O'zMU » Ma'lumotlar » Keksalarni e’zozlash yili

2015 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilindi. 5 dekabr, juma kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» Xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2014 yil sarhisobi to‘g‘risida nutq so‘zlagan.

Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan marosimda, shuningdek, 2015 yilning nomi e’lon qilindi. Prezident tashabbusi bilan keyingi yil «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilindi. 2014 yil esa «Sog‘lom bola yili» nomi ostida o‘tgan edi.

O‘zbekistonda 1997 yildan beri har bir yilga, jamiyat hayotining alohida sohalarida chuqurlashtirilgan o‘zgarishlar, islohotlarni amalga oshirish maqsadida, nom berilib kelinadi. 1997 yil «Inson manfaatlari yili» deb e’lon qilingan bo‘lsa, XXI asrgacha bo‘lgan yillar «Oila yili» (1998), «Ayollar yili» (1999), «Sog‘lom avlod yili» (2000) deb e’lon qilingan.

2001 yil «Onalar va bolalar yili», 2002 yil «Qariyalarni qadrlash yili», 2003 yil «Obod mahalla yili», 2004 yil «Mehr-muruvvat yili», 2005 yil «Sihat-salomatlik yili», 2006 yil «Homiylar va shifokorlar yili», 2007 yil «Ijtimoiy himoya yili», 2008 yil «Yoshlar yili», 2009 yil «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili», 2010 yil «Barkamol avlod yili», 2011 yil «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili», 2012 yil «Mustahkam oila yili», 2013 yil esa «Obod turmush yili» deb e’lon qilingan edi.