O'zMU » Ma'lumotlar » Shoimqulov Baxodir Allaberdiyevich

Shoimqulov Baxodir Allaberdiyevich

Tel: 227-10-34 
e-mail: science@nuu.uz

 

B.A.Shoimqulov, 1959 yilda tug’ilgan. 1981 yilda Toshkent Davlat universitetini matematika ixtisosligi bo’yicha o’qishni tugatdi.
Fizika-matematika fanlari doktori. 50 ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 5 ta o’quv-metodik va 1 ta monografiya muallifi.

B.A.Shoimqulov asosan professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga e’tibor beradi. Uning faoliyati davrida fakultetda 12 ta doktorlik va 23 nomzodlik ishlari himoya qilindi va ilmiy salohiyat 80 % gacha ko’tarildi.
Fakultetda 13 ta monografiya, 6 ta darslik, 96 taga yaqish o’quv-uslubiy ishlar tayyorlandi, ulardan 7 tasi eng yaxshi darslik va o’quv qo’llanmasi tanlovlarida g’olib deb topildi.
U bitta fundamental va bitta xalqaro ilmiy loyiha rahbari. Fakultet olimlari tomonidan esa 6 ta xalqaro va 32 ta respublika miqyosidagi ilmiy loyihalarni qo’lga kiritildi. B.A.Shoimqulov faoliyati davomida 2 ta multimedia xonasi, zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan 4 ta o’quv xonalari, 40 mingga yaqin kitob fondiga ega elektron resurs markazi tashkil etilgan va 70 ta kompyuter olingan.
Fakultetda 7 marta xalqaro va 20 marta respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalar tashkil etildi. Bu konferensiyalarda 50 ga yaqin xorijiy olimlar ishtirok etishdi. Yevropa va Osiyoning yetakchi ilmiy va o’quv markazlari bilan 10 ga yaqin hamkorlik shartnomalari tuzildi, buning natijacida 19 nafar profyessor-o’qituvchilar o’z malakalarini ushbu markazlarda oshirishdi.
B.A.Shoimqulov iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlashga ham katta e’tibor beradi. Ushbu talabalardan 10 nafari Prezident, M.Ulug’bek va A.R.Beruniy nomidagi davlat stipendiantlari bo’lishdi. Har yili 20 nafarga yaqin talabalar universitet stipendiyasi sovrindorlari bo’lishadi. Bir nafar talaba matematika fanidan xalqaro olimpiadada 2-o’ringa sazovor bo’ldi. Fakultet bitiruvchisi R.Qosimjonov shaxmat bo’yicha jahon chyempioni, talaba N.Nodirjonova 2010 yil Osiyo o’yinlarida shaxmat bo’yicha kumush medal sohibi, 2 nafar talaba esa shaxmat bo’yicha yoshlar o’rtasida Osiyo va O’zbekiston chempionlari bo’lishdi.
B.A.Shoimqulov doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish uchun Ixtisoslashgan kengash raisi hamda OO’MTV qoshidagi ilmiy loyihalar bo’yicha ekspert a’zosi.