O'zMU » Ma'lumotlar » O'zbekiston geografiya jamiyati axboroti

O'zbekiston Geografiya jamiyati Axborotnoma oliy o'quv yurtlarining geografiya yo'nalishidagi professor-o'qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, magistratura talabalari hamda iqtisodiyotning turli sohalarida xizmat qilayotgan mutaxassislarga mo'ljallangan.
Axborotnomada soha tadqiqot ishlarining natijalari, yechimini kutayotgan muammolar; geografik, gidrologik, kartografik, geodezik, ekologik bilimlar; ilg'or ilmiy g'oyalar, fan yutuqlari keng targ'ib qilinadi. Shu orqali keng omma o'rtasida ta'lim-tarbiyani takomillashtirish, o'lkamiz tabiatini muhofaza qilish muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etishga bag'ishlangan maqolalar, yaqin va uzoq horij mamlakatlaridagi soha fanlariga oid yangiliklar, O'zMU va boshqa turdosh oliy o'quv yurtlarida o'tkaziladigan se'zdlar, anjumanlar va seminarlar haqida axborotlar, ilmiy va amaliy ahamiyatga molik xabarlar chop etiladi.