O'zMU » Ma'lumotlar » Aspirantura

O’zbekiston Milliy universitetida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik mutaxassislar tayyorlash asosan aspirantura va aspirant-tadqiqotchilik orqali tayyorlanadi. Universitetda aspirantura 1929 yilda ochilgan bo’lib, 2011 yilni yanvar oyidan boshlab aspirant nomi stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi deb aspirant-tadqiqotchilar esa mustaqil- tadqiqotchi deb atalmoqda. Hozirgi kunda universitetda 79 ta mutaxassislik bo’yicha stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar tayyorlanadi. 
Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tashkil qilish va ular orqali yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash uchun universitetda kerakli sharoitlar yaratilgan.
Amaliy fizika ilmiy tekshirish Instuti, Botanika bog’i, 18 ta ilmiy laboratoriya, Sotsiologik tadqiqotlar laboratoriya va amaliy ekologiya va tabiatdan unumli foydalanish markazlari va 91 ta kafedra mavjud. Bularda Davlat fan-texnika tomonidan tasdiqlangan 78 ta ilmiy mavzu, 11 ta xo’jalik shartnomasi, 7 ta innovatsion grantlar bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilishi asoslardan birini tashkil etadi. Bulardan tashqari kompyuter sinflari ishlab turibdi.
Fundamental kutubxona fondida 3 milliondan ortiq kitob, 1000 dan ortiq nodir qo’lyozmalar mavjud. Universitet ilmiy salohiyati 400 dan oshiq kompyuter bilan ta'minlangan bo’lib, ulardan ayrimlarining internet tizimi bilan bog’langanligi, yangi axboratlarni tezlik bilan olish imkonini beradi.
«Universitet» nashriyot majmuasiga hamda tabiiy fakultetlar uchun amaliyot bazalariga (Oqsoq ota, Chorvoq, Xumson) ega, bu esa o’z navbatida aspirant va doktorantlarning o’z ilmiy ishlari bilan shug’ullanishlarida keng imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga universitet stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga tajribalar o’tkazishi, kerakli ximreaktivlar, tajriba hayvonlari sotib olish, asbob uskunalarni ta’mirlash va dala ishlarini o’tkazish uchun muntazam ravishda mablag’ ajratadi.
Milliy universitet rahbariyati oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish uchun hamma shart-sharoitlarni yaratishga harakat qilmoqda. Jumladan stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarning avtoreferatlarini chop etish, opponentlar uchun sarf qilinadigan mablag’larni ham universitet o’z zimmasiga oladi.
“O’zMU xabarlari” da ham muntazam ravishda stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarning ilmiy maqolalarini nashr etish imkoniyati yaratilgan.
Universitet qaramog’idagi 9-sonli yotoqxona katta ilmiy xodim-izlanuvchi va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar uchun biriktirilgan.
Universitetda 11 ta Ixtisoslashgan Kengash faoliyat ko’rsatadi.
Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlashning yana bir omillaridan biri - yuqori malakali mutaxassislardir. Hozirgi vaqtda universitetda 142 fan doktori, professorlar, 386 fan nomzodi, dotsentlar faoliyat ko’rsatmoqda.
Milliy universitetda 130 dan ortiq fan doktori, professorlar va fan nomzodi, dotsentlar stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilmoqdalar. 2008 yildan beri aspiranturada 272 stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar ilmiy ish bilan shug’ullanmoqda. 162 mustaqil-tadqiqotchi nomzodlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilikka 35 yoshgacha bo’lgan, oliy ma’lumotli, oliy o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, korxonalar va muassasalarda ishlovchi, ilmiy ishga qobiliyatli mutaxassislar qabul qilinadilar.
Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilikka kirish istagini bildirgan mutaxassislar oliy o’quv yurtini tugatganlaridan keyin tanlagan mutaxassislik bo’yicha kamida bir yillik amaliy ish stajiga ega bo’lishlari kerak. Oliy o’quv yurtini imtiyozli diplom bilan bitirgan yosh mutaxassislar bevosita o’qishni tugatayotgan yillari kirish huquqiga egadirlar. Yosh mutaxassislar oliy o’quv yurti ilmiy kengashining tavsiyanomasi bo’lgandagina oliy o’quv yurtini tugatganlaridan keyin bevosita stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilikka kirish uchun imtihonlarda ishtirok etishga qo’yiladilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tanlovi g’oliblari bo’lgan talabalar oliy o’quv yurtini tugatganlaridan keyin ikki yil mobaynida, shuningdek, atoqli shaxslar nomidagi davlat stipendiyalari tanlovi g’oliblari bo’lgan talabalar esa bir yil mobaynida, agar stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va oliy o’quv yurti mutaxassisligi mos kelsa, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilikka kirish imtihonlari topshirmasdan qabul qilinadilar, boshqa hollarda esa kirish imtihonlari faqat stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi mutaxassisligi bo’yicha topshiriladi.
Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilikka kirish uchun O’zbekiston tarixi, chet tili (ingliz, nemis, fransuz) va mutaxassislik bo’yicha imtihonlar topshiriladi. Mustaqil-tadqiqotchilikka o’zi tanlagan fan va texnika sohasi bo’yicha chuqur kasbiy bilimga ega kamida 2 yil mehnat stajiga ega bo’lgan mutaxassislar qabul qilinadilar.
Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilikka nomzodlarni tanlash ilmiy-tadqiqot ishlariga layoqati bo’lgan, universitetni muvaffaqiyatli tugatganlar orasidan, shuningdek, aniq tadqiqot mavzusiga ega va qisman nomzodlik imtihonlarini topshirgan universitet xodimlaridan tanlab olinadi. Bundan tashqari boshqa oliy o’quv yurtlarida ishlaydigan xodimlardan shuningdek, «Xalq so’zi» gazetasida e’lon qilingan e’lon orqali tanlovda ishtirok etish istagi bo’lganlardan ham arizalar qabul qilinadi. Har bir nomzod bilan kirish imtihonlaridan oldin suhbat olib boriladi, ular tomonidan yozilgan referat analiz qilinadi va faqat ijobiy taqriz bo’lgandagina kirish imtihonlarini topshirishga ruxsat beriladi.
Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarning mavzularni va shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash ularning stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilikka kirganlaridan keyin dastlab 2-3 oylar ichida amalga oshiriladi. Mavzularni muhokama qilishda kafedra mudiri va kafedraning barcha a’zolari ishtirok etadilar. Mavzularni muxokama qilinayotganda, mavzuning aktualligi, amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qilinadi va uslubiy ko’rsatmalar beriladi. Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar har yili 2 martta, iyun va dekabr oylarida attestatsiya qilinadilar. Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar avvalo o’zlarinng kafedralarida, so’ng fakultet Ilmiy Kengashida attestatsiyadan o’tadilar.
Attestatsiya natijalari bo’yicha universitet Ilmiy Kengashida hisobot beriladi. Shaxsiy ishini bajarmagan stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar safidan chiqariladi.
Dissertatsiyasini o’z vaqtida yoki muddatidan oldin himoya qilgan aspirant 3 oylik stipendiya va ularning ilmiy rahbarlari 3 oylik maosh miqdorida mukofotlanadilar.
Universitet aspirantlari universitetda har yili o’tkaziladigan konferensiyalarda qatnashadilar. Undan tashqari, chet elda va MDH davlatlarida o’tkaziladigan xalqaro konferensiyalarda ham qatnashib kelmoqdalar.

Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilakda ochilgan mutaxassisliklar:

 

010101

Matematik  tahlil

010102

Differensial tenglamalar

010103

Matematik-fizika

010104

Geometriya va topologiya

010105

Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika

010106

Matematik mantiq, algebra va sonlar nazariyasi

010201

Nazariy mexanika

010205

Suyuqlik, gaz va plazma mexanikasi

010204

Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi

010302

Astrofizika radioastronomiya

010402

Nazariy fizika

010403

Radiofizika

010404

Fizikaviy elektronika

010405

Optika

010407

Qattiq jism fizikasi

010410

Yarim o'tkazgichlar fizikasi

010413

Elektrofizika

010416

Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi

010421

Lazer fizikasi

020001

Noorganik kimyo

020002

Analitik kimyo

020003

Organik kimyo

020004

Fizikaviy kimyo

020006

Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi

020010

Bioorganik kimyo, tabiiy va fiziologik faol moddalar kimyosi

030002

Biofizika

030004

Biokimyo

030015

Genetika

030005

Botanika

030006

Virusologiya

030007

Mikrobiologiya

030008

Zoologiya

030013

Odam va hayvon fiziologiyasi

030027

Tuproqshunoslik

040001

Umumiy va mintaqaviy geologiya

040002

Geokimyo

040006

Gidrogeologiya

040020

Mineralogiya, kristallografiya

051318

Matematik madellashtrishning nazariy asoslari

051319

Axborotlarni ximoyalash usullari va tizimlari, axborot xavfsizligi

052403

Kartografiya

060104

Agrokimyo

070001

O'zbekiston tarixi

070003

Umumiy tarix

070006

Arxeologiya

070007

Etnologiya, etnologiya va antropologiya

070009

Tarixshunoslik, tarixiy tadqiqot usullari

070010

Fan va texnika tarixi

080001

Iqtisodiy nazariya

080012

Mintaqaviy iqtisod

090001

Ontologiya va bilish nazariyasi

090003

Falsafa tarixi

090004

Estetika

090006

Din falsafasi

090011

Ijtimoiy falsafa

100101

O'zbek  adabiyoti

100103

O'zbek adabiyot tarixi

100111

Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik

100110

Jurnalistika

100201

O'zbek tili

100202

Turkiy  tillar

100203

Slavyan tillari (rus tili)

100204

German tillari

100219

Til nazariyasi

100220

Qiyosiy tarixiy, tipologik va chog'ishtirma tilshunoslik, lingvistik tarjima

110001

Tabiiy geografiya, landshaftlar geofizikasi va geokimyosi

110002

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya

110007

Quruqlik gidrologiyasi, suv  resurslari va gidrokimyo

110009

Meteorologiya, iqlimshunoslik, agrometeorologiya

120001

Davlat va huquq nazariyasi, siyosiy va huquq va ta'limotlar tarixi

120003

Fuqorolik huquqi; tadbirkorlik huquqi; oila huquqi; fuqorolik jarayoni; xalqaro  hususiy huquq

120009

Jinoyat protsessi; kriminalistika, tezkor-qidruv huquq va sud ekspertizasi

130002

Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

170008

Madaniyat nazariyasi va tarixi

190001

Umumiy psixologiya, shaxs psixologiyasi va psixologiya tarixi

190005

Ijtimoiy psixologiya; etnopsixologiya

190007

Pedagogik psixologiyasi

220001

Sotsiologiya nazariyasi, uslubiyati va tarixi.

230001

Siyosiy fan nazariyasi va tarixi

230003

Siyosiy madaniyat va mafkura