O'zMU » Ma'lumotlar » Magistratura

 

Magistratura aniq mutaxassislik bo`yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta`limdir.
Magistratura ta`lim dasturini tugatgan bitiruvchilarga yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko`ra ta`lim yo`nalishining aniq mutaxassisligi bo`yicha magistr akademik darajasi to`g`risidagi davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.
Tegishli mutaxassisliklar bo`yicha magistrlarni tayyorlash kadrlar buyutrmachilarning takliflari asosida, davlat akkreditatsiyasidan o`tgan oliy ta`lim muassasasalarida amalga oshiriladi.
Magistr:
Tanalangan mutaxassislik bo`yicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir faoliyatini yuritish;
Tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo`yicha oliy ta`limdan keyin aspiranturada tahsil olish; kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimida qo`shimcha kasb ta`limini olish uchun tayyorlanadi.
Magistr o`zining mutaxassisligi, ilmiy-faoliyati va ilmiy pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining:
- loyiha-konstruktorlik;
- loyiha-texnologik;
- ilmiy-tadqiqot va tajriba;
- ishlab chiqarish boshqaruvi;
- ilmiy-pedagogik;
- ilmiy-ijodiy turlari, shuningdek, bakalavriat ta`lim yo`nalishiga mos boshqa mutaxasisliklari bo`yicha ham shug`ullanishi mumkin.
Magistr kasb faoliyatining asosiy sohalari quyidagilar kiradi:
- ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyihalash tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish korxonalari;
- davlat va nodavlat oliy, o`rta maxsus, kasb-xunar ta`lim muassasalari;
- magistr akademik darajasini talab qiladigan boshqa turdagi faoliyatlar.
- magistratura talabalari quyidagi huquqlarga ega:
- fan, texnika va madaniyatning zamonaviy taraqqiyoti darajasiga mos keluvchi bilimlarni olish;
- oliy ta`lim muassasalarining muhim masalalarini muhokama etish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;
- kutubxonadan, axborot resurslari, o`quv, ilmiy, tibbiy va boshqa turdagi xizmatlardan oliy ta`lim muassasasining nizomida belgilangan tartibda bepul foydalanish;
- ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etish;
- o`z ishlarini nashrga taqdim qilish;
- oliy ta`lim muassasasi ma`muriyatining qarorlari ustidan shikoyat qilish;
- talabalar uchun belgilangan tartib va miqdorda stipendiya, shuningdek Davlat stipendiyalari hamda o`qishga yo`llangan yurudik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarni olish.
Magistratura talabalarining majburiyatlari:
- oliy ta`limning ta`lim dasturlari va o`quv rejasida nazarda tutilgan bilimlarni egallash;
- o`quv rejasida nazarda tutilgan topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarish;
- oliy ta`lim muassasasining Nizomi, ichki tartib qoidalari va talabalar turar joylari qoidalariga rioya etishdir.
Magistarturada ta`lim jarayoni magistrlik dissertatsiyasi himoyasi bilan tugallanadi.
Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash jarayonida talaba:
- Ilmiy (yoki ilmiy-texnik, ilmiy-ijodiy) izlanishlar olib borishi, kasbiy muammolarni ko`ra olishi va ularni yechishning umumiy usullari va yo`llarini o`rganish;
- o`quv tadqiqot davomida olingan axborotlarni matn yoki tasvirlar (chizma, rasm) shaklida mujassamlantira olishi;
- tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash;
- soha bo`yicha yechilayotgan ilmiy (ijodiy)
- texnik masala holatini tahlil qilish;
- ilmiy-texnik, texnik-iqtisodiy va boshqa talablarni shakllantirishi, qo`yilgan masalani yechish uslublarini ko`rib chiqish va eng samaraligini aniqlashi;
- eng samarali muqobil yechimni ilmiy, konstruktorlik, texnologik va texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berishi;
- eng samarali muqobil yechimning patentga loyiqligi va patent sofligini tadqiq qilish;
- ilmiy-texnik masala yechimininig natijalari bo`yicha xulosalar va takliflarni shakllantirishi hamda iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida qo`llash imkoniyatlarini aniqlash lozim.