O'zMU » Ma'lumotlar » Doktorantura

 

O’zbekiston Milliy Universitetida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik mutaxassislar tayyorlash katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil-tadqiqotchilik orqali ham amalga oshiriladi.
Universitetda doktorantura 1988 yilda ochilgan bo’lib, 2011 yilni yanvar oyidan boshlab doktorant nomi katta ilmiy xodim-izlanuvchi deb doktorant-tadqiqotchilar esa mustaqil- tadqiqotchi deb atalmoqda. Hozirgi kunda Universitetda 36 ta mutaxassislik bo’yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar tayyorlanadi.
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarani tashkil qilish va ular orqali yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash uchun universitetda kerakli sharoitlar yaratilgan. Amaliy fizika ilmiy tekshirish Instituti, Botanika bog’i, 18 ta ilmiy laboratoriya, Sotsiologik tadqiqotlar laboratoriya va amaliy ekologiya va tabiatdan unumli foydalanish markazlari va 91 ta kafedra mavjud. Bularda Davlat fan-texnika tomonidan tasdiqlangan 78 ta ilmiy mavzu, 11 ta xo’jalik shartnomasi, 7 ta innovatsion grantlar bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilishining asoslaridan birini tashkil etadi.Bulardan tashqari kompyuter sinflari ishlab turibdi. Fundamental kutubxona fondida 3 milliondan ortiq kitob, 1000 dan ortiq nodir qo’lyozmalar ilmiy ishlar bilan shug’ullanishda qulay imkoniyatlar yaratadi. Universitet ilmiy salohiyati 400 dan oshiq kompyuter bilan ta'minlangan bo’lib, ulardan ayrimlarning internet tizimi bilan bog’langanligi, yangi axboratlarni tezlik bilan olish imkonini beradi. «Universitet» nashriyot majmuasiga hamda tabiiy fakultetlar uchun amaliyot bazalariga (Oqsoq ota, Chorvoq, Xumsonga ) ega, bu esa o’z navbatida katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning o’z ilmiy ishlari bilan shug’ulanishlarida keng imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga universitet katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga tajribalar o’tkazishi uchun kerakli ximreaktivlar, tajriba hayvonlari sotib olish uchun, asbob uskunalarni ta’mirlash va dala ishlarini o’tkazish uchun universitet muntazam ravishda mablag’ ajratadi.
Milliy universitet rahbariyati oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish uchun hamma shart-sharoitlarni yaratishga harakat qilmoqda. Jumladan katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning monografiyalarini, avtoreferatlarini chop etish, va opponentlar uchun sarf qilinadigan mablag’larni ham universitet o’z zimmasiga oladi.
“O’zMU xabarlari” da ham muntazam ravishda katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning ilmiy maqolalarini nashr etish imkoniyati yaratilgan.
Universitet qarmog’idagi 9-sonli yotoqxona katta ilmiy xodim-izlanuvchilar uchun biriktirilgan.
Universitetda 13 ta Ixtisoslashgan Kengash faoliyat ko’rsatadi.
Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlashning yana bir omillaridan biri - yuqori malakali mutaxassislardir. Hozirgi vaqtda universitetda 142 fan doktori, professorlar faoliyat ko’rsatmoqda.
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilikka, odatda, o’zi tanlagan sohada doktorlik dissertatsiyasiga asos bo’la oladigan, salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan, qobiliyatli, istiqboli ilmiy va ilmiy-pedagogik xodim sifatida o’zini namoyon qilgan, fundamental tadqiqotlarni yuksak saviyada olib borish va xalq xo’jaligi hamda ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan muhim ilmiy muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega bo’lgan 45 yoshdan oshmagan fan nomzodlari qabul qilinadi. Mustaqil-tadqiqotchilikka fan va texnikaning nazariy masalalari va dolzarb muammolari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarida muhim natijalarga erishgan, hamda fan va texnikaning tegishli sohasida chuqur kasbiy bilimga ega bo’lgan fan nomzodlari qabul qilinadilar.
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning mavzularni va shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash ularning katta ilmiy xodim-izlanuvchilikka kirganlaridan keyin dastlab 2-3 oylar ichida amalga oshiriladi. Mavzularni muhokama qilishda kafedra mudiri va kafedraning barcha a’zolari ishtirok etadilar. Mavzularni muxokama qilinayotganda mavzuning aktualligi, amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qilinadi va uslubiy ko’rsatmalar beriladi. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar har yili 2 martta, iyun va dekabr oylarida attestatsiya qilinadilar. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar avvalo o’zlarinng kafedralarida, so’ng fakultet Ilmiy Kengashida attestatsiyadan o’tadilar. Attestatsiya natijalari bo’yicha universitet Ilmiy Kengashida hisobot beriladi. Shaxsiy ishini bajarmagan katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar safidan chiqariladi.
Dissertatsiyasini o’z vaqtida yoki muddatidan oldin himoya qilgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilar 3 oylik stipendiya va ularning ilmiy maslaxatchilari 3 oylik maosh miqdorida mukofotlanadilar.
Universitet katta ilmiy xodim-izlanuvchilari universitetda har yili o’tkaziladigan konferensiyalarda qatnashadilar. Undan tashqari, chet elda va MDH davlatlarida o’tkaziladigan xalqaro konferensiyalarda ham faol qatnashib kelmoqdalar.

Katta ilmiy xodim-izlanuvchilikda ochilgan mutaxassisliklar:

 

 

010101

Matematik analiz

010102

Differensial tenglamalar

010103

Matematik-fizika

010104

Geometriya va topologiya

010205

Suyuqlik, gaz va plazma mexanikasi

010204

Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi

010105

Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika

010302

Astrofizika radioastronomiya

010402

Nazariy fizika

010410

Yarim o’tkazgichlar va dielektriklar fizikasi

010405

Optika

020002

Analitik kimyo

020006

Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi

020010

Biorganik kimyo

030002

Biofizika

030007

Mikrobiologiya

030008

Zoologiya

030023

Biotexnologiya

030027

Tuproqshunoslik

040008

Petrologiya, vulkanologiya

051318

Matematik madellashtrishning nazariy asoslari

070001

O’zbekiston tarixi

090004

Estetika

090006

Din falsafasi

090011

Ijtimoiy falsafa

100101

O’zbek adabiyoti

100201

O’zbek tili

100108

Adabiyot nazariyasi

100111

Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik

100110

Jurnalistika

100220

Qiyosiy tarixiy, tipologik va chog’ishtirma tilshunoslik, lingvistik tarjima

110001

Tabiiy geografiya, landshaftlar geofizikasi va geokimyosi

110002

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya

110007

Quruqlik gidrologiyasi, suv resurslari va gidrokimyo

120003

Fuqorolik huquqi; tadbirkorlik huquqi; oila huquqi; fuqorolik jarayoni; xalqaro hususiy huquq

130002

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

170008

Madaniyat nazariyasi va tarixi