O'zMU » Ma'lumotlar » Falsafa tarixi va mantiq kefedrasi

 “Falsafa tarixi” kafedrasi 1965 yilda tashkil topgan. 1979 yili falsafa-iqtisod fakulteti tashkil topishi munosabati bilan uning tarkibida “Falsafa tarixi va mantiq” kafedrasi nomi bilan qayta tashkil etildi. Unga 1992 yilgacha falsafa fanlari doktori, professor L.E. Garber boshchiligida ish olib bordi. 1992 yili falsafa fakulteti tashkil etilishi munosabati bilan u ana shu fakultet tarkibida ish boshladi va hozirgacha faoliyat ko'rsatib kelmoqda. 1992 yildan 2007 yil aprel oyigacha kafedraga falsafa fanlari nomzodi, dotsent S.A. Yo'ldoshev mudirlik qildi. Hozirda bu kafedra mudiri vazifasini falsafa fanlari nomzodi, dotsent D. Fayzixo'jayeva bajarmoqda.

Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlari asosan ikki mavzu bo'yicha amalga oshiriladi: “Sharq falsafasi an'analarining uslubiy tahlili”, “Ilmiy bilimlar taraqqiyotining mantiqiy-uslubiy masalalari”.

Nashr etilgan monografiyalar, ko'p sonli maqolalarda Sharq falsafasi va mantiqi tarixining dolzarb masalalari bo'yicha yangi fikr-mulohazalar aks etgan. Bu ayniqsa S.A. Yo'ldoshev, M.O. Usmonov, M.Sh. Sharipov, D.E. Fayzixo'jaeva, Sh.O. Madaevalar nashr etgan ilmiy ishlarga taalluqlidir. Dotsent Madaeva Sh.O. 2009 yili doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Dotsent Ro'zmatova G.M. doktorlik dissertatsiyasini yaqinda himoya qiladi.

Kafedra a'zolarining ko'pchiligi xalqaro va respublika miqyosidagi  ilmiy grantlarda ishtirok etishadi. Kafedra 4 ta o'rta maxsus muassasalar  va 4 ta institut va nashriyotlar bilan shartnomalar asosida innovatsion korporativ hamkorlik qiladi.

 

Kafedraning xalqaro aloqalari

Falsafa tarixi va mantiq kafedrasi Pokiston Islom Respublikasi Lahor shahridagi Panjob universiteti, Hindistondagi Javoharlal Neru universiteti AQSh dagi Indiyana universiteti, M.V. Lomonosov nomidagi  Moskva davlat universiteti, Qozog’iston Milliy universiteti, Qozog’istonning falsafa va siyosatshunoslik instituti, Pokistondagi “Iqbol” akademiyasi, Dehlidagi “Milliy Jamiya” akademiyasi, Hindiston falsafa instituti, Islomoboddagi “Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasi”, Germaniyadagi “Ibn Sino” jurnallari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni o'rnatgan va uni mustahkamlab bormoqda.

 

Kafedra faxrlari

 

Falsafa tarixi va mantiq kafedrasida 1971 yildan beri faoliyat ko'rsatayotgan, yosh kadrlar tayyorlashga o'zining munosib hissasini qo'shayotgan, chuqur nazariy bilimga, ko'p yillik boy pedagogik va ilmiy tajribaga ega bo'lgan olimlardan biri Yo'ldoshev Sa'dulla Abdullaevichdir.

Xususan “Abaut some Gnoseologikal Quasion in philosofiy of Fbu Fli Ibin Sina and V. Iqbal” (Iqbal stadiy Bagladesh 2003 y. Aprel sentyabr 0.5 p.l.), “Central Asia as Viwed by Allama Iqbal and others”(The Pakistan Timea Lahor Avgust 29 2005 y. 0.5 b.t.), “Abu Nasr Farabiy and Muhammad Iqbal on ideal society Pakistan” (Time a Lahor September 5.2005 y. 0.5 b.t.) lar Markaziy Osiyo, Pokiston, Hindiston xalqlari falsafasi to’g’risidagi jiddiy tadqiqotlar bo'lib hisoblanadi.


Kafedramizning faxri bo'lgan yana bir dotsent Usmonov Mirjalol Oqilovichdir. U 1939 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1962-1967 yillarda O'rta Osiy Davlat Universitetining sharqshunoslik fakultetida taqsil olgan. Bir necha yillar davomida o'z ilmiy faoliyatini O'z R FA falsafa va huquq institutida olib borgan. Rus, arab, frantsuz tillarini mukammal biladi va ushbu tillarda ko'p sonli va chuqur g’oyaviy mazmunga ega ilmiy ishlarni nashr etgan.


Kafedraning xalqaro aloqalari

Falsafa tarixi va mantiq kafedrasi Pokiston Islom Respublikasi Lahor shahridagi Panjob universiteti, Hindistondagi Javoharlal Neru universiteti AQSh dagi Indiyana universiteti, M.V. Lomonosov nomidagi  Moskva davlat universiteti, Qozog’iston Milliy universiteti, Qozog’istonning falsafa va siyosatshunoslik instituti, Pokistondagi “Iqbol” akademiyasi, Dehlidagi “Milliy Jamiya” akademiyasi, Hindiston falsafa instituti, Islomoboddagi “Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasi”, Germaniyadagi “Ibn Sino” jurnallari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni o'rnatgan va uni mustahkamlab bormoqda.

 

FAYZIHODJAEVA DILBAR ERGASHEVNA 

falsafa fanlari nomzodi, dotsent

kafedra mudiri

1956 yil Toshkent shaxrida tug`ilgan, 1978 yil ToshDU (O`zMU) Falsafa fakultetini tamomlagan.

Ilmiy faoliyat sohasi: formal mantiq, dialektik mantiq va Sharq falsafasi

Ilmiy ishlari: 70 ortiq ilmiy ishlar, jumladan 2 ta darslik, 3 o’quv qo’llanma, 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

Tel: (+998)71-246-54-44

E-mail: mfayzikhodzhaev@mail.ru