O'zMU » Ma'lumotlar » Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati 2001 yil 25 mayda tashkil topgan. Hozirgi kunda ushbu boshlang`ich tashkilot Respublika boshlang`ich tashkilotlari ichida eng yirigi bo`lib, o`z safiga 7.000dan ziyod talabani birlashtirdi. Tashkilotning asosiy vazifasi - talabalar huquqlarini har tomonlama himoya qilish, ularning taklif va istaklarini o`rganish, mustaqil hayotdagi ilk qadamlarida ko`maklashish, o`qishdan bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iboratdir.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda boshlang`ich tashkilotning ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar, sport-sog`lomlashtirish, vatanparvarlik va ekologik masalalar, iqtidorli yoshlar bilan ishlash, huquqiy-ijtimoiy himoya va maslahatlar, tashabbus va loyihalar, yoshlar muammolarini o`rganish, tashkiliy-uslubiy va kadrlar, yetakchi qizlar bo`limlari faoliyat ko`rsatmoqda.

Universitet fakultetlarida "Kamolot" tashkiloti bo`limlari faoliyat yuritadi.

"Kamolot" tashkiloti qoshida muddatli harbiy xizmatni o`tab, talabalikka qabul qilingan talabalardan iborat "Qalqon" guruhi tashkil etilgan. Mazkur guruh faoliyati Universitet rahbariyati tomonidan muntazam qo`llab-quvvatlanib keladi. Mazkur guruh o`z atrofiga 150 nafar talabani birlashtirgan. Bu guruh ma'naviy-ma'rifiy ishlar, ilmiy ishlar, ozodlik va obodonlashtirish ishlari, sport va sog`lomlashtirish ishlari bo`yicha faoliyat yuritadi.

 

Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati   Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati

 

E-mail: kamolot@nuu.uz

Manzil: Toshkent-100174, Talabalar shaharchasi, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti, Madaniyat saroyi, 25-, 26- xona

Telefon: 246-08-93