O'zMU » Ma'lumotlar » Xotin-qizlar qo'mitasi

 

XOTIN-QIZLAR QO`MITASI

 

Har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va ma'naviy barqarorligi, yosh avlod kamoloti, adolat mezonlarining mustahkamligi, samaradorligi va davlat taraqqiyotining holati ayollarga bo`lgan munosabat bilan baholanadi. Bugungi kunda bizning jamiyatimizda xotin-qizlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2004 yil 25 maydagi "O`zbekiston xotin - qizlar qo`mitasi faoliyatini qo`llab - quvvatlash borasida qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" gi PF- 34-34 sonli Farmoni ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, sog`ligini mustahkamlash, xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, umuman olganda, ayollarning jamiyatdagi mavqeini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayollarning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini oshirish sohasidagi tuman, shahar hokimlari va xotin-qizlar qo`mitalarining dolzarb vazifalari esa farmonda o`z aksini topgan. Prezident Farmonining asl mohiyati demokratik munosabatni barqarorlashtirish, shaxs erkinligi va huquqlarini kafolatlash zarurati kuchaygan pallada xotin-qizlar, onalar va ular tarbiyalayotgan farzandlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdan iboratdir. 1991 yili O'zbekiston Milliy universitetida xotin-qizlar qo`mitasi tashkil qilinib, qo`mita raisi sifatida Jurnalistika fakulteti professori, t.f.d. Naziraxon Abduazizova faoliyat ko`rsatgan. Universitet xotin-qizlar qo`mitasi faoliyatida P.Otajonova, G.Abdurahmonova, M.Saitbaeva, Z.Fatxulina, V.Karimjonova, M.Nishonova, Z.Lutfullaeva, O`.Domlojonova, X.Hakimova, M.Alimova, S.Otabekova, Z.Sharifxo`jaeva, D.Husanxo`jaeva, M.A'zamova singari professor-o`qituvchilarning xizmatlari salmoqlidir. 1999 yildan buyon xotin-qizlar qo`mitasini f.f.n. dotsent L.A.Muhammadjonova boshqarib kelmoqda. Unversitetdagi 13 fakultetda xotin-qizlar kengashlari faoliyat ko`rsatmoqda. Hozirgi kunda universitetda 1000 dan ortiq ayollar mehnat qilmoqdalar. Shulardan 527 nafari professor-o`qituvchilar bo`lib, ularning 18 nafari fan doktori, 254 nafari fan nomzodi, 148 nafari katta o`qituvchi, 107 nafari assistentdir. Talaba qizlar soni 3160 nafarni tashkil qiladi. 734 magistrant 72 aspirant hamda 60 tadqiqotchi ayollar ilmiy ish olib boradilar Universitetda ilm bilan shug`ullanayotgan yoshlarning 50 foizdan ortig`ini ayollar tashkil qiladi. O`z vaqtida va muddatidan ilgari yoqlanayotgan ishlarning aksariyatini ham ayollar bajarmoqdalar. Jumladan, professor R.H.Murtazayeva O`zbekiston Milliy universiteti huzuridagi "O`zbekiston tarixi" mutaxassisligi bo`yicha nomzodlik ilmiy darajasini beruvchi Ixtisoslashgan kengash raisi, ilmsevar yoshlarning ustozi. Uning rahbarligida 3 ta fan doktori va 12 fan nomzodi tayyorlangan. Professor O.K.Toshmuhamedova Respublika hamda xalqaro konferensiyalarda o`z ilmiy ma'ruzalari bilan muntazam qatnashadi. Uning rahbarligida 7 fan nomzodi va 1 nafar fan doktori tayyorlangan. Bugungi kunda o`sib kelayotgan yosh avlod ichida kelajakda o`z maktabini yarata oladigan olimalarni ko`rishimiz mumkin. Mexanika-matematika fakulteti doktoranti, "O`zbekiston iftixori" ko`krak nishoni sovrindori M.Xidirova, tarix fakulteti aspiranti Prezident stipendiati, "Shuhrat" medali sohibi M. Isakovalar shular jumlasidandir. Bugungi kunda "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofotining sovrindorlaridan 20 nafari universitetda ta'lim olayotganligi iftixor tuyg`usini uyg`otadi. Universitet xotin-qizlar qo`mitasi qoshida "Zulfiyaxonim qizlari" klubi tashkil qilingan. Klubni O`zbek filologiyasi fakulteti dotsenti I.Adizova boshqaradi. Unversitetda professor-o`qituvchilar va talaba-qizlar ishtirokida ilmiy-amaliy konferentsiyalar, ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar doimiy ravishda o`tkaziladi. Bunday tadbirlar sirasiga siyosiy partiyalar rahbarlari, Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, nodavlat tashkilotlar rahbarlari, san'atkorlar, shoir va shoiralar, tibbiyot xodimlari va boshqa tashkilot mutaxassislari bilan kechadigan davra suhbatlari, uchrashuvlarni kiritish mumkin.


E-mail: info@nuu.uz
Manzil: Toshkent-100174, Talabalar shaharchasi, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti, ma'muriy bino, 6-qavat, xotin-qizlar qo`mitasi
Telefon: 246-59-12