O'zMU » Ma'lumotlar » Dunyoqarashlar dialogi: ayol va jamiyat taraqqiyoti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 dekabrdagi 868-F-sonli Farmoyishiga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining San’atshunoslik instituti va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2014 yil 5 martda “DUNYOQARASHLAR DIALOGI: AYOL VA JAMIYAT TARAQQIYOTI” mavzusida Respublika ilmiy - nazariy konferensiyasini o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Konferensiyada respublika davlat va boshqaruv organlari, nodavlat notijorat tashkilot vakillari, barcha oliy o‘quv yurti, ilmiy tadqiqot institutlari professor-o‘qituvchilari, xodimlari, katta ilmiy hodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va yosh mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.

 

Konferensiya quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:

 

1-sho‘ba: Jamiyat taraqqiyotiga oid muammolarni echishda ayollar dialogi (iqtisod, siyosat, fan, ta’lim, axborot texnologiyalari).

2-sho‘ba: Ayollar jamoat tashkilotlarining fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi roli.

3-sho‘ba: XXI asr etakchilarini tarbiyalash va tayyorlashda ayollarning roli.

4-sho‘ba: Ommaviy axborot vositalarida ayollar muammolarining yoritilishi 

 

Konferensiyaga maqola va tezislar 2014 yil 10 fevralga qadar qo‘yidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 400-o‘y (O‘zMUning Huquqshunoslik, Xorijiy filologiya va Falsafa fakultetlari joylashgan bino, 5-qavat, dekanat), ma’lumot uchun telefon: (+99871)246-67-72, (+99893) 588-38-08, konferensiya koordinatori X.Soqiev. hurshid_s@inbox.ru 

 

 

Maqolalarni rasmiylashtirish tartibi:

Maqola va tezislar o‘zbek va rus tillarida, hajmi 4 betgacha tayyorlanishi mumkin. Matn Microsoft Word muharririning Times New Roman shrifti RTF formatda, xarflar 14 shrift, satrlar orasi 1 intervalda yozilgan bo‘lishi kerak.

Matn maydoni: yuqori va pastdan 2,5 sm., o‘ngdan 1,5sm., chapdan 3 sm.

Birinchi sahifaning yuqori o‘ng tomonidan muallifning familiyasi, ismi va sharifi va hamda ishtirok etiladigan sho‘‘baning nomi to‘liq keltiriladi.

Bir qator tashlanib bosh xarflar bilan maqola yoki tezis mavzusi, keyingi qatordan xat boshidan matn yoziladi. Matn ilmiy, texnik va stilistik jihatdan tahrir qilingan bo‘lishi shart.

Maqola va tezislarning elektron va qog‘ozdagi nushasi muallif imzosi bilan taqdim etiladi.

Konferensiyani o‘tkazish bilan bog‘liq a’zolik badali (30 ming so‘m) konferensiya koordinatoriga topshiriladi.

Mazkur talablarga javob bermaydigan maqola va tezislar to‘plamga kiritilmaydi.

Matnda foydalanilgan misol, ko‘chirma va ma’lumotlar aniqligi uchun muallif javobgardir.

Tashkiliy qo‘mita

 

 

«Dunyoqarashlar dialogi: ayol va jamiyat taraqqiyoti» mavzusidagi

Respublika ilmiy - nazariy konferensiya ishtirokchisining anketasi

 

Familiya, ismi, sharifi (mualliflar uchun)

 

Familiya, ismi, sharifi (hammualliflar uchun)

 

Tug‘ilgan yili va sana

 

Ilmiy darajasi

 

Ilmiy unvoni

 

Ish joyi, o‘qish joyi

 

Lavozimi

 

Maqolaning nomi

 

Sho‘ba nomi

 

Konferensiyada ishtirok etish shakli (bevosita yoki bilvosita)

 

Elektron manzil

 

Muloqot uchun telefon (kodi bilan)

 

Ma’ruza davomida proektor yordamida slaydlarni namoyish etishga bo‘lgan ehtiyoj (bor yoki yo‘q)

 

 

 

Tashkiliy qo‘mita