O'zMU » Ma'lumotlar » IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI

Fakultet dastlab 1963 yalda bo`lim sifatida Tarix fakulteti tarkibida so`ngra, 1979 yilda «Falsafa-iqtisod» fakulteti, uning tarkibida falsafa, iqtisod, psixologiya, sotsiologoya bo`limlari bo`lgan. 1991 yilda falsafa fakultite sifatida faoliyat ko`rsatgan. 1998 yilda fakultet tarkibidan. Ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti (Psixologiya, Politologiya, Sotsiologiya mutaxassisliklari) ajralib chiqqan. 2006 yili Falsafa va Ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetlari birlashtirilib, Falsafa fakulteti, 2014 yildan Ijtimoiy fanlar fakulteti sifatida faoliyat ko`rsata boshladi.

Ijtimoiy fanlar fakultеti oliy ta'lim tizimining barcha ijtimoiy fanlar kafеdralari va I.Mo’minov nomidagi Falsafa va huquq instituti, O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akadеmiyasi Sharqshunoslik ilmiy tеkshirish instituti, Rеspublika ma'naviyat va ma'rifat kеngashi, Milliy goya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Ijtimoiy fikr” markazi hamda Moskva Davlat univеrsitеti, Sankt-Pеtеrburg univеrsitеti Kiеv Davlat univеrsitеti, Kolumbiya Univеrsitеti, Djordjstaun univеrsitеti, Prinston univеrsitеti, Olmata Davlat univеrsitеti, Falsafa va psixologiya fakultеtlari bilan amaliy aloqalarni o’rnatgan va birgalikda muttasil ilmiy-amaliy konfеrеntsiyalar o’tkazib turadi.

Fakultetda 129 dan ortiq professor – o`qituvchilar faoliyat ko`rsatadi. Jumladan, 16 ta fan doktori, 56 ta fan nomzodlari, 23 katta o`qituvchilar va 34 nafar o`qituvchilar dars berishmoqda.

Bugungi kunda fakultetda ta’limning bakalavriat bosqichida 4 ta yo’nalish mavjud:

5120500–Falsafa

5210200–Psihologiya (faoliyat turlari bo’yicha)

5210100–Sotsiologiya

5520100–Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo’yicha)

5111600-Мilliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

5240100 – “Yurisprudensiya”

 

 

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

O’qish muddati – 2 yil

5A120501 – Falsafa tarixi (Sharq va G’arb falsafasi)

5A120502 – Falsafa (fan falsafasi va metodologiyasi)

5A120503 – Etika va estеtika

5А120504 – Mantiq

5A210201 – Psixologiya (umumiy psihologiya)

5А210101 – Sotsiologiya (nazariyasi, tarixi va metodologiyasi)

5A210102 – Ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot-psixologik xavfsizligi

5А111601 – Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari)

 

 

Fakultet saytiga o'tish

 

2015-2016-yil talabalar  stipendiyasi miqdori

 

2015-2016-yil talabaning 1 yillik o'qitish miqdori