O'zMU » Ma'lumotlar » Tarix fakulteti haqida qisqa ma'lumot

Fakultet haqida

Tarix fakulteti 1918-yil Turkiston Davlat Universiteti tashkil etilishi bilan uning tarkibida faoliyat yuritgаn. Tarix-filologiya va sharqshunoslik fakulteti, keyinchalik Ijtimoiy fanlar fakulteti (IFF) ning bo’limi sifatida tashkil etilgan. 1935-yildan boshlab Tarix alohida fakultet sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Fakultetning ko’p yillik faoliyati davomida tarix bilan birgalikda arxeologiya, falsafa, siyosiy iqtisod, psixologiya, huquqshunoslik mutaxassisliklari bo’yicha ham kadrlar tayyorlangan.

Bugungi kunda fakultetda "Jahon tarixi" 1935-yiltashkil topgan, mudiri t.f.n., dotsent D.J. O’roqov, "O’zbekiston xalqlari tarixi" (1939-yilda tashkil topgan, turli yillarda “Tarix”, “O’zbekiston tarixi” nomlarida faoliyat yuritgan) hozirda kafedra mudiri t.f.d. professor X.E. Yunusova. "Arxeologiya va etnologiya" kafedrasi (1940-yil 1-aprelda Arxeologiya kafedrasi tashkil etilgan mudiri t.f.n., dots Sh.Sh. Bo’riev boshchiligida), "Etnologiya" kafedrasi esa 1994-yilda tashkil etilgan, uzoq yillar davomida t.f.n., dotsent T.O’.Salimov tomonidan boshqarilgan. 2012-yildan “Arxeologiya” kafedrasi bilan qo’shilib “Arxeologiya va etnologiya” kafedrasi deb nomlandi. Hozirda t.f.n. dotsent F.B. Ochildiyev boshqarib kelmoqda. "Fakultetlararo O’zbekiston tarixi" (1993-yilda tashkil etilgan, kafedra mudiri t.f.d. prof. R.H.Murtazaeva), 2014-yildan “Tarix” kafedrasiga qo’shilib, “O’zbekiston tarixi” kaferasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. "Manbashunoslik va arxivshunoslik” kafedrasi, hozirda kafedrani t.f.n. dotsent Z.B. Rahmonqulova boshqarib kelmoqda. Fakultetda 645 nafar nafar talaba tahsil olib, shulardan 550 nafar bakalavriat ta`lim bosqichi, 95 nafari esa magistratura mutaxassisligida ta’lim olmoqda. Dars mashg’ulotlari an’anaviy va zamonaviy usullarda ilg’or pedagogik tehnologiyalar asosida ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulot shaklida amalga oshiriladi. Yuqori malakali professor-o’qituvchilar ma’ruza mashg’ulotlarini olib boradi, yosh iqtidorli mutaxassis kadrlar esa seminar va amaliy mashg’ulotlarda ularga yordam beradilar. O’quv mashg’ulotlaridan tashqari paytlarda talabalarga jahonga mashhur bo’lgan fakultetimizning fidoyi mutaxassislari: akademiklar A.R.Muxammadjonov, Yu.F.Buryakov, professorlar I.M.Jabborov, R.H. Suleymanov tomonidan asos solingan "Iqtidorli talabalar", "Talabalar to’garagi", "Master klass"lar doirasida turli o’quv-ilmiy mashg’ulotlar tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda ularning faoliyatiga professorlar R.X. Murtazayeva, Z.R. Ishanxo’jayeva, X.E. Yunusova, O.P. Kobzevalar, dotsentlar N.T. Polvonov, Ya.X. G’afforov, T.O’. Salimovlar rahbarlik qilib kelishmoqda. Fakultet faoliyati davomida I.Dodonov, D.Lobashev, A.Hamraev, O.Toshmuhammedov, G.A. Hidoyatov, A.S. Sagdullaev, H.G’ulomov, Z.O. Choriev, A.S. Tatibaevlar tomonidan boshqarilgan. Hozirgi paytda M.M.Haydarov fakultet dekani. 


Fakultet saytiga o'tish 

 

2015-2016-yil talabalar  stipendiyasi miqdori

 

2015-2016-yil talabaning 1 yillik o'qitish miqdori

Tarix fakulteti
Fakultet dekani   Xaydarov Murodilla Maxmutalievich 
Telefon 246-61-82
Elektron pochta history@nuu.uz
O'qish muddati 4 yil
  Kirish imtihonlari   Tarix, ona tili va adabiyot, chet tili
O'qitish tillari O'zbek, rus

Fakultet kafedralari

KafedraKafedra mudiriTelefonFan doktoriFan nomzodiO'qituvchi
Arxeologiya va Etnologiya  Ochildiev F.B 246-49-51 2 3 8
Jahon tarixi   O'roqov D. J 246-61-87 0 7 5
Manbashunoslik va Arxivshunoslik   Raxmonqulova  Z.B  246-61-87 3
7 4
O'zbekiston tarixi  Yunusova X.E 246-94-97 5 11 7