O'zMU » Ma'lumotlar » Bakalavriat

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 1918 yil 12 mayda tashkil topgan. Sharqning buyuk allomalari vatani bo‘lgan Turkistonda XIX asr oxirlaridayoq zamonaviy milliy universitet yaratish g‘oyasi mavjud edi. 1918 yil 12 mayda mashhur ma’rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov Toshkentning eski shaharida birinchi rektor sifatida so‘zga chiqib, rasmiy ravishda jahon andozalariga mos Milliy universitetning o‘z faoliyatini boshlashga tayyor ekanini e’lon qildi. Milliy universitet quyi, o‘rta va oliy ta`lim shakllarida tashkil etilgan bo‘lib, uning oliy bosqichida quyidagi besh fakultet:  adabiyot va falsafa, iqtisodiyot va ijtimoiyot, ziroat va ovul xo‘jaligi, tibbiyot va riyoziyot, sanoat va texnika bor edi. 1927-1931 yillar mobaynida universitet tarkibidan alohida institutlar tarzida tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, xalq xo‘jaligi instituti ajralib chiqqan. O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatining samarali natijalari sifatida o‘nlab oily ta’lim muassasalari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistonda oliy o‘quv yurtlari tashkil etilishini qayd etish mumkin.

Hozirgi kunda universitetda 13 ta fakultet (mexanika-matematika, fizika, kimyo, biologiya-tuproqshunoslik, geologiya, geografiya, falsafa, xorijiy filologiya, o‘zbek filologiyasi, jurnalistika, tarix, huquqshunoslik, iqtisodiyot), 81 ta kafedra, 3 ta (Oliy pedagogika, Matematika va Amaliy fizika ilmiy tekshirish) institut, 3 ta akademik litsey, tayyorlov fakulteti, kutubxonalar, sport kompleksi, teatr-studiya, akademik xor hamda Madaniyat saroyi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Universitetda kompyuter tarmog‘i va Internet tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Har yili universitet bo‘yicha 10 dan ortiq ilmiy anjumanlar o‘tkaziladi. Yiliga 500 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etiladi va 10 dan ortiq ilmiy izlanishlar asosida patentlar rasmiylashtiriladi. Universitet dargohida 1000 ga yaqin professor - o‘qituvchi, shu jumladan, 7 ta O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a`zolari, 184 ta fan doktorlari va professorlar, 476 ta fan nomzodlari va dotsentlar, 315 ta katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar talabalarga ilm-fan sirlarini o‘rgatmoqda. Universitetda 10 mingdan ortiq talaba, magistr va aspirantlar ta’lim olmoqda.
Hozirgi kunda AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Koreya, Gollandiya kabi rivojlangan mamlakatlarning universitetlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

 

O‘zMUda ta`lim jarayoni yo‘lga qo‘yilgan yo‘nalishlar ro‘yxati:

 

 

5111600

Milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma`naviyat asoslari

5120101

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

5120112

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

5120113

Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili

5120114

Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

5120102

Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili

5330200

Informatika va axborot texnologiyalari

5330300

Axborot xavfsizligi

5330100

Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti

5111306

Ona tili va adabiyoti

5120300

Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)

5120500

Falsafa

5120400

Arxeologiya

5210200

Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

5210100

Sotsiologiya

5220100

Jurnalistika

5220300

Arxivshunoslik

5230100

Iqtisodiyot (tarmoqlar bo‘yicha)

5240100

Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

5140100

Biologiya (turlari bo‘yicha)

5140200

Fizika

5140300

Mexanika

5140400

Astronomiya

5140500

Kimyo

5140600

Geografiya

5140700

Gidrometeorologiya

5140800

Geologiya

5140900

Geofizika

5141100

Gidrologiya (tarmoqlar bo‘yicha)

5141000

Tuproqshunoslik

5130100

Matematika

5130200

Amaliy matematika va informatika

5311500

Geodeziya, kartografiya va kadastr

5520100

Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)