O'zMU » Ma'lumotlar » Ilmiy maktablar

O`zbekiston Milliy universitetining to`qson yillik tarixida fanning turli sohalarida o`ziga xos tadqiqot tamoyillariga, usullariga ega bo`lgan 43 ilmiy maktab yaratildi. Bu ilmiy maktablarni yaratgan olimlar va ularning izdoshlari ilmda yangi yo`nalishlarga asos soldilar, mamlakatimiz fani va ta'limi rivojiga munosib hissa qo`shdilar. Universitetda yaratilgan ilmiy maktablar haqidagi ma'lumotlarni quyidagicha umumlashtirish mumkin:

  1. Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik Sirojiddinov Sa'di Hasanovich (1920-1988). Bugungi kundagi izdoshlari: akademiklar T.A.Azlarov va Sh.Q.Farmonov.
  2. Funktsional analiz ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik Sarimsoqov Toshmuhammad Aliyevich (1915-1995). Ilmiy maktab an'analarini akademiklar Sh.A.Ayupov, J.X.Hojiyev, professorlar V.I.Chilin, R.N.G`anixo`jayev, N.N. G`anixo`jayev singari olimlar - davom ettirmoqdalar.
  3. Mexanika ilmiy maktabi. Asoschilari: professor M.F.Shulgin (1901-1981), akademiklar M.T.O`rozboyev (1906-1971) va X.A. Raxmatulin (1909-1988). Davomchilari: professorlar A.Begmatov, N.A.Korshunova, Sh.Mamatqulov, A.A.Hamidov.
  4. Differentsial tenglamalar ilmiy maktabi. Asoschilari: akademiklar M.S.Salohiddinov va T.J.Jo`rayev. Bu ilmiy maktab erishgan yutuqlar professorlar M.Mirsobirov, A.Q.O`rinov, B.Islomov singari olimlar tomonidan davom ettirilmoqda
  5. Differentsial operatorlarning spektral nazariyasi ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik Sh.O.Alimov. Ilmiy maktab an'analari professorlar O.R.Xolmuhamedov, A.A.Rahimov kabi olimlar faoliyati orqali yangilanib, boyib bormoqda.
  6. Funktsiyalar nazariyasi ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik A.Sa'dullayev. Davomchilari: professorlar G.Xudoyberganov, A.K.Vorisov, B.A.Shoimqulov, S.Kosbergenov.
  7. Boshqaruv va differentsial o`yinlar nazariyasi ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik N.Yu.Satimov. Izdoshlari: professorlar A.A'zamov, M.To`xtasinov.
  8. Sinoptika ilmiy maktabi. Asoschilari: professorlar V.A.Djordjio (1907-1974) va V.A.Bugayev (1908-1974). Bu ilmiy maktab erishgan yutuqlar prof. T.Muxtorov, dots. Yu.V.Petrov, dots. X.Egamberdiyev singari olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
  9. Nazariy fizika ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik M.M.Musaxonov. Davomchilari: prof. A.Abdumalikov, dots.A.Rahmatov.
  10. Yadro va kosmik nurlar fizikasi ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik S.A.Azimov (1914-1988). Izdoshlari: dots, A.Karaxodjayev, dots.S.Kalanov.
  11. Optika va spektroskopiya ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik P.Q.Habibullayev. Ilmiy maktab an'analari professorlar Sh.O.Otajonov, U.V.Valiyev kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
  12. Legirlangan kremniy fizikasi ilmiy maktabi. Asoschisi: professor A.T.Teshaboyev. Davomchilari: professorlar S.I.Vlasov, O.O.Mamatkarimov.
  13. Organik yarimo`tkazgichlar fizikasi ilmiy maktabi. Asoschisi: professor M.A.Magrupov. Izdoshlari: prof. U.Abdurahmonov, dots. M.A.Zohidova.
  14. Kvant radiofizikasi ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. A.T.Mirzayev (1943-2002). Bu ilmiy maktab erishgan yutuqlar prof. M.Mirinoyatov, dots. T.Ahmadjonov singari olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
  15. Nochiziqli astrofizika va kosmogoniya ilmiy maktabi. Asoschisi: prof.S.N.Nuritdinov. Ilmiy maktab an'analari dots. K.Mirtojiyeva, dots. I.Tojiboyev kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
  16. Tabiiy birikmalar va bioorganik kimyo ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. O.S.Sodiqov (1913-1987). Davomchilari: akad. Sh.I.Solihov, prof. V.S.Abduqahhorov, kimyo fanlari nomzodi O.X.Xolbekov.
  17. Yuqori molekulali birikmalar kimyosi ilmiy maktabi. Asoschisi: akad.H.U.Usmonov (1916-1994). Izdoshlari: professorlar O`.N.Musayev, A.A.Yo`lchiboyev.
  18. Kolloid kimyosi ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. K.S.Ahmedov (1914-2003). Bu ilmiy maktab erishgan yutuqlar E.O.Oripov va S.Z.Mo`minov kabi olimlar faoliyati misolida yangi yutuqlarga erishdi.
  19. Aromatik birikmalarni alkillash va atsillash reaktsiyalari ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. I.P.Tsukervanik (1901-1968). Ilmiy maktab an'analari prof. Q.N.Ahmedov, A.K.Toshmuhamedova, A.M.Yo`ldoshev kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
  20. Analitik kimyo ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. Sh.T.Tolipov (1908-1990). Davomchilari: prof. A.M.Gevorgyan, dots.N.T.Turobov, dots. Z.A.Smanova.
  21. Koordinatsion birikmalar kimyosi ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. N.A.Parpiyev. Izdoshlari: O.F.Xodjayev, T.A.Azizov, X.T.Sharipov.
  22. Makrotsikllar kimyosi ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. A.K.Toshmuhamedova. Bu ilmiy maktab olimaning shogirdlari faoliyati misolida yangi yutuqlarga erishmoqda.
  23. Umurtqalilar zoologiyasi ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. T.Z.Zohidov (1909-1981). Ilmiy maktab an'analari prof. D.Yu.Kashkarov, prof. E.K.Qodirov, dots. I.K.Solihboyev kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
  24. Biokimyo ilmiy maktabi. Asoschisi: akad.Yo.X.To`raqulov. Davomchilari: akad. T.S.Soatov, akad. A.A.Abdukarimov, akad. B.A.Toshmuhamedov, prof. S.I.Ismoilov, prof. M.N.Valixonov.
  25. G`o`za genetikasi ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. J.A.Musayev. Izdoshlari: prof. A.T.G`afurov, prof. Y.I.Ikromov, S.M.Berdiyev, S.Usmonov.
  26. Biofizika ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. B.O.Toshmuhamedov. Bu ilmiy maktab prof. B.A.Salohiddinov, M.V.Ionov, R.Ziyatdinova, P.G.Kasimbetov kabi olimlar faoliyati misolida yangi yutuqlarga erishmoqda.
  27. Genetik mineralogiya va geokimyo ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. A.S.Uklonskiy (1888-1972). Ilmiy maktab an'analari prof. S.T.Badalov, prof. R.I.Koneev kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
  28. O`rta Osiyo litologiya va formatsiya ilmiy maktabi. Asoschisi: akd. V.I.Popov (1907-1991). Davomchilari: prof. V.I.Troitskiy, M.E.Egamberdiyev.
  29. O`zbekiston gidrogeologiyasi ilmiy maktabi. Asoschilari: prof. O.K.Lange (1883-1975), prof. M.M.Krilov (1904-1973). Izdoshlari: prof. N.N.Hojiboyev, akad.A.Sultonxo`jayev, prof. K.A.Nabiyev, prof. B.I.Pinxasov.
  30. Magmatizm va geodinamika-petrologiya ilmiy maktabi. Asoschilari: akad. H.M.Abdullayev (1912-1962), akad. I.Hamroboyev (1920-2002), akad. T.N.Dolimov. Bu ilmiy maktab I.N.G`aniyev, X.D.Ishbayev, A.I.Usmanov, F.K.Divayev kabi olimlar faoliyati misolida yangi yutuqlarga erishmoqda.
  31. O`zbekiston mikro va nanomineralogiyasi ilmiy maktibi. Asoschisi: prof. R.I Koneev. Ilmiy maktab an'analari O.K.Qo`shmurodov, A.X.Turesebekov kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
  32. Tabiiy geografiya - landshaftshunoslik ilmiy maktabi. Asoschilari: prof. L.N.Babushkin (1902-1976), prof. N.A.Kogay. Davomchilari: prof. A.A.Rafiqov, dots.I.A.Hasanov.
  33. O`zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi ilmiy maktabi. Asoschilari: prof. Z.M.Akramov (1923-2004), prof. A.S.Soliyev. Izdoshlari: prof. Z.M.Akramov, A.Haydarov, H.Abdunazarov, Z. Tojiyeva, M.Qodirov.
  34. Toshkent tog`li hududlar gidrologiyasi ilmiy maktabi. Asoschilari: prof. V.L.Shults (1908-1976), prof. O.P.Heglova (1911-1981). Bu ilmiy maktab prof. Yu.M.Denisov, prof. M.A.Yakubov, prof. G.Glazirin, prof. E.M.Chembarisov kabi olimlar faoliyati misolida yangi yutuqlarga erishmoqda.
  35. O`zbek adabiy tanqidchiligi ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. O.O.Sharafiddinov (1925-2005). Ilmiy maktab an'analari prof. U.Normatov, prof. A.Rasulov, prof. Q.Yo`ldoshev, prof. B.Karimov, dots.A.Ulug`ov kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
  36. O`zbek tilshunosligi ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. A.G`ulomov (1914-1986). Davomchilari: prof. Sh.Rahmatullayev, prof. M.Mirtojiyev, prof. R.Sayfullayeva, prof. H.Dadaboyev, prof. Yo. Tojiyev.
  37. O`zbek mumtoz adabiyotini o`rganish ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. G`.Karimov (1909-1984). Izdoshlari: prof.B.Qosimov, prof. Sh.Yusupov, prof. A.Hojiahmedov, prof. H.Boltaboyev, prof. N.Rahmonov.
  38. Jadidchilik va jadid adabiyoti ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. B.Qosimov (1942-2004). Bu ilmiy maktab prof. H.Boltaboyev, prof. N.Jabborov, dots. U.Dolimov kabi olimlar faoliyati misolida yangi yutuqlarga erishmoqda.
  39. O`rta Osiyo arxeologiyasi ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. M.Masson (1887-1986). Ilmiy maktab an'analari akad. G.A.Pugachenkova, akad. Yu.F.Buryakov, prof. R.H.Sulaymonov kabi olimlar tomonidan davom ettirildi va davom ettirilmoqda.
  40. Millatlararo munosabatlar va bag`rikenglik tarixi ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. R.H.Murtazayeva. Shogirdlari: dots.B.Eshov, dots. M.Xaydarov, dots. X.Yunusova, dots. N.Polvonov, dots. D.Inoyatova.
  41. Madaniyat falsafasi ilmiy maktabi. Asoschisi: professor A.Ayupov. Davomchilari: prof. U.Qoraboyev, prof. Sh.Samatov, prof. A.Yo`ldoshev, prof. G.Tulenova, prof. A.Ochildiyev.
  42. Hamkorlik va boshqarish psixologiyasi ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. E.G`oziyev. Bu ilmiy maktab Vu Txi Nyu (Xitoy fuqarosi), A.P.Zierik, A.O.Fayzullayev kabi olimlar faoliyati misolida yangi yutuqlarga erishmoqda.
  43. O`zbek tarjimashunosligi ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. G`.Salomov. Ilmiy maktab an'analari N.Komilov, I.G`afurov, S.X.Olimov. Z.Isomiddinov kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.