O'zMU » Ma'lumotlar » Tayyorlov kurslari

 

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tayyorlov fakulteti haqida qisqacha
MA'LUMOT



Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti tayyorlov bo'limi 1993 yil 15-noyabrdan faoliyat ko'rsatmoqda. Universitet ilmiy kengashining qaroriga ko'ra 1998 yil 8-oktyabrdan unga fakultet maqomi berildi. Fakultetda kafedra faoliyat ko'rsatib, unda 7 nafar asosiy fan o'qituvchilari ishlab kelishmoqda. Fakultetda 3 yo'nalishda ijtimoiy (o'zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, chet tillari) tabiiy (fizika, matematika, kimyo, biologiya) va iqtisod (matematika, ingiliz tili, ona tili va adabiyoti) yo'nalishlarida o'quv dasturlari asosida darslar o'zbek va rus tillarida olib boriladi.
Har o'quv yilida fakultetda asosiy o'qituvchilar bilan birga 15-20 nafar universitet professor-o'qituvchilari o'rindoshlik asosida ish olib boradilar.
Tayyorlov fakultetida o'quv jarayoni universitet o'quv uslubiy kengashida tasdiqlangan reja, dasturlar asosida amalga oshiriladi. Fanlarni o'qitish chuqurlashtirilgan dasturlar asosida maxsus guruhlarda olib boriladi. Har bir guruhdagi tinglovchilar soni 20 kishidan oshmasligi nazarda tutiladi. O'quv jarayoni asosan ma'ruzalar, amaliy mashg'ulotlar, maslahat, yozma ish hamda seminar mashg'ulotlari ko'rinishida bo'lib, darslar juftligi 80 minutni tashkil etadi. Tayyorlov fakultetida o'quv jarayoni 2-oktyabrdan 31 maygacha (8-oy) ba'zida 1-iyulgacha (9-oy) davom etadi. O'quv jarayoni yoshlarni oliy o'quv yurtlariga kirish uchun tayyorlashga yo'naltirilgan bo'lib, test blokidagi fanlarni chuqur o'rganishga qaratilgan. Xaftalik o'quv mashg'ulotlari 20 soat bo'lib, test blokidagi birinchi fanga 8 soat qolgan ikkita fanga 6 soatdan ajratiladi. Tinglovchilar test blokidagi fanlar bo'yicha dastur asosida chuqur bilimga ega bo'ladilar hamda Davlat Test Markazi e'lon qilgan "Axborotnoma"lar savollari ustida ham uzluksiz mashq olib boradilar. Har oyning oxirida nazorat uchun test sinovlari o'tkaziladi, natijalari guruh tinglovchilari o'rtasida muxokama qilinadi. Qiyin o'zlashtiriladigan mavzular aniqlanib ular ustida tinglovchilar bilan mahsus shug'ullaniladi.
O'zbek tili va adabiyoti, tarix, ingiliz tili, fizika va matematika, kimyo va biologiya, rus tili va adabiyoti kabi uslubiy birlashmalar mavjud. O'qituvchilar har bir fan bo'yicha ishni muvofiqlashtirib, yagona dastur ishlab chiqadilar va u asosida ish olib boradilar.
O'tilgan darslar maxsus jurnalda qayd etiladi, hamda tinglovchilarni darslarga qatnashi va fanlardan o'zlashtirish shu jurnalda hisobga olinadi.
O'tgan o'quv yillari natijalariga ko'ra tinglovchilarning 75-80 foizi tanlagan ixtisosligi bo'yicha oliy o'quv yurtiga kirib o'qimoqdalar.
Fakultetda shartnoma asosida, 4 ta yo'nalish bo'yicha yoshlarni
1) Huquqshunoslik, tarix, falsafa, o'zbek, rus va xorijiy filologiya, jurnalistika va boshqa ijtimoiy fakultetlarga;
2) Iqtisod oliy o'quv yurtlari hamda oliy o'quv yurtlarining iqtisod fakultetlariga;
3) Tibbiyot oliy o'quv yurtlariga (kimyo, biologiya);
4) Oliy o'quv yurtlarining tabiiy fan yo'nalishlari va fakultetlariga chuqurlashtirilgan dastur asosida test sinovlariga tayyorlaydi.
Fakultetda: 8, 6 va 2 oylik kurslar tashkil etilgan.
8 oylik kurs 2 oktyabrdan keyingi yilning 31 mayigacha;
6 oylik kurs 11 yanvardan 30 iyungacha;
2 oylik kurs 1 iyundan 31 iyulgacha davom etadi.
Kurs tinglovchilari universitet talabalariga beriladigan imtiyozlardan foydalanadilar.
Fakultetni bitirgan tinglovchilarga Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining sertifikati beriladi.
Fakultetni bitirgan tinglovchilarning ko'p qismi (80-85 va undan ko'p foizi) Respublika Oliy o'quv yurtlari talabalari bo'lishadi.
Fakultetga o'rta ma'lumotli yoshlar, kasb hunar kollejlari, akademik litseylar, umumta'lim maktablarining (11-sinf) bitiruvchilari qabul qilinadi.
Darslar o'zbek va rus tillarida olib boriladi.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
1) Rektor nomiga ariza;
2) Ma'lumoti haqida guvohnoma;
3) Turar joyidan ma'lumotnoma;
4) 2 ta 3x4 fotosurat.

Manzil: O`zMU, fizika fakulteti, 2-qavat, 224-aud.
Telefon: 246-02-20