaevich
  12. Assistent Mirzaboyev Akrom Berdiboyevich
  13. Assistent Choriyeva Sofiya Choriyevna

Bulardan tashqari kafedrada o’rindoshlik asoosida akademik J.A.Azimov, professorlar I.M.Mirabdullayev, O.V.Mitropolskiy, A.Sh.Hamrayev, S.D.Dadaev mahsus fanlardan dars berib, magistrlik va nomzodlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilib kelishmoqda.